Mazkur archa shox-shabbali bo‘lib, bo'yi 16 metr, diametri 1,5
m gacha yetadi. Shox-shabbasi keng konusli, novdalari uzun va
ingichka, yerga egilib tushgan. Ushbu archa daraxti sovuqqa
chidamli, namlikka talabchan. U, ko‘pincha, tog‘ yon
bag‘irlarining shimoliy va g‘arbiy qoyalarida, tuprog‘i sernam
bo‘lgan soya-salqin joylarda yaxshi o‘sadi.
Turkiston archasi yoki o‘rik archa
(Junipyerus turkestanica Kom)
0 ‘zbekistonda ushbu archa G‘arbiy Turkiston tog‘
tizma-
larining shimoliy yon bag‘irlarida ko‘p tarqalgan bo‘lib, 34
ming gektarni tashkil etadi. Bu daraxt dengiz sathidan 2300 -
3200 m balandliklarda ko‘p o‘sib rivojlangan. Lekin 2600 m ba-
landlikda boshqa archalar bilan aralash holda, undan ham ba-
limdroqda esa faqat o‘zini uchratish mumkin.
Turkiston archasi yirik daraxtlardan hisoblanadi. Tanasi yo‘-
ц'оп, uchi tomon ingichkalashib boradi, balandligi 18 m, tanasi
ning diametri 1 m gacha boradi. Turkiston archasi sovuqqa
chidamli bo‘lib, boshqa archalarga qaraganda tuproq tan-
lainaydi. Archa tog‘ sharoitida o‘rmonchilikning
asosiy qismini
tashkil etadi. U har qanday sharoitda chidamli va uzoq muddatli
yashaydigan o‘simlik bo‘lib, muhim himoya vazifasini ham
o‘taydi.
0 ‘zbekistonda archazor o‘rmonlar, asosan, uch mintaqada
joylashgan:
1. G‘arbiy Tyan-Shan.
2. Turkiston tizmalarining g‘arbiy qismi.
3. Hisor tizmalari va uning yon bag‘irlari.
G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ining Chotqol, Ugom va Qurama
ti/malarida, Angren va Chirchiq havzalarida archa ko‘p o‘sadi.
Archazorlaming qolgan qismi Sangzor va Zomin tog‘ va
duryolari havzalarida joylashgan bo‘lib, bu tog1 vodiylari terri-
toriyasidagi archazorlaming asosiy maydonini tashkil etadi.
Katta archazorlar massivi Hisor tog‘ tizmalarining yon bag‘-
lida, Surxondaryo
va Qashqadaryo havzalarida, ulaming man-
139
balari atrofida joylashgan. Yuqorida qayd etilgan barcha massiv-
lardagi archazorlaming o‘rtacha o‘rmon to‘liqligi 0,4 ni tashkil
etadi.
Manzarali archalar dengiz sathidan 1600-3000 metr baland
likda uchraydi. 3000 metr balandlikda archa daraxti atrofga keng
yoyilgan holda o‘sadi.
Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, 0 ‘zbekistonning Hisor tiz-
malaridagi archazorlar qadimiy, lekin
ular talabga javob ber-
maydi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Hisor tizmalaridagi
archazorlar G‘arbiy Tyan-Shan tizmalaridagi archazorlar bilan
teng, biroq Turkiston archazorlaridan yosh.
Archazorlarda ikki yildan keyin uchinchi yil hosilli bo‘ladi.
Hosilsiz yillarda tayyorlaniladigan g'udda mevalar hajmining 2-
5 % miqdorida urug‘ chiqadi. Hosilli yillarda bu raqam 18-20 %
ko‘tariladi. Hosilli yillarda zaxira jamg'arma 2-3 yilga tayyorlab
qo‘yiladi.
Ekish uchun yangi yig‘ib olingan (sentabr oyida terilgan) va
o‘tgan yillarda terilgan (qopga solib osib qo‘yilgan yoki oktabr -
noyabr oylarida shisha idishlarda saqlangan) urug‘lardan foyda-
lanish mumkin. G‘udda mevalarini qayta ishlash va urag‘lami
tozalash quyidagi usulda bajariladi:
- beton yoki asfalt maydonda
tozalash;
- urug‘ tozalagich mashinalarda ( 0 ‘z R 0 ‘XITI MIS-02
mashinasi) tozalash;
- qor ostidagi zovurlarda 8-9 oy saqlanib, har zamonda
sug‘orib turilgan g‘udda mevalami qo‘lda tozalash;
- qayta ishlashdagi uchinchi usul urug‘laming yaxshi toza-
lanishi (I—II sinf) va sifatli urug‘ olishni ta’minlaydi.
G‘udda mevalami yig‘ib olishdan oldin har bir daraxt
tupining butun sirtidan bir siqim hajmdagi olti - sakkizta g‘udda
namunasi tanlab olinadi. Shundan keyin ulaming sifati
aniqlanadi. Buning uchun g‘udda
meva silliq tosh ustida
parchalanadi va tok qaychida qirqiladi. G‘udda mevalami har 10
ta g‘udda mevasining 4-5 tasi sifatli wmg‘ ga ega bo‘lgan daraxt-
lardan terib olish kerak.
140
Yig‘ilgan g‘udda mevalardan “Daraxt va butalaming urug‘-
lari” 14-161-86 GOST ga binoan (kamida 200 g) o‘rmon urug‘chi-
ligi stansiyasiga yuboriladi. Archa urug‘larining o‘rtacha ekish
normasi:
Zarafshon archasi - 60-70 g; Turkiston archasi - 130-160 g;
Saur archa - 15-17 g/m.
Har tomonlama yaxshi sharoitga ega bo‘lgan ko‘chatxo-
tiadan 2500-3000 metr uzunlikdagi maydondan 1,0-1,2 mln bir
yillik ko‘chat olish mumkin. Shuning uchun ham bugungi kunda
respublikamizning baland tog‘li archa o‘rmonlari mavjud
ho'lgan yer maydonlarida ko‘proq Zarafshon archazorlari barpo
ctishga harakat qilinmoqda.
Bunda, ko‘pincha, terrasa va maydonchalar usulidan foyda-
lanib ekimoqda. Bu esa, o‘z
navbatida, tog‘ qiyaliklarining
uurashining oldini olishda va hosildor tuproqlami saqlab
qolishda katta yordam beradi. Xalqimiz vakillarining ishdan va
o'qishdan bo‘sh vaqtlarda tog‘ yon qiyaliklarida bemalol hordiq
diiqarishiga, yoshlarimizning oromgohlarda dam olishiga
nrchazorlar xizmat qiladi. Buning
uchun ona tabiatimizning
husn-tarovatiga o‘z ko‘rkini qo‘shib turgan bu yashil daraxtlami
luitun mehrimiz bilan asrab-avaylashimiz kerak bo‘ladi. Uning
ko‘chatlaridan tog‘oldi shahar va aholi hududlarida, orom-
gohlami ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: