vaqt subyekt tomonidan anglanmaydi, o‘zining «o‘zgarmasligi»
haqida illyuziya paydo bo‘ladi. Keksalikni anglash kutilmaganda
sodir bo‘ladi (masalan, sinfdoshlari bilan uchrashganda) hamda
ichki nizolarga olib keladi. Ba’zan qarilikni anglash bilan bogliq
inqiroz o‘smirlik davridagi inqiroz bilan tenglashtiriladi (bunda
ham o‘zining o‘zgargan tanasiga yangicha munosabatni ishlab
chiqishdan iborat), lekin qarilik inqirozi oglrroq kechadi.
E.Erikson konsepsiyasida qarilik ilgarigi hayot yolining tu-
gashi sifatida talqin etiladi1. Keksalik psixosotsial inqirozining
mohiyati shundan iboratki, Egoning yaxlitlikka erishishidir. Kek-
sa psixologik yoshga o lish muvaffaqiyatini E.Erikson oldingi
yosh inqirozlarini ijobiy hal qilish bilan boglaydi. Eriksonning
ta’kidlashicha, donishmandlik ruhning ma’lum holati bolib,
bunda olm ish, hozir va kelajakka bir vaqtda boqish, hayot tarix-
ini tasodiflardan xalos etish hamda avlodlar bilan aloqa o‘rnat-
ish sifatida talqin etiladi. Donishmandlik keksalik davrining eng
yuksak yutug‘idir.
Qarilik davrida rivojlanishning yosh vazifalari quyidagilarda
bolishi mumkin:
— yosh o‘zgarishlariga moslashish, tana, psixofiziologik;
— keksalikni adekvat idrok etish (salbiy stereotiplarga qarshi
turish);
— vaqtni aql bilan taqsimlash, qolgan hayotini maqsadga
yo‘naltirib foydalanish;
— rollarni qayta yo‘naltirish, eski rollar pozitsiyasidan voz ke-
chish va yangilarini shakllantirish;
— yaqin insonlarning yo‘qotilishi va farzandlarning uzoqla-
shishi munosabati bilan boladigan affektiv holatlarga qarshi
kurashish, emotsional egiluvchanlikni saqlash;
— ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni yengib
olish), xulq-atvorning yangi shakllarini izlash;
— ichki yaxlitlikka intilish va o‘tgan umrni anglash.
Dostları ilə paylaş: