11,3-rasm. Yashil hududlardagi ulkan terak daraxtlari.
Teraklar shahar sharoitida gazga, tutunlarga chidamli. Xiyo-
bonlar va avtomobil yo‘llari atrofiga ekib borilsa, yaxshi natija
beradi.
Ushbu ajoyib, baquwat tanali, yaproq bargli daraxt
Toshkent shahrida Milliy bog‘, Alisher Navoiy bog‘i, G‘afur
G‘ulom va Mirzo Ulug‘bek bog‘larida, Abay ko‘chasi va Bobur
istirohat bog‘larida juda tartib bilan ekilgan, ko‘rkam
ko‘rinishdagi manzaralar namoyon etgan.
Barglari bandli,
navbat bilan joylashadi, barg plastinkasi butun yoki panjali,
chiziqli, lansetsimon, buyraksimon, yumaloq,
romb shaklida
bo‘ladi. Bir tup daraxtning o‘zida har xil shaklda boiishi
mumkin. Barg plastinkasining har ikkala tomoni tuksiz, rangi
har xil. Yuz tomoni to‘q yoki
och yashil, orqa tomoni kulrang,
ayrimlarida zangori rangda, dag‘al, qalin po‘stli. Barglarining
cheti kesik, yirik-mayda tishchali yoki butun.
Bandi uzun yoki
kalta, yumaloq, chiziqli, ezilgan, tukli yoki tuksiz. Yon
bargchalari tor lansetsimon bo‘lib, tez to‘kilib ketadi. Gullab
bo‘lgach, u to'kilib ketadi. Teraklar - ikki uyli,
guli bir jinsli
daraxtlar.
Dostları ilə paylaş: