Urug‘lar aralashmasida chiroyli gullovchi o‘simliklar 20%
dan oshmasligi kerak. lm 2
maydonga, odatda, lOg tayyor
urug‘lar aralashmasi sepiladi.
Mavritan gazonlarini parvarishlashda ulami kesishga asosiy
e’tibor qaratiladi. Qoida bo‘yicha,
bu gazon erta kesilmaydi,
ya’ni bahorda gullovchi gullar urug‘ bermaguncha (odatda,
yozning o‘rtalariga, iyulga to‘g‘ri keladi). Ikkinchi va oxirgi
marta gazon sentabr-oktabrda kesiladi.
Agar kuzda gullovchi
gullar bo‘Isa, kesish keyinroqqa qoldiriladi. Kesganda 8-10 sm
qoldirib kesiladi va qoldiqlar maydondan chiqarib tashlanadi.
Chiroyli gullovchi bir yilliklar yil so‘ngida qurib qoladi.
Shuning uchun har yili qayta ekishga to‘g‘ri keladi. Bu jihatdan
ko‘p yillik chiroyli gullovchi gazonlar yaxshi samara beradi.
Ko‘p yillik gazon fonida chiroyli gullovchi ko‘p yillik
o‘simliklar guruhi (qishga chidamli tur va shakllar): proleska,
boychechak, muskari, lola, nargis, akvilegiya, qo‘ng‘iroqgul,
margaritka, moychechak va boshqalar ekiladi.
Mavritan gazonlari yozda gullovchi o‘tloqni namoyon etadi.
Bu gazonni uyga kiriladigan
eshik yonidagi maydonga, sun’iy
suv inshootlari qirg‘og‘iga, daraxtlar tanasi atrofiga ekish
tavsiya etiladi. Mavritan gazonlari
peyzaj stilida barpo etilgan
104
park va bog‘lar uchun mos keladi. Gazon ichidagi gullarning
bosilishi (tepkilanishi) rang oldini olish uchun ular ichiga yo‘lak
oMkazish kerak. Yosh Mavritan
gazonlarini mavsum davomida
3 marta (5-8 sm qoldirib) kesish talab etiladi. Bu gazon
oddiylariga qaraganda
baland qoldirib kesiladi, shuning uchun
ham manzarali ko‘rinish hosil qilishda
oddiy gazonga nisbatan
Dostları ilə paylaş: