Sharq biotasi (Biota orientalis Endl)
Qurg‘oqchilik yer maydonlariga chidamli bo‘lgan sharq bio-
tasining vatani - Xitoyning shimoliy qismi. Unchalik uzoq
bo‘lmagan davrdan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlarida
ko‘kalamzorlashtirish sohasida keng foydalaniladi. Bir uyli
butasimon ushbu daraxt vatanida 16-18 m gacha, bizning
sharoitimizda esa 6-8 mga yetadi. Shox-shabbasi pirami-
dasimon, po‘sti och jigarrang, ba’zan to‘q kulrang, barglari och
yashil bo‘lib, g‘uddasi ikkinchi yili yetiladi. Qadimda dehqonlar
o‘z bog‘lari atrofida ekkan. Gullaridan so‘ng sentabr oyida
g‘uddasi tayyor bo‘ladi.
G‘uddasidan 15-20
%
urug‘ chiqadi. 1000 dona urug‘ining
og‘irligi 20 gr bo‘ladi. Sharq biotasi issiqqa va qurg‘oqchilikka
o‘ta chidamli bo‘lib, mamlakatimizning har qanday hududida
ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi.
0 ‘z vaqtida
sug‘orib borilsa, juda tez o‘sadi. Agar uning shox-shabbalari
qaychi bilan kesilib, o‘z vaqtida shakl berilsa, ajoyib manzara
namoyon etadi.
Dostları ilə paylaş: