Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


-rasm. Ipak akatsiyaning bargi, guli va mevasining tuzilishi



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

11.17-rasm. Ipak akatsiyaning bargi, guli va mevasining tuzilishi.
Tez o‘suvchi tur, juda yorug‘sevar, tutun, gaz va changli, 
lUKiiilay hidlarda ham bemalol o‘sa oladi. Chirindiga boy, 
iluiqur qumoqli, allyuvial tuproqlarda ham bemalol o‘sib- 
rivojlana oladi. Daraxt yozda, ayniqsa, gullagan vaqtida ajoyib 
manzara namoyon etadi. Daraxt tuproq tarkibiga baquwat ildiz 
otib o‘sadi. Tez-tez sug‘orib turilsa, yaxshi o‘sadi, kasallik va 
/ararkunandalar bilan zararlanishi bo‘lmaydi, uzoq yashaydi. 
I Ining manzarali xususiyatlaridan biri: kech kirib quyosh botishi 
bilan o‘z gulini yashirib oladi, ertalab quyosh chiqishi bilan 
ttullarini ochib o‘zining nafis husnini namoyon etadi. U -
oVining soyabonsimon shakli va kumushsimon yog‘och tanasi 
hi Ian, yashil bargchalari kuzning oxirigacha davom etishi bilan 
yimada ko‘rkam ko‘rinish hosil qiladigan manzarali daraxt. 
Daraxt ko‘chatlari, asosan, tinim muddatini o‘tagan urug‘ini 
bailor faslida sepish usuli bilan ko‘paytiriladi. Bunda 
ko'chatxona xoloz bo‘lgan mayin tuproqli yer maydonining
149


relyefi 3° gacha qiyalikda bo‘lgan hosildor tuproqlarda tashkil 
etiladi. Ko‘kalamzor hududlarda manzarali bu daraxt ko‘chati 
bemalol o‘sib-rivojlanishi uchun uning uch yillik parvarish- 
langan ko‘chatini ekish zarur bo‘ladi. Atrof-muhit ekologiyasiga 
kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Uning ko‘chatlarini qatorga olib yoki 
boshqa manzarali daraxt turlari bilan guruh holida ekilsa, yanada 
ajoyib kompozitsion ko‘rinish namoyon etadi.
Ushbu manzarali daraxt ko‘chatidan shahar va qishloqlari- 
mizdagi istirohat bog‘lari, xiyobonlar va sayilgohlarda yashil 
hududlar barpo etishda bemalol foydalanish mumkin.
11.18-rasm. Sadaqayrag'och daraxtining umumiy ko‘rinishi.
Sadaqayrag‘och (Ulmus densa Litw)
Katta daraxt, shox-shabbasi keng, qalin soyabonsimon shakl- 
da, po‘stlog‘i yorilgan, qora rangda, barglari qalin, cho‘zinchoq, 
tuxumsimon, cheti ikki qator tisjichali.Ushbu qayrag‘och turi eng 
manzarali 
qayrag‘och 
turlaadan 
biri 
hisoblanadi, 
uzoq 
o‘tmishdayoq bu tur ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida shahar va 
qishloqlarga ko‘plab ekilgan. Daraxtning balandligi 15-20 metrga 
yetadi.
150


Tanasining rangi, qari daraxtlaming novdalari jigarrang
tanasi chuqur yorilgan bo‘ladi. Yosh novdalaming tanasi silliq 
bo‘ladi. Bargi teskari tuxumsimon yoki romb shaklida bo‘ladi. 
Bargining uzunligi 12 sm, eni 7sm, bargining chetlari ikki-uch 
tishchali mustahkam bargli. Guli mayda, barg yozishdan oldin 
mart-aprel oylarida gullaydi. Urug‘i qanotchalarda joylashgan. 
Qanotcha teskari tuxumsimon shaklda, uzunligi 1,5-2 sm. 
Mevasi may-iyun oylarida pishadi. Sadaqayrag‘och yoshligida 
tezroq o‘sadi, lekin qariganda boshqa qayrag‘och daraxti 
turlariga nisbatan o‘sishda sekinlashadi. 0 ‘rtacha yorug‘sevar, 
issiqsevar bo‘ladi. Sovuqqa chidamli, lekin haddan tashqari 
sovuqdan aziyat chekadi. fldiz tizimi baquwat, tuproqni 
inustahkamlaydi. Tuproqqa talabchan, lekin sho‘r tuproqlarda 
ham o‘sadi. Gazga, changga chidamli, kesish ishlarini yaxshi 
ko'taradi va daraxtning shakli manzarali xususiyatini o‘zida tez 
tmmoyon qiladi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ekilganda 300 
yilgacha yashashi mumkin. Shahar sharoitida 50 yilgacha 
kiimdan kam yashaydi. Katta daraxt, shox-shabbasi keng, qalin 
piramida shaklida, po‘stlog‘i yorilgan, qora rangda, barglari 
qalin, cho‘zinchoq, tuxumsimon, cheti ikki qator tishchali. Bu 
i|nyrag‘och 0 ‘rta Osiyoda tog‘ daryolari vodiysida o‘sadi. U 
bog‘larga, katta ariqlar bo‘yiga ekiladi.
Po‘kakli eman (Quyercus suber) -
Bo‘yi 20-22 m, diametri 1-1,5 m li daraxt, tanasi yoshli- 
gidan boshlab po‘kak qavati bilan qoplanadi. Yosh novdalari, 
kurtaklari va barglarining orqa tomoni sarg‘ish-kulrang, qalin 
luk bilan qoplangan. Barglari doim yashil saqlanadi, oddiy 
Ui/.ilgan, navbat bilan joylashadi, oval yoki cho‘ziq tuxum- 
Himon, cheti o‘tkir tishchali, yuz tomoni to‘q yashil, yaltiroq, or- 
qu tomoni qalin tukli. Yong‘oqlari 1-3 tadan bo‘lib, kalta bandli, 
birinchi yili yetiladi. May oyidan boshlab yozning o‘rtalarigacha 
gullaydi. Kuzda ikkinchi marta gullaydi. Shuning uchun bir tup 
dttraxtda har xil muddatda yetiladigan yong‘oqlarni ko‘rish 
mumkin.
151


Po‘kakli emanning yong‘og‘i tez ko‘karib chiqadi. Niholi 
original tuzilishi bilan boshqalardan farq qiladi.Yong‘og‘i unib 
chiqayotgan paytda urug‘palla tubida chetlari bir-biri bilan 
qo‘shilib o‘sadi va naycha hosil qiladi, uning ichida 
embrionning kurtakchasi yotadi. Bu naycha yer tagida 20-30 sm 
gacha o‘sadi, so‘ng undagi kurtak una boshlaydi va yer ustiga 
boshlang‘ich poya chiqadi, ildiz otadi. Po‘kakli eman O'rtayer 
dengizining g‘arbiy sohillarida va Janubiy Yevropa: Fransiyada
Ispaniyada, Portugaliyada, Italiyada, Shimoliy Afrikaning 
janubiy rayonlarida tarqalgan. MDH da Kavkaz va Qrimning 
subtropik rayonlarida ekiladi.
Po‘kakli eman issiqsevar, yorug‘sevar o‘simlik, sovuqqa 
chidamsiz, -15-17 °S sovuqdan zararlanadi. Nam va ohakli 
yerlarda yaxshi o‘sadi. Quruq tuproqda ham o‘sa oladi. Uning 
po‘stlog‘idan po‘kak olinadi. Bu emanni shimoliy rayonlarga 
introduksiya qilish katta ahamiyatga ega.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin