Suvdan foydalanishga kompleks yondashish usuli suvdan foydalanishni
rejalashtirishda yerlarning tabiiy xususiyatlarini,
irrigatsiya, sanoat, energetika va
kommunal xo'jaligining istiqboli rivojini hisobga olgan holda suv ta'minoti
vazifalarini kompleks rejalashtirishni ko’zda tutadi.
Tashkiliy chora-tadbirlar suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan unumli
foydalanishda muhim rol o’ynaydi. Bu chora-tadbirlarga
suvning sifatini nazorat
qilib turish, oqava suvlarni tozalash ustidan nazorat o'rnatish, suv xavzalariga neft
va boshqa ifloslovchi moddalarning to'qilishiga yo'l qo'ymaslik, korxonalarning
suvdan foydalanishi ustidan nazorat o'rnatish, aholini ichimlik suvi bilan
ta'minlaydigan manbalarning biologik, kimyoviy va bakteriologik holatini nazorat
qilib turish, yangi quriladigan korxonalarning loyiha
hujjatlarini ekspertizadan
o'tkazish, ularning tozalagich inshootlarisiz ishga tushirilishiga yo'l qo'ymaslik va
shu singari ko'pgina tadbirlar kiradi-ki, bular pirovardida suv resurslarini muhofaza
qilishda beqiyos ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: