Ushbu oq akas daraxti tabiiy holda Shimoliy Amerikaning
Appalach tog‘lari yon qiyaliklarida o‘sib rivojlangan. Markaziy
Osiyoning ko‘pgina hududlarida ushbu daraxt turi sun’iy
daraxtzor sifatida barpo etilgan.
Yer balandligi bo‘yicha,
ba’zan,
25-32
metrgacha
ko‘tariladi. Diametri esa 100-120 sm gacha boradi. Ushbu
daraxt dengiz sathidan 1800-2000 m balandlikkacha o‘sadi (Rat-
kovskiy, 1949, Kocherga, Gaiaktinov, 1970).
Farg‘ona viloyatining Shohimardon shahrida oq akas daraxti
2120 m balandlikda, Samarqand viloyatining Omonqo‘ton tog‘
yon bag‘rida 1800-2000 m, shuningdek, Toshkent viloyatining
Chotqol tog‘ vodiylarida 2100 m, 1300-1500 m da Chirchiq
o‘rmon xo‘jaligining Oqtosh va Chimyon o‘rmonchilik
bo‘limlarida ham uchraydi. Toshkent sharoitida oq akas darax-
tining 35 yoshlisining diametri 36 sm ga yetgan. 75 yoshdagi oq
akas daraxti 34 m balandlikka va 110 sm diametrga ega bo'lgan.
Oq akas - dukkakdoshlar oilasiga mansub tez o‘suvchi
yorug‘ sevar, qurg‘oqchilikka chidamli, tuproq tanlamaydigan,
bo‘yi 35 m gacha boradigan ajoyib manzarali yog‘ochbop
daraxt. Urug‘i, ildizi va novdasi, shuningdek, to‘nkasidan ham
ko‘payadigan
daraxt.
Vatanimizda
ihota,
himoya
va
ko‘kalamzorlashtirish sohalarida keng foydalaniladi.
Agar uning ko‘chati o‘z vaqtida 10-12 marotabagacha
sug‘orib turilsa, bir yilda balandligi 2,5 m, diametri esa 4-5 sm
gacha boradi. Oq akas sho'rga chidamli daraxt hisoblanadi. 4-5
yoshidan mevaga kiradi, aprel oyi oxiri-may oyida gullay
boshlaydi. Ildizi yer qa’riga juda chuqur, ba’zan 15 m gacha
boradigan, juda baquvvat, manzarali, yaproq bargli daraxt.
Uning yog'ochi ancha mustahkam bo‘lib, qurilish sanoatida,
kemasozlik sanoatida, parket yasashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: