Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


Qizil chetan (Sorbus tianschanica Rupr)



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

Qizil chetan (Sorbus tianschanica Rupr)
Bo‘yi 4-5 m li kichik daraxt bo‘lib, novdalari tuk bilan 
Niyrak qoplangan, yashil yoki qizg‘ish. Kurtaklari yirik, bo‘yi 
12-15 mm, uchi o‘tkir, tuksiz yoki tukli. Yonbarglari juda ensiz, 
uehi o‘tkir bo‘lib, kuzda to‘kilib ketadi. Barglari 10-15 sm, 
ayrim vaqtlarda undan ham uzun, 6 yoki 8 juft yonbargchali, 
bandi tukli. Shakli lansetsimon, biroz dag‘al, tuksiz, cheti 
lishchali.
11.12-rasm. Chetan daraxti mevalarining manzarali k o‘rinishi.
To‘pguli yirik, diametri 15 sm gacha, gulbandi qizil, tuksiz 
bo'ladi. Mevasining bo‘yi 10-12 mm, eni 8-10 mm, aw al qizil- 
mtrg'ish bo‘lib, so‘ng to‘q qizil rangga kiradi. Qizil chetan 
tog'larda dengiz sathidan 2800 m gacha balandlikda o‘rmon 
hosil qiladi. Nam va unumdor yerda yaxshi o‘sadi. Tyan-Shan- 
da, Jung‘oriya Olatovida va Pomir-Oloyda uchraydi.
143


Oddiy chetan (Sorbus aucuparia L.)
Bo‘yi 5-15 m ga yetadigan daraxt, ba’zan buta. Tanasining 
po‘stlog‘i silliq, shox-novdalari tukli, barglari toq patsimon, 9- 
15 bargchali, tiniq yashil rangli. May-iyun oylarida gullaydi, 
gullari oq, xushbo‘y boiib, yig‘ilib to‘pgul hosil qiladi. 
To‘pguli kalta novdalaming uchida joylashadi. Mevasi yumaloq, 
tiniq nowoti-qizil bo‘ladi va sentabr oyida yetiladi, ammo 
daraxtda ko‘p vaqt saqlanadi.
Mevasi achchiq bo‘lsa-da, yeyish mumkin, ayniqsa, 
sovuqdan keyin juda yeyishli bo‘ladi. Uni qushlar ko‘plab 
iste’mol qiladi. Urug‘i mayda. Parxish yo‘li bilan va bachki 
novdasidan hamda to‘nkasidan ko‘payadi. Unumdor yerda 
yaxshi o‘sadi. Tog‘ qiyaliklaridagi toshli yerlarda ko‘p uchraydi. 
Sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamli. Yog‘ochi o‘zakli, qizg‘ish 
bo‘lib, undan mebel yasaladi. Mevasidan oziq-ovqat sanoatida 
foydalaniladi. Ular yetilganda daraxti nihoyatda chiroyli bo‘lib 
ko‘rinadi, shuning uchun u ko‘p ekiladi. Bugungi kunda mamla- 
katimizning ko‘pgina yirik shaharlarida nafis landshaft arxi- 
tekturasiga ega bo‘lgan istirohat bog‘lari, xiyobonlar va sayil- 
gohlar baipo etilmoqda. Ushbu barpo etilayotgan bog‘larda har 
xil turdagi manzarali yaproq va nina bargli daraxt hamda buta 
turlaridan, shuningdek, yuqoridagi o‘simlik turlaridan ham 
yashil kompozitsion hududlar barpo etishda bemalol foydalanish 
mumkin.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin