11.23-rasm. Manzarali lola daraxtidan foydalanish.
Chang va tutunga chidamli manzarali daraxt. Ko‘kalamzor-
lashtirish sohasida keng foydalaniladi. Urug‘idan ko‘paytiriladi.
Lola daraxtining urug‘i avgust oyining
oxiri-noyabr oyining
o‘rtalarida pishib yetiladi. Urug‘lari shamol ta’sirida daraxtdan
80-150 m masofagacha uchib boradi va shu yo‘sin vatanida
tabiiy ko‘payish xususiyatiga ega.
Bu daraxtning urug‘lari o‘z vatani iqlimlariga, tuproq sharo-
itiga moslashgan bo‘lib, tabiiy ko‘payish imkoniga ega.
Unumdor tuproqni yaxshi ko‘radi, rN 4.5-7.5 darajada bo‘lgan
tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Urug‘ining uzunligi 3.5 dan 5-6 sm
gacha, eni 0.8-1
sm gacha, urug‘ining rangi och jigarrang tusda.
lkg urug‘ida 15000-18000 dona urug‘ bo‘lib, 1000 dona
urug‘ining og‘irligi 49.7 gr. Ko‘ndalang kesilgan qanotchalari
ichida ikki juft joylashgan, ulaming kattaligi 0.2-0.3
mm dan
iborat.lpog.m da 200 dona urug‘ ekiladi.
Oqtol (Salix alba L)
Tol turkumi ichida eng yirigidir. Bo‘yi 30m ga, diametri 2m
ga yetadi. Po‘stlog‘i kulrang, bo‘yiga yorilgan bo‘ladi. Shox-
158
nhabbasi keng va yumaloq, kurtaklari yotiq, tukli.
Novdasi
ipaksimon tukli, shoxlari esa tuksiz. Barglari lansetsimon tuzil
gan, cheti mayda tishchali, o‘tkir uchli bo‘lib, asosiy tomirlari
yonida ipaksimon tuklar bor. Ular yozning o‘rtalarida to‘kilib
ketadi, biroq pastki tomonida biroz saqlanib qoladi.
Oqtol barg
yo/.ish bilan bir vaqtda yoki biroz keyinroq gullaydi. Gullari
kuchala hosil qilib,
siyrak joylashadi, gul poyasi tukli, uning
tubida kulrang bargchalar bor. Gulyon bargchalari bir xil rangda.
Urug‘chisi
qisqa ustunchali, ikki qismga ajralib turadigan
lumshuqchali. Mevasi 25-30 kunda yetiladi. Bu tol, asosan,
urug'idan yaxshi ko‘payadi. To‘nkasidan novda chiqarib
tiklanadi, poyasidan ham ko‘payadi.
Kuzning oxiriga kelib barglari sarg‘ayib, qurib qoladi.
To'ukasidan ko‘karadi, ildizidan bachkilaydi.
Uni qalamchadan
ko’paytirish ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: