Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


Qizil zirk (Byerberis nummularia )



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

Qizil zirk (Byerberis nummularia )
Tog‘ qiyaliklarida, soylarda va uzoq tog‘ daryolari qirg‘oq- 
lurida qo‘riqxona hududidagi Qizilsuv daryosi, G‘ilonsoy chega- 
rularida tabiiy holda o‘sib rivojlanadigan, bo‘yi 2-2,5 m gacha 
bo'lgan, mevasi shifobaxsh buta. Ildizi va po‘stlog‘ini bo‘yoq 
simoatida ishlatish mumkin.
Barglari to‘q rangda, uzunligi 7 sm gacha. Gulchalari yalti- 
roq sariq, osilib turgan panjalarga yig‘ilgan. Asal yig‘ishga 
moyil mevalari ellipsoid - cho‘ziq, uzunligi 8-12 mm, yaltiroq 
qi/il yoki to‘q qizil. Aprel - may oylarda gullaydi. Tog* 
vodiylarini e’tiborga olgan holda, o‘rtacha o‘suvchi, sovuqqa 
chidamli, issiqsevar, qurg‘oqchilikka chidamli. Tuproqqa talab-
141


chan emas. 0 ‘zbekistonning barcha hududlarida ekib foydala- 
nish mumkin.
Oddiy shilvi (uchqat)
Lonicyera xyfosteum
Bo‘yi 2-3 metr keladigan, buta novdalari yoysimon yoki 
kulrang-qizg‘ish rangli, yalang‘och yoki tukli. Barglarining 
uzunligi 3-6 sm, keng tuxumsimon yoki ellips - tuxumsimon 
shaklda, uch qismi o‘tkir, asosi keng, ponasimon, yuqori qismi 
kulrang yoki to‘q yashil.
Gulchalarining o£lchami bir santimetr. Sarg‘ish-oq, ko‘pin- 
cha, qizg‘ish tusli. Mevalari to‘q qizil,butasimon ushbu o‘simlik 
may-iyunda gullaydi. Mevasi avgust - sentabrda pishib yetiladi. 
Nisbatan tez o‘suvchi tur. Soyaga, sovuqqa chidamli. Tuproq va 
namlikka kam talabchan. Unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sadi 
25-30 yil yashaydi.
Qatrang‘i (tug‘dona) - Celtis
Tog‘ qiyaliklarida, tosh-shag‘allari surilib qolgan og‘ir tosh- 
li joylarda o‘sadi. Markaziy Osiyoda dengiz sathidan 1500-2000 
m balandlikkacha o ‘sadi.
Qurg‘oqchilikka o‘ta chidamli butasimon o‘simlik. Tog‘ 
yon qiyaliklarida toshli va shag‘alli surilishlaming oldini olishda 
himoya to‘siq sifatida ekish mumkin. Shifobaxsh meva sifatida 
iste’mol qilinadi. Bo‘yi 4-5 m gacha boradigan butasimon 
daraxtcha. Barg yoyish jarayonida gullaydi. Mevalari sentabrda 
pishib yetiladi. Urug‘ida yog1 moddasi bo‘lib, bodom ta’mini 
beradi. Baquwat ildiz tizimiga ega. 300-500 yilgacha, ya’ni 
uzoq umr ko‘ruvchi tur. Lekin sekin o‘sadi. Yorug‘sevar, qur- 
g‘oqchilikka o‘ta chidamli tur.
Chetan (Sorbus)
Bu turkumdagi daraxtlaming shox-shabbasi yoyiq, shoxlari 
va tanasining po‘stlog‘i silliq, barglari yonbargchali, navbat 
bilan joylashadi, kuzda to‘kilib ketadi. Gullari oq yoki oq-sariq, 
ular yig‘ilib to‘pgul hosil qiladi. Ular ikki jinsli, hasharotlar
142


yordamida changlanadi. Mevasi yumaloq yoki oval shaklda, 
olmaga o‘xshash, qizil yoki sariq. Ko‘p urug‘li, barglari 
mtirakkab, toq patsimon va oddiy, butun yoki patsimon bo‘lakli 
luzilganligi bilan turkumning boshqa turlaridan farq qiladi. 80 ta 
luri bor, ulardan, 34 tasi MDH da yovvoyi holda o‘sadi.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin