11.5-rasm. Maysazor fonidagi virgin archasining ko‘rinishi.
Zararkunandalar bilan kam zararlanadi. Urug‘lari, qalam-
chalari payvandlash usuli bilan ko‘paytiriladi. Ildiz tuprog‘i
bilan ko‘chirib ekilsa, yaxshi natija beradi. Yog‘ochi qimmat-
baho, yumshoq, mustahkam, juda xushbo‘y. Uning yog‘ochidan
qalam tayyorlanadi. Shuning uchun ham uni ba’zan “Qalam
daraxti” deb ham atashadi. Virgin archasi yaxshi sharoitda yuz
yil va undan ham ko‘proq yashaydi. Tabiiy holda Shimoliy
Amerikaning sharqiy qismida o‘sadi. Shahar sharoitida qurg‘oq-
chilikka va har xil gazlarga chidamli. Manzarali bog‘dorchilikda
yashil hududlar barpo etishda keng foydalaniladi.
Sabina archasi (Iunipyerus Sabina L)
Ushbu turdagi doim yashil archa tabiiy holda G‘arbiy
Ycvropada, Qrim, Kavkaz, Janubiy Ural, Sibir va Markaziy
Osiyoda o‘sadi. Yorug‘sevar, ammo yengil soyada ham o‘sishi
131
mumkin. Qurg‘oqchilikka, tutun va har xil gazlarga chidamli
tur. Tuproqqa unchalik talabchan emas. Toshloq, ohakli
tuproqlarda, daryolar atrofida va ko‘chuvchi qumlarda ham
bemalol o‘sa oladi.
11.6-rasm. Sabina archasining umumiy ko‘rinisbi.
0 ‘zi o‘sib rivojlanayotgan joylarda novdasining ildiz otishi
bilan tarqaladi. Ko‘chirib ekilgandan so‘ng tuproqning yuqori
qismida joylashgan qalin mayda ildizlari rivojlanadi.
Urugiari va tanasining qalamchalari bilan yopiq gruntda
ko'paytiriladi. Manzarali, noyob, nina bargli buta. Ko‘kalamzor-
lashtirishda qiyalik joylarda va terassali maydonlarda keng
foydalaniladi.
Doim yashil sarv (Cupressus sempyervirens L)
Balandligi vatanida 25-30 m, igna bargli barglari cho‘ziq
rombsimon. Xoch shaklida joylashgan, novdalari zich qisilgan.
Urug‘lari qizg‘ish-qo‘ng‘ir; daraxt yoshligida tez o‘sadi, 3
yoshida uning bo‘yi l-2m, 50-60 yoshidan boshlab o‘sishi
kamayadi. Tabiiy holda Kichik Osiyoning tog‘larida, Shimoliy
Eronda, Kipr, Krit orollari atrofida tarqalgan. Soyaga chidamli
tur. Qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamli, doim yashil daraxt.
132
Tuproqqa kam talabchan, toshloq va ohakli tuproqlar bilan keli-
sha olmaydi. Kuchli sho‘rlangan tuproqlarda o‘sa olmaydi.
Dostları ilə paylaş: |