Fanidan Amaliy mashg’ulotlar


-rasm. Dorivor moychechak –



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

11-rasm. Dorivor moychechak – 
Matricaria chamomilla
 
 
Kimyoviy tarkibi:
 
savatchadagi gullar tarkibida 0,2 - 0,8% efir moyi, flavonoidlar, 
S vitamini, shilliq achchiq va boshqa moddalar bor. 


~ 29 ~ 
Ishlatilishi.
 
Savatchadagi gullari ichak siqilishida, qorin damlanishida, ich ketish 
kasalliklarida, choy yoki damlama sifatida ishlatiladi. Antiseptik va yallig'lanishga 
qarshi vosita tarzida tomoqni chayish va vanna qilishda tavsiya etiladi. (12-rasm).
O‘stirish texnologiyasi.
Moychechak asosan urug‗idan ko‗payadi. Moychechak 
urug‘larini unishi +6-7°C dan boshlanadi, lekin ularning unishi uchun optimal harorat 
+20-25°S hisoblanadi. Moychechak sabzavot ekish moslamasida qator oralari 60x60 sm 
qilib ekiladi. Urug‗i nihoyatda mayda va uni bir tekis ekish uchun urug'ini qum yoki 
go‗ngga aralashtiriladi. Urug‗larini shamol osongina uchurib ketadi, shu boisdan urug‗ 
sepilgan yer yengilgina g‗altak mashinada bosib o‗tiladi. Har gektariga 2-2,5 kg urug‗ 
sarflanadi.Urug‗ 8-10 kunda unib chiqadi. Urug‗ unib 2-3 ta barg hosil qilgach egat 
olinadi. Bunda maysalar juda mayda bo‗lganligi sababli uning maysalari tuproq ostida 
qolib ketmasligi uchun sug‗orish egatlari kichik va yuza bo‗lishi kerak.
Agar urug‘lar ekilgandan so‗ng namlik yetarli bo‘lmasa, urug‘lar uzoq vaqtgacha 
unmasligi mumkin. Bu vaqtda urug‗ ekilgan maydonlar tez-tez sug‗oriladi. Nihollar 
unib chiqqandan so‗ng (namlik va havoning harorati normal darajada bo‘lganda) 20-40 
kunda har bir niholda 6-10 tadan yonlama barglari o‗sib chiqadi.
Kuzda ekilgan nihollar shu holda qishlaydi. Erta bahorda ekilgan nihollardan aprel 
oyining birinchi o‗n kunligida 7-9 tadan yonlama barglari o‗sib chiqadi. 
Mart-aprel oyi davrida bahorning seryomg‘ir kelishi natijasida barglari tez o‗sishi va 
yiriklashishi natijasida o‗simlik o‗rtasida poyani o‗sib chiqishi va shoxlanishi 
kuzatiladi. O‗simlikni namlik bilan yaxshi ta‘minlab borilsa, havo haroratining 
ko‗tarilib borishi natijasida may oyining birinchi o‗n kunligida dastlabki gullar ochiladi. 
Umuman olganda bahorda ekilgan urug‗lardan 30-50 kunda dastlabki gullarni 
ochiladi. Kuzatishlar shuni ko‗rsatadiki, o‗simlik poyalarida endigina paydo bo‗lgan 
g‗unchalardan 10-12 kunda gullar ochilishi mumkin. Shubhasiz bunga havoning 
harorati, tuproq namligi va tuproqdagi ozuqa elementlar muhim rol o‗ynaydi. 
Kunlaming issiqligi va tuproq namligiga qarab, o‗simlikdagi bitta savatcha 5-6 kun 
ochilib turishi mumkin.
Havoning harorati o‗rtacha 19-21°C bo‗lganda gullarni yaxshi ochilishi kuzatilgan. 
Haroratning 30°C dan ortishi gullarning ochilishiga salbiy ta‘sir etishi bilan birga 
ularning maydalashishiga olib keladi. Gullarni ochilishida yorug‗lik ham muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Havoning bulutsiz ochiq bo‗lib turishi gullarni tez 
ochilishiga yordam beradi. Moychechak yorug‗sevar, namsevar o‗simlik hisoblanadi
shu sababli ham uni ochiq va unumdor erlarda o‗stirish maqsadga muvofiqdir. 
Moychechak urug‗larini sepishdan oldin har gektar erga 20-25 tonnadan mahalliy 
o‗g‗it va superfosfat solib, tuproq 25-30 sm chuqurlikda haydaladi. O‗simlik o‗sishi va 
rivojlanishi uchun tuproqda mineral moddalar yetarli bo‗lishi kerak. Moychechak 
o‗simligini 2-3 yil ekib, so‗ng o‗miga boshqa dorivor yoki qishloq xo‗jalik 


~ 30 ~ 
o‗simliklarini ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Aks holda yil sayin 
moychechakning hosildorligi pasayib boradi.
Moychechak bahorgi-yozgi o‗simlik boigani sababli, iyul va avgust oylarida undan 
bo‗shagan maydonlarga kechki ekinlar ekib ulardan qo'shimcha hosil olish ham 
mumkin. Moychechak ekiladigan maydonlar iloji boricha yorugiik yaxshi tushadigan, 
atrofida daraxtzorlar boimagan va unumdor tuproqli boigani maqsadga muvofiq 
xisoblanadi. Nihollar o‗sish davrida begona oilami ko‗payib ketishini hisobga olgan 
holda, 4-6 sm chuqurlikda kultivatsiya o‘tkazilishi, begona o‘tlarni yo‗qolishiga sabab 
bo‘ladi.
O‗simlikni yig‘ishtirib olgandan keyin ham tezlik bilan shudgor qilinishi, shu 
maydonlarni begona oilardan tozalanishiga, o‗simlik qoldiqlarini tuproq ostida 
organikaga aylanishiga yordam beradi.
Moychechak o‗simligi Yevropa davlatlarida va Rossiya Federatsiyasi hududlarida 
keng miqyosda dorivor o‗simlik sifatida o‗stirilganligi sababli bu o‗simlikning 
biologiyasi va o‗gitlash tizimi organilgan hisoblanadi. O‗zbekistonda dorivor 
o‗simlikshunoslik eng yosh yo‗nalish bo‗lganligi sababli ko‗pgina istiqbolli dorivor 
o‗simliklar kabi moychechak o‗simligining biologiyasi va o‗g‗itlash tizimini o‗rganish 
ilmiy ahamiyatga ega.
Moychechak ekiladigan yerlarni mexanik tarkibi o‗rtacha, sho‗rlanish darajasi juda 
past bo‗lishi lozim. O‗simlik ekiladigan maydonlar kuzda gektariga 25-30 tonna organik 
o‗g‗it va fosforli o‗g‗itlarni yillik normasini 70% solinib haydaladi. Moychechakni o‗sib 
rivojlanishi davomida ikki marta; birinchisi - nihollari paydo bo‗lgan davrda (mart 
oyining birinchi o‗n kunligida), ikkinchisi g‗unchalash davrida (aprel oyining uchinchi 
o‗n kunligida) gektariga 30-40 kg hisobida azotli o‗gitlar beriladi. Azotli o‗g‗itlami 
o‗simlikni sug'orishdan oldin beriladi. O‗simlikni azotli, fosforli va organik o‗g‗itlar 
bilan yaxshi oziqlantirilganda moychechak gullarini gektariga 1,5-3,0 sentnerga oshishi 
kuzatiladi. 
Moychechak vegetatsiya davomida 10-12 martagacha sug'oriladi. Har sug‗orishdan 
so‗ng kultivatsiya qilinadi. Maysalar unib chiqqandan so‗ng va gullashgacha gektar 
hisobiga 30-40 kg dan azot, fosfor va kaliy ug‗iti bilan oziqlantiriladi. Moychechak 
maysalari utigandan 30-40 kun o‗tgandan keyin gullay boshlaydi. O‘simlikni o‗z 
vaqtida parvarish qilinsa, moychechak gullaridan gektar hisobiga 10-12 sentner hosil 
yig‗ib olish mumkin. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin