Fanidan Amaliy mashg’ulotlar


o‗sib yotadi.  ~ 33 ~  Ishlatilishi



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

 
o‗sib yotadi. 


~ 33 ~ 
Ishlatilishi:
 
Tabobatda 
pol-pola 
gelminatga 
qarshi, 
siydik 
haydovchi, 
muloyimlashtiruvchi vosita sifatida qo‗llaniladi, ildizlari esa bosh og‗rig‗ida asqotadi. 
O‘stirish texnologiyasi

Tadqiqotlaming ko'rsatishicha, tukli erva ekilganida 
daraxtlar soyasida ham, oftobda ham rivojlanaveradi. Yetarli darajada sug‗orib 
turilmasa yaproqlar yuzasi kichrayadi, o‗simlik erta gullay boshlaydi, poyasi o‗sishdan 
to‗xtaydi, yon novda o‗sishi kuzatilmaydi. Ko‗chat sifatida o‗stirilganida 
to‗kilgan urug‗lardan chiqqan o‗simliklar ko‗p uchrasada, ularning urug‗i pishishga 
ulgurmaydi.
Tukli erva ekini O‗zbekistonda bir yillik o‗simlik hisoblanadi. TJndan xomashyo 
olish uchun (er ustki qismi) bevosita tuproq yuzasiga ekiladi, urug‗ olish uchun, 
o‗simliklar albatta yetilishi kerak, shuningdek, issiqxonada sabzavot (pomidor, 
baqlajon. karam va hokazolar) o'stirib ko‗chat qilib ham o'tkaziladi. Ko‗chat yetishtirish 
uchun fevral oxiri, mart boshlarida 60x25 sm o‗lchamli, balandligi 25 sm bo‗lgan taxta 
qutilarga issiqxonalarda 18-24 daraja haroratda urug‗ ekiladi. Qutilar tubiga drenaj 
uchun keramzit yoki mayda shag‗al (1-2 santimetr o'lchamli) ustidan yirik donador qum 
solinadi. Uning ustiga quyidagi tarkibli oziq beruvchi tuproq tushaladi: chirigan 
barglar, chirigan go‗ng, qum (1:1:0,5). Urug‗ni javonlarga yoki erga ekish mumkin, 
lekin bunda suv oziqlantiruvchi tuproqda to‗planib qolmasligi uchun drenajni nazardan 
qochirmaslik kerak. 
Bir kvadrat metrga 5 g urug‗ sarflanadi. Urug‗ 1-2 santimetr chuqurlikka
qadaladi. Ekinzor har kuni leykadan sug‗oriladi va maysa hosil bo‗lguniga qadar er usti 
nam holatda saqlanadi. Urug‗ ekilganida 6-10 kun keyin maysa una boshlaydi. 
Sug‗orish soni kamaytira boriladi va 10-15 kundan keyin haftasiga 2 martagacha 
sug‗oriladi. Tez-tez sug‗organda tuproq yuzasida suvo‗tlar paydo bo‗ladi va erva 
maysalari halokatga uchraydi. Bir juft chin barg o‗sib chiqqan (o‗n kunlikda) ko‗chatlar 
bir-biridan 3-5 santimetr oraliqda ko‗chirib o‗tkaziladi. Ko‗chatlaming tutishi 90 
foizdan iborat. 3-4 barg chiqarish bosqichida mayning boshlari yoki o‗rtalarida 
ko‗chatlar pushtalarga o‗tkaziladi. Pushtalar 50-60 sm oraliqda olinadi, ko‗chatlar bir- 
biridan 15 sm masofada ekiladi, shunda bir gektar maydonga 60-70 ming dona ko‗chat 
sarflanadi. 
Ervani urug‗idan aprel oyida, gektariga 1 kg hisobida yuz hissa qum, kul, kukun 
holidagi chirindi va hakazolar aralashtirib, tuproq yuziga sepiladi. Erva ekish uchun 
begona o‗tlardan tozalangan, yaxshilab ishlov berilgan, tekislangan er tanlanadi. 
Qator oralari jildiratib sug‗oriladi. Maysa hosil bo‗lgo‗nga qadar tuproq yuzasi nam 
holatda saqlab turiladi. Kunduzi issiqni saqlab qolishi uchun tunda sug‗oriladi. Tuproq 
harorati 18-20 darajada bo‗lganda aprel oxiri may boshlarida o‗simlik maysalari paydo 
bo‗ladi. Maysalar juda nozik bo‗lganidan ularni parvarish qilish 3-4 juft chin barg hosil 
bo'lganidan keyingina boshlanadi. 


~ 34 ~ 
Tukli erva ekinzorlari mavsum davomida 9-10 marta (may - avgust 2 tadan, 
setabr -1, oktabr -1(0) sug‗oriladi. Har 2-3 sug‗orilgandan keyin kultivatsiya o‗tkaziladi, 
qatorlar ketmon yordamida o‗toq va yagona qilinadi, bir- biridan 10 sm oraliqda har bir 
uyada 12 tadan o‗simlik qoldiriladi. Ervani vegetatsiya davomida o‗suv, shonalash 
va gullash davrlarida o‗g‗itlash yaxshi natija beradi. O‗rtacha gektariga 110-120 kg 
azot, 80-85 kg fosfor va 60-65 kg kaliy o‗g‗iti berish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
O‗simlikning er ustki qismi qiyg‗os gullash, urug‘ pishish davrida o‗roq o‗rish 
uskunalari, silos yig‗gich agregatlari yordamida yig‗ib olinadi. Yig‗ilgan xomashyo ho‗l 
holatda 1- 1,5 sm uzunlikda qirqiladi. Yog‗ochga aylana boshlagan poya va novdalari 
quriganida ancha qattiq bo‗ladi. Maydalab qirqilgan xomashyo shiyponda 3-4 sm 
qalinlikda yoyiladi, bir tekis ko‗rishi uchun vaqti-vaqti bilan ag‗darilib turiladi. Qurigan 
xomashyo ichiga oq qog‗oz to‗shalgan faner qutilarga joylashtirilib uni saqlash 
sharoitlari va muddatini bildiruvchi yorliq yopishtiriladi.
Tukli erva o‗simligining urug‗i qiyg‗os pishgan davrida, ya‘ni noyabr oyining 
boshlarida o‗riladi, xomashyo xirmoniga olib boriladi, brezent ustiga yoyib, bir-ikki 
hafta quritiladi va yanchiladi. Tozalangan urug‗lar bo‗z qopchalarga joylanib, ustiga 
yorliq yopishtiriladi. Urug‗lami boshoqdan ajratib olishda elektr kofe tuygich yoki 
elektr go‗sht maydalagich uskunalaridan foydalanish mumkin. Urug‗larni saqlash 
muddati va sharoitlari belgilanmagan. Tukli erva xomashyosi poya qismlaridan, yaproq 
ildiz, boshoq va urug‗lardan iborat. Rangi kulrang, hidsiz, ta‘mi mavhum. Tukli ervani 
agrotexnikasiga rioya qilinib parvarish qilinsa, gektariga o‗rtacha 2 tonna xomashyo va 
100-120 kg urug‗ olish mumkin. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin