Dj.Birren: 50—75 yosh so‘nggi yetuklik, 75 yoshdan keyin qarilik.
D.B. Bromley qarilikning 3 bosqichini ko‘rsatib o‘tadi: 65-70
yosh sevimli ishdan uzoqlashish; 70 yoshdan keyin keksalik; 110
yoshgacha — munkillaganlik, qarib kasalga chalinish va o‘lim.
Rossiya gerontologiyasi asoschilaridan biri I.V.Davidovskiy kek
salik boshlanishining aniq sanasi mavjud emas, degan flkmi bildir-
gan1. Boshqa mashhur gerontolog N.F.Shaxmatov keksayish muam-
molariga biologik nuqtayi nazardan yondashib, psixik keksayishni
markaziy nerv sistemasining oliy bo‘limlarida yoshga oid destruktiv
o‘zgarishlar natijasi sifatida qaraydi2. Keksayish yoshga oid muqa-
rrar jarayon bo‘lishiga qarab har kimda har xil individual kechadi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash Yevropa byurosining klassifikat-
siyasiga muvofiq, erkaklarda qarilik 61—74 yosh, ayollarda 55—74
yosh, 75 dan keyin keksalik boshlanadi, 90 yoshdan keyin uzoq
umr ko‘ruvchilar deb ataladi.
Qarilikning boshlanishi ijtimoiy mezon sifatida insonning na-
faqaga chiqishi bilan belgilanadi. Lekin turli mamlakatlarda turli
kasb egalarida ayollar va erkaklarda nafaqa yoshi turlichadir (55
dan 65 yoshgacha davom etadi). Qarilik davriga o‘tishning bosh
qa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari - bu asosiy daromad man-
bayining o‘zgarishi, ijtimoiy mavqening o‘zgarishi, ijtimoiy rollar
doirasining o‘zgarishi hisoblanadi.
Odatda yosh qariyalar 75 yoshgacha hamda keksa qariyalar 75
yoshdan keyin farqlanadi. Bunda faol va mustaqil hayot tarzini
kechiradigan qariyalar hamda doimiy mehribonlikni, e’tiborni
talab qiladigan imkoniyatlar funksional mezon bolishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: