Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


Yirik mevali eman (Quyercus macrocarpa)



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

Yirik mevali eman (Quyercus macrocarpa)
Katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 40 m ga, diametri 2 m ga yaqin, 
shox-shabbasi yumaloq yoki yoyiq. Po‘stlog‘i yorilgan, to‘q 
qo‘ng‘ir rangda. Shoxida qanotsimon po‘kakli o‘siqlari bor. 
Novdasi aw al kulrang tuk bilan qalin qoplangan bo‘ladi, 
so‘ngra bu tuklar to‘kilib ketadi. Barglari yirik, teskari 
tuxumsimon, tubi ponasimon, bo‘laklari chuqur kesikli, barg 
plastinkasining o‘rtasi yirik tomirigacha chuqur kesilgan bo‘ladi. 
Yong‘og‘i bittadan bo‘lib, yuqorigi barglar qo‘ltig‘ida 
joylashadi. Ular yumaloq, oval shaklda.
Bu eman Shimoliy Amerikaning sharqiy rayonlarida 
tarqalgan. Bu yerdagi o‘rmonzorlarda boshqa turdagi eman bilan 
birga o‘sadi. MDH da ushbu o‘simlik xushmanzara o‘rmon 
daraxti sifatida ekiladi. Moskva, Riga va Tallin shaharlarida 
o‘sadi. Sovuqqa hamda qurg‘oqchilikka chidamli. Emanning 
shox-shabbasi piramidasimon shakldagi turi ham bo‘lib, u 
nihoyatda chiroyli daraxt. Botanika bog‘ida o‘stirilib, sinovdan 
o‘tkazilmoqda va ekish uchun shaharlarga tarqatilmoqda.Ushbu 
manzarali daraxt turidan bugungi kunda shahar ko‘kalamzor- 
lashtirish sohasida keng foydalanilmoqda. Uning Q.alba, 
Q.bicolor va boshqa turlari ham o‘sadi. Istirohat bog‘lari va 
shifoxonalar, shuningdek, oromgohlar atrofida ekilsa, tashqi 
shovqindan himoyalaydi.
125


Soxta kashtan ( 
Aesculus 
hippocastanum 
L)
Shox-shabbasi yoyilgan va shirasimon shakldagi, balandligi 20 
m gacha yetadigan, o‘ta manzarali daraxt. Barglari qarama- 
qarshi, murakkab barmoqli, kuchli bandda joylashgan. Kuchli 
rivojlangan bargchalarining uzunligi 20 sm gacha va kengligi 10 
sm gacha boradi.


Xе'
11.2-rasm. Chorrahali y o ‘llar atrofini ko‘kalamzorlashtirish.
Yapon saforasi, sadaqayrag‘och, mirzaterak, piramidasimon 
eman va boshqa bir necha turdagi manzarali yaproq hamda nina 
bargli butasimonlar joylashtirilib boriladi. Natijada yo‘lda hara- 
katlanayotgan avtomashinalardagi yo‘lovchilar, uzoq-yaqindan 
tashrif buyurgan mehmonlar atrofda barpo etilgan har xil 
uslubdagi kompozitsion ko‘rinishlardan zavq oladi, shuningdek, 
odamlaming yashil o‘simlik dunyosini sevib ardoqlashi uchun 
manzil bo‘ladi.
Kashtan o‘zining chiroyli to‘q yashil barglari va juda ajoyib 
oppoq gullari, keng yaproqlari bilan go‘zallik namoyon etadi va 
xushbo‘y hidli gullari bilan estetik manzara ham ko‘rsatadi. 
Kashtan daraxti o‘zining manzarali xususiyati bilan Toshkent 
shahrining eng asosiy joylari: Milliy bog‘, Oliy Majlis binosi, 
Istiqlol saroyi, Olimpiya shon-shuhrati qo‘mitasi va muzeyi, “8- 
mart” sihatgohi va Turkiston shtabi, Markaziy univermag
126


iitrolida o‘z ko‘rki bilan go‘zallik namoyon etmoqda. Haqiqatan 
ham, shahami ko‘kalamzorlashtirishda kashtan va yapon 
mil'orasi ko'chatlaridan keng foydalanish bo‘yicha Vazirlar 
Mahkamasining 2007-yilgi 186-sonli qarori ayni muddao bo‘ldi. 
Hu daraxt Bolqon, Qrim yarim orolida o‘sadigan eng chiroyli 
o'simliklardan biri hisoblanadi. MDHning Yevropa qismida 
Moskva va Sankt Peterburg shaharlari atrofida ekiladi, lekin bu 
yerlarda sovuqdan zararlanadi. Soxta kashtan - soyasevar 
o'simlik. U unumdor, nam tuproqli yerlami xohlaydi. Havoning 
issiq va quruq kelishi unga yomon ta’sir etadi. Bunday sharoitda 
yozning o‘rtalariga kelib barglari sarg‘ayib, qurib qoladi. 
To'nkasidan ko‘karadi, ildizidan bachkilaydi. Uni qalamchadan 
ko‘paytirish 
ham 
mumkin. 
Umuman 
olganda, 
ko‘ka- 
lamzorlashtirish sohasida bugungi kunda ushbu manzarali daraxt 
turi dan keng foydalanilmoqda.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin