Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

19.5. Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik
vazifalari
Yetuklik va keksalik orasidagi inqiroz 55—65 yoshlarga to‘g‘ri 
keladi. Keksalik davridagi inqirozni nafaqadan oldingi inqiroz
1 Давидовский И.В. Геронтологиуа. —М .,1966.
2 Шахматов Н.Ф. Психическое старение: счастливое и болезненное,— М.,
1996. С.31-36.
433


deb ataladi, bunda asosiy determinant sifatida ijtimoiy omil na­
faqa yoshiga yetish omili ko‘rsatiladi. Darhaqiqat nafaqaga chi- 
qish inson hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi, jamiyatdagi 
muhim ijtimoiy rolining yo‘qotilishi, insonning o‘z referent gu- 
ruhidan ajralishi, muloqot doirasining torayishi, moddiy ahvo- 
lining yomonlashuvi, ba’zan «iste’fo shoki» holatining o‘tkir ke- 
chishida namoyon boladi.
Bu holat ko‘pchilik qartayayotgan insonlarda qiyin kecha­
di, salbiy hissiy holatlarni vujudga keltiradi. L.I.Ansifirovaning 
ta’kidlashicha, qariyalarning uch xil asosiy shaxs tiplarini ajratish 
mumkin1. Birinchi tipdagi qariyalar nafaqaga chiqishni yaxshi 
boshdan kechiradi, yangi qiziqarli mashg‘ulotga jon deb ko‘cha- 
dilar, yangi do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga layoqatli. Bu- 
larning bari ularning hayotdan qoniqqanlik darajasining yuqori 
bolishiga hamda umrining uzun bolishiga ham ta’sir etadi. Ik­
kinchi tipdagi qariyalar hayotga passiv munosabatda boladi. 
Ularda qiziqishlar doirasining pasayishi, o‘z-o‘ziga hurmatning 
yo'qolishi, kerak emaslik va mos emaslik hissi kuzatiladi.
Ushbu yosh davridagi inqirozni yumshatish strategiyalaridan 
biri «hayotga yangicha qarash» texnikasidir. Bu texnika o‘z ichiga 
yangi ijtimoiy yondashuvga psixologik tayyorgarlik, bo‘sh vaqtni 
oldindan rejalashtirish, yangi hayot tarzini, jamiyatga kirishish- 
ning yangi usullarini izlash, salbiy holat va hodisalarni oldindan 
his qilish, nafaqaga chiqishni qat’iy kun tartibi va qat’iy chek- 
lovlardan ozod bolish hamda insonning yangi qobiliyatlarini 
namoyon etadigan erkin fazo sifatida ijobiy idrok etish kabilarni 
o‘z ichiga oladi.
Keksalik davriga o'tishdagi inqirozlar bo‘yicha boshqa bir yon­
dashuv shaxs ichidagi, identiklik inqirozidir. Bunda qarilik alo- 
matlari subyekt tomonidan emas, balki atrofdagilar tomonidan 
seziladi. Fiziologik qartayish jarayonlari doimiyligi tufayli uzoq

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin