Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

19.7. Keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari
Keksalik davridagi insonlarga emotsional sohada ham maxsus 
o'zgarishlar xos. Bu affektiv reaksiyalarning kuchayishi (kuchli asab 
qo‘zg‘alishi), sababsiz xafa bo‘lish, yig‘lash va boshqalarda namoy­
on bo‘ladi. Qariyalarda o‘tmish qadriyat hisoblanadi. Kaliforniya 
universiteti olimlarining 40 yillik longityud tadqiqot natijalaridan 
ma’lum bolishicha, 30 yoshda emotsional va psixologik barqaror 
faol shaxslar 70 yoshda ham o‘z faolliklarini saqlab qoladi.
Qariyalarning ijtimoiy va psixologik mavqesini belgilaydigan 
muhim omillardan biri jismoniy sog'liq, jismoniy faollikdir. Jis­
moniy noxushliklar - keksalik davrida hayotdan qoniqmaslik- 
ning muhim sababidir. Buning xususiy oqibatlari atrofdagilarga 
qiziqishning pasayishi, yaqinlar bilan munosabatlarning o‘zgari- 
shi, o‘z-o‘zini baholashning pasayishida ko‘rinadi.
Biroq shaxsiy keksayishga munosabat - keksalar psixik hayo­
tining faol elementidir. Jismoniy va psixik o‘zgarishlarni anglash, 
o‘zining jismonan nosog'lomligini his qilish keksalik davrida 
0
‘z- 
o‘zini anglashning yangi darajasini tashkil etadi. Keksalarning jis­
moniy kuch va imkoniyatlarining chegaralanganligiga chidamlili- 
gi yoki chidamsizligi shaxsiy qartayishiga munosabatini bildiradi.
K.Roshakning ta’kidlashicha, ehtiyojlar ierarxiyasi, tuzilishi 
o‘zgaradi: qiynalishdan qochish, xavfsizlik ehtiyoji, avtonomiya va 
mustaqillik ehtiyoji1. Shu bilan birga keksalik davrida vaqtincha­
lik hayotiy rejalarning umumiy o‘zgarishi ro‘y beradi. Hozirgi 
hayot va o‘tgan umr haqida tasavvurlar kelajak hayotga nisbatan 
muhim ahamiyatga ega. Keksalarning o‘tmish xotiralarga qaratil- 
ganligi fenomeni ular psixik hayotining muhim qismidir.
1 Розак К.Психологические особенности личности в пожилом возрасте.
Автореф. дис. —.1990.
440


Shuningdek, bu davrda hayotdan qoniqish hamda o‘z-o‘zini ba- 
holashning susayishi kuzatiladi. Amerika psixologlari tadqiqotlarida 
nafaqaga chiqqan erkaklar o‘rganilib, 5 xil shaxs tiplari 
0
‘rganilgan1.
1. Konstruktiv tip — ichki muvozanat, ijobiy emotsional kayfi- 
yat, o‘ziga nisbatan tanqidiylik va boshqalarga nisbatan chidam- 
lilik bilan tavsiflanadi. Kasbiy faoliyatni to'xtatgandan so‘ng ham 
hayotga nisbatan optimistik ustanovka saqlanib qoladi. Bunday 
keksalarning o‘z-o‘zini baholashi yuqori bolib, atrofdagilarning 
yordamiga tayangan holda kelajak uchun reja tuzadi.
2. Bogliq tip - ijtimoiy qabul qilingan va yaxshi moslash- 
gan tip. Yuksak hayotiy va kasbiy intilishlar bolmaganida tur­
mush o‘rtog‘iga yoki farzandiga bo‘ysunadi. Oilaviy vaziyat tufay- 
li hissiy muvozanat saqlab turiladi.
3. Himoyalanuvchi tip — zo‘r berib doimiy faollik orqali 
0
‘z- 
o‘zini ta’minlashga intilish. Nevrotik tip sifatida baholanadi.
4. Agressiv-ayblovchi tip — bunday keksalar shaxsiy muvaffa- 
qiyatsizliklari uchun aybni boshqalarga to‘nkaydi, shubhalanuv- 
chan va birdan tutoqib ketadi. Ular o‘zlarining keksaligi, na­
faqaga chiqqanligi haqidagi fikrni qabul qilishni istamaydi, kuchi 
tugayotgani va olim haqida o‘ylab, yoshlarga nisbatan dushman- 
larcha munosabatda boladi.
5. 0 ‘z-o‘zini ayblovchi tip — passivlik, depressiyaga beriluv- 
chanlik, tashabbussizlik, yolglzlik, hayotga pessimistik munosa- 
bat, olim baxtsizlikdan qutulish yo‘li sifatida qabul qilinadi.
I.S.Kon keksalikdagi ijtimoiy-psixologik tiplarni ajratishda 
mezon sifatida faoliyatning yo‘nalganligidan foydalanadi.
Ijobiy psixologik qulay tiplar:
1
) nafaqaga chiqqandan so‘ng jamoat ishlarini davom ettirish, 
faol va ijodiy munosabatda bolish;
2
) shaxsiy hayoti bilan shug‘ullanish — moddiy ta’minlangan- 
lik, xobbi, qiziqishlar, mustaqil ta’lim olish, yaxshi ijtimoiy va 
psixologik ta’minlanganlik;

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin