~ 24 ~
Mikroo'g'itlar o'simliklarning hosildorligini oshirish bilan bir qatorda, ularni
kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Mikroo'g'itlar o'simlik organizmidagi biokimyoviy
jarayonlarni tezlashtiradi, fermentlar aktivligini oshiradi.
Oqsil va nuklein kislotalar
sintezi, vitaminlar, qand moddalari va kraxmal sintezini ko'paytiradi. Mikroo'g'itlar har
1 ga erga 1 kg gacha solinadi.
Agregat holatiga qarab o'g'itlar qattiq, suyuq (masalan, ammiakning suvdagi
eritmasi va suspenziyasi) va gazsimon (masalan, karbonat angidrid) o'g'itlarga bo'linadi.
O'g'itlar erish darajasiga qarab, suvda eruvchi va tuproq kislotalarida eruvchi o'g'itlarga
bo'linadi. Barcha azotli va kaliyli o'g'itlar suvda eruvchi o'g'itlarga kiradi. O'simliklar
ularni tez o'zlashtiradi. Ammo ular tez tuproq suvlarida erib, yuvilib ketadi. Tuproq
kislotalarida eruvchi o'g'itlarga ko'pchilik fosfatlar kiradi. Ular sekinlik bilan eriydigan
holatlarga o'tadilar, biroq, tuproqda uzoq muddat saqlanadilar.
O'g'it solish nafaqat tuproqda o'simlik o'zlashtiradigan oziq moddalarni
ko'paytiradi, balki uning fizik-kimyoviy va biologik xossalariga ham ta'sir etadi,
tuproqning unumdorligini oshiradi. Solinadigan o'g'itning kislotali yoki ishqoriyligi
tuproq muhitiga ta'sir etadi. Masalan, tuproqda sistemali ravishda (NH
4
)
2
SO
4
va
NH
4
C1
kabi o'g'itlar solinsa, tuproq reaksiyasini kislotali qilib qo'yadi. Chunki o'simlik
kationlarni o'zlashtiradi, natijada uning o'rniga vodorod ionlari ko'paydi (tuproq
tarkibidagi suv hisobiga) va tuproqda erkin kislotalar (xlorid va sulfat kislotalari)
to'planadi. Tuproqning pH i o'zgaradi.
Aksincha NaNO
3
kabi o'g'itlar ko'p solinsa,
tuproqda OH- ionlari to'planadi. Tuproq reaksiyasi ishqoriy bo'lib qoladi. Shuning
uchun ham o'g'itlarga faqat kimyoviy jihatdangina tavsif berish yetarli emas. Ular
fiziologik xossalari bilan ham ya'ni kation va anionlar bir xil darajada
foydalanmasliklari bilan ham farq qilishi kerak. Mana shu belgilariga qarab o'g'itlar
fiziologik kislotali, fiziologik ishqoriy va fiziologik neytral o'g'itlarga bo'linadi.
Keyingisi tuproq reaksiyasini o'zgartirmaydi.
Mineral o'g'it saqlanganda bir-biriga yopishib toshga aylanib qolmasligi kerak,
namni o'ziga tortib olmasligi kam gidroskopik bo'lishi,
tuproqqa solganda sochilib
ketish xossasiga ega bo'lishi kerak. Shuning uchun ham qattiq o'g'itlar uch xilda:
kukunsimon (zarrachalarning kattaligi 1 mm dan kichik), kristall (kristallarning kattaligi
0,5mm dan katta), donador — sharcha shaklida (sharchalarning kattaligi 1 mm dan
katta) ishlab chiqariladi.
Keyingi yillarda o'g'itlarning tarkibidagi o'simlik o'zlashtiradigan oziqa
elementlari tuproqqa erib o'tish tezligini to'g'rilash, ya'ni uzoq vaqt mobaynida ozuqa
elementlarini bir me'yorda tuproqqa o'tib turishini ta'minlash hamda uni ta'sir samarasini
oshirish muammosiga katta e'tibor berilmoqda. Masalan, 1985- yildan boshlab
Rossiyada yangi tur konsentrlangan o'g'it Rost-1 ishlab chiqarilmoqda.
Uning tarkibi
azot, fosfor, kaliy, magniy (1:1:1:0,1)
nisbatda makro- va bor, rux, molibden, mis
mikroelementlaridan iboratdir.
Shuningdek
, Stimul-1 ishlab chiqarilmoqda. Bu xlorsiz
kompleks o'g'it bo'lib, tarkibida N, P, K, Mg (1:1:1:0,1) nisbatda makro- va bor, mis,
marganes, rux, molibden, mikroelementlarini saqlaydi.
Kelajakda istiqbolli yuqori konsentratsiyali kompleks o'g'itlardan yana biri
triamidfosforil-fosfortriamid oksididir. PO(NH
2
)
3
(44,l% N
2
, 74,06% P
2
O
5
) diamido —
va monoamidofosfatlari orqali ammoniy ortofosfat gidrolizlanganligi uchun ham uzoq
muddatda va sekinlik bilan ta'sir etadi. Har qanday suvda eruvchi moddani tuproq
~ 25 ~
eritmasiga sekinlik bilan o'tishini ta'minlash o'g'it dokachalari sirtini yuqori molekular
moddalar bilan qoplash orqali amalga oshirilishi mumkjn. O'g'itlarni kapsulalash ishlari
yaxshi natijalar bermoqda. Bunda suvda yaxshi eruvchi o'g'it donachalari, ustidan suvda
sekin eruvchi o'g'it
bilan qoplanadi, qoplama qavatning qalinligi, g'ovakliligiga qarab
o'g'itning tuproq eritmasiga o'tish tezligi har xil bo'ladi.
Keyingi yillarda N
2
:P
2
O
5
:K
2
O- 10:34:10 markali suyuq kompleksli o'g'itlar
(SKO') olish tez rivojlandi. Tuproqning ichki qavatidagi oziq moddalarni yomg'ir va
sug'orish suvlarida yuvilib ketmasligi uchun uzoq muddatda, sekin-asta ta'sir
etuvchi
fosfatli o‘g'itlardan — superfos, azotli o'g'itlardan-ureoform yoki mochivi-
noformaldegidli o'g'itlar (MFO‘), shuningdek, mochivinoformaldegidli birikmalar
hamda ammofos asosidagi polimer o'g'itlar sanoat
miqyosida ishlab chiqarila
boshlanadi:
Ammoniy polifosfat — (NH
4
)nH
2
PnO
3
n+l
Karbamid polifosfat - [CO(NH
4
)
2
HPO
3
]
Kaliy polifosfat - (KPO
3
)n
Kalsiy polifosfat - Ca(PO
3
)n va boshqa fosfatlar olish istiqbollidir (10-rasm).
Dostları ilə paylaş: