Urugiari, tanasining qalamchalari
va chiroyli shakllarini
oddiy, tipik va Sharq qora qarag‘aylariga payvandlash usuli
bilan ham ko‘paytirish mumkin. Vatani - Shimoliy Amerika-
ning g‘arbiy hududlarida, dengiz sathidan 2000-3000 balandlik-
dagi qoyali togiarda o‘sib rivojlangan.
Tikanli qoraqarag‘ay shu turdagi
daraxtlaming ichida eng
manzarali, chiroyli shox-shabbali, yarns tartibida joylashgan
yirik
nina bargli kumushsimon, zangori rangli bo‘lganligi bilan
farqlanadi.
O‘zbekistonning doim yashil archa daraxtlari
Mojjevelnik sinfiga oid archalar, asosan, tog‘ o‘rmonlari-
ning ko‘p qismini tashkil qiladi. Bu o‘rmonlaming ko‘pchiligini
qora archaning daraxtsimon forma va turlari egallaydi.
Mahalliy
xalq bulaming hammasini “archa” deb yuritadi. Mahalliy qora
archalar tog‘ iqlimi va tuproq sharoitiga juda yaxshi moslash-
gan. Archa tog‘ yon bag‘irlarida juda yaxshi o‘sib
kattagina
tabiiy o‘rmonzorlar hosil qilgan va bu yerlarda xalq xo‘jaligida
katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab yog‘och zaxiralari
mavjud.
0 ‘zbekistondagi daraxtsimon archalar uch turga bo‘linadi.
Zarafshon archasi yoki qora archa
(Junipyerus syeravschanica Kom.)
Ushbu archa 0 ‘zbekistonda ko‘proq tarqalgan bo‘lib, 191000
gcktar archazoming 154000 gektarini yoki 80%ini tashkil etadi.
Zarafshon archasi respubUkamizning deyarli barcha tog‘larida
uchraydi. U Chotqol, Qurama, Bobotog1, Boysun, Hisor tog‘
ti/malarming yon bag‘irlarida o‘sib, tabiiy o‘rmonzorlar
hosil
qilgan.
Zarafshon archasi dengiz sathidan 2500 m balandlikda ham
uchraydi. U, asosan, dengiz sathidan 1400-2500 metr balandlik-
larda yaxshi o‘sadi va shu joylarda ko‘p tarqalgan. Zarafshon
archasining tanasi uzun va to‘g‘ri, qulay sharoitda o‘sgan darax-
137
tining bo‘yi 15-16 metr, diametri 50-60 sm gacha yetadi. Juda
yaxshi sharoitda o‘sgan eski archaning bo‘yi, hatto, 20-25 metr,
diametri esa 1-1,5 metrgacha boradi. Dengiz sathidan 2300 m
balandlikda kuchli shamol esadigan va tuprog‘i
quruq joylarda
Zarafshon archasi ko‘proq eniga o ‘sib, bo‘yi 1-1,5 metr, diamet
ri esa 5 metrgacha boradi.
Pishgan urug‘ining tinim davri 1,5-2-yil. Bahorda ekilgan
urug'lar bir yil o‘tgach, siyrak unib chiqadi. Zarafshon archasi
qum tarkibli tuproqda yaxshi о‘sib rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: