Nazorat savollari 1. Aloe o‗simligi qanday ko‗paytiriladi?
2. Aloe o‗simligining ildiz tuzulishlarini gapirib bering.
3. Aloe o‗simligining ekish uslublari va muddatlari qanday?
4. Aloe o‗simligining xomashyosi qanday yig‗iladi?
5. Aloe o‗simligidan tibbiyotda qanday kasalliklami davolashda foydalaniladi?
6. Limon o‗simligi qanday ko‗paytiriladi?
7. Limon o‗simligining ildiz tuzulishlarini gapirib bering.
8. Limon uslublari va muddatlari qanday?
9. Limon yetishtirish uchun qanday agrotexnik ishlar bajariladi?
10.
Limon
o‗simligidan tibbiyotda qanday kasalliklami davolashda foydalaniladi?
11. Zaytun qanday ko‘paytiriladi?
22-amaliy mashg’ulot Mavzu: Bo‘ymodaron o‘simliklarini o‘stirish texnologiyasi Mashg‘ulotning maqsadi: talabalar dars davomida bo‗ymodaron o‗simliklarini
o‗stirish texnologiyasi usullarini o‗rganadilar.
Zarur narsalar: xomashyo namunalari, plakatlar, urug‗lar, gerbaruylar.
Nazariy tushuncha Bo‘ymodaron (Achillea millefolium) - murakkabguldoshlar
(Asteraceae) oilasiga
mansub ko‗p yillik bo‗yi 20-50 sm gacha yetadigan o‗t o‗simlik. Ildizpoyasi shoxlangan
bo‗lib, er osti novda hosil qiladi. Bunday novdadan ildizoldi barglar va poyalar o‗sib
chiqadi. Poyasi bir necha tik o‗suvchi, yuqori qismi shoxlangan bo‗lib, ular qalqonsimon
gulto‗plamlari bilan tugallanadi. Bargi oddiy ikki marta patsimon ajralgan bo‗lib,
poyada bandsiz ketma-ket o‗mashgan. Gullari savatchaga to‗plangan. Savatchalar o‗z
navbatida qalqonsimon to‗pgulni tashkil etadi. Mevasi yassi, tuxumsimon kulrang pista.
Kimyoviy tarkibi. Tarkibida karotin, K va C vitamini, axillen va
betonsin
alkaloidlari va efir moylari bor.