1 Стюарт—Гамилтон Я. Психология старения. С. 131-132.
3) oilaning boshqa a’zolariga qulay bolish uchun ularga yor-
damlashish, bular ko‘proq ayollardir. Zerikish yo‘q, lekin birinchi
va ikkinchi guruhdagilarga nisbatan hayotdan qoniqqanlik quyiroq;
4) hayotning mazmuni sogliqni mustahkamlash bilan bogla-
nadi, bu ko‘proq erkaklarga xos. Hayotni bunday tashkil etish
ma’lum ma’noda axloqiy qoniqish hosil qiladi, ba’zan sogliqqa
nisbatan xavotirlanish kuzatiladi.
Keksalarning salbiy tiplari:
1
) agressiv, maxmadonalar;
2
) o‘z hayotidan norozi, baxtsiz, muvaffaqiyatsiz keksalar.
Keksalik davrida paydo bolgan yangi psixologik tuzilma — bu
hayotiy donishmandlik
hamda
ruhning chuqur
qatlamlari bilan
yashash qobiliyatidir.
19.8. Keksayish davrida bilish jarayonlari
Kundalik hayotda ko‘pchilik qariyalarning aqli ham susayadi,
deb hisoblaydi. Masalan, yosh yigit qo‘ygan narsasini eslay olma-
sa, hech kim bunda hech qanday qo‘rqinchli narsani ko‘rmaydi,
lekin bunday e’tiborsizlik qariyalar tomonidan amalga oshirilsa,
bunday o‘zgarishlarni qarilik o‘zgarishlarining namoyon bolishi
— skleroz deb baholaydi.
So‘nggi vaqtlarda ilmiy adabiyotlarda normal qarilikda intelle
ktual faoliyatning susayishi haqidagi qarama-qarshi fikrlar uchray-
di. Qarilik davrida kognitiv jarayonlarning o‘zgarishi muammo-
sini o'rgangan tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ko‘pgina aqliy
ko‘nikmalar nisbatan saqlanib qoladi. Bu yosh davrida xotira-
ni keng doirada o‘rganish natijalariga ko‘ra (Perlmutter, Adams,
Barry, Kaplan, Person & Verdonik, 1987) xotiraning susayishi
faqat qarilik oqibati emas, balki boshqa omillar, depressiya, faol
faoliyatning to‘xtatilishi va dorilarning salbiy ta’siri natijasidir.
Qarilik davrida kognitiv rivojlanish darajasida ma’lum susa-
yish ro‘y beradi. Masalan, bilish jarayonida ma’lumotlarni qayta
ishlash, mexanik eslab qolish tezligining pasayishi kuzatiladi. Le
kin bunga mos ravishda kompensatsiyalar ham ro‘y beradi. Nati-
442
jada ma’lum kognitiv xarakteristikalarning yo‘qotilishi kundalik
hayotga ta’sir qilmaydi (Perlmutter et al., 1987; Salthouse, 1985).
Qarilik davridagi inson bilish qobiliyatidagi muhim o‘zgarish-
lardan biri — bu jismoniy va aqliy operatsiyalar bajarish tezligi-
ning susayishida namoyon boladi. Bu yoshga yetgan insonlarda
reaksiya vaqti ortadi, perseptiv ma’lumotlarni qayta ishlash se-
kinlashadi, kognitiv jarayonlar tezligi susayadi.
Qariyalarda kognitiv qobiliyatlarning susayishi muammosi
xotira funksiyalarining o‘zgarishi doirasida ko‘proq o‘rganilgan.
Informatsion nuqtayi nazardan yondashuvchi xorij psixologlari
sensor, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xotira mavjudligini
ta’kidlaydi. Ularning fikricha, sensor xotira — juda qisqa mud-
datli ko‘rish yoki eshitish xotirasidir, bunda informatsiya qayta
ishlanguncha 250 millisekund vaqt oralig‘ida xotirada saqlab tu-
riladi. 0 ‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bolishicha, qariyalar
yoshlarga qaraganda kamroq ma’lumotni xotirada saqlab qola-
di. Birlamchi xotira xorijlik tadqiqotchilar tomonidan cheklangan
ma’lumotlar hajmini saqlash sifatida tavsiflanadi. Masalan, sotib
olinayotgan tovarning narxini eslab qolishni misol sifatida kelti-
rish mumkin. Bu xotira turini ishchi xotira, yoki operativ xotira
ham deb atash mumkin. Tadqiqotlarda yoshlar keksalarning bir
lamchi xotirasida farqlar aniqlanmagan.
Ikkilamchi xotira uzoq muddatli xotira turi bolib, unda yosh
xususiyatlari yaqqol namoyon boladi. Yodlash va qayta esga
tushirishni o‘rganishga baglshlangan tadqiqotlarda qariyalar be-
rilgan ro‘yxatdagi kam so‘zlarni, rasm detallarining oz qismini
eslab qolishi aniqlandi.
Uchlamchi xotira bu ilgari bolib o‘tgan voqeani eslashdir. Xoti-
raning bu turi keksalarda toliq eslab qolinadi. Keksalar ilgari bolib
,jo‘tgan tarixiy voqealarni batafsil eslab qoladi, agar bu voqeada o‘zi
ishtirok etgan bolsa, yanada yaxshiroq xotirada saqlanadi.
Shu bilan birga keksalik davridagi insonlarda xotira saqlani-
shida individual farqlar kuzatiladi. Masalan, oliy ma’lumotli kek
salar o‘rta ma’lumotli tengdoshlariga nisbatan xotira testlarini
443
yaxshiroq eslab qoladi. Intellektual faoliyat bilan faol shug‘ulla-
nadiganlar bu testlarda yaxshi natija ko‘rsatishadi.
Rus psixologlari tomonidan xotiraning yosh funksiyalari o‘zga-
rishini kuzatilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, yosh o‘tishi bilan
mexanik esda olib qolish yomonlashadi, mantiqiy xotira esa saqlanib
qoladi. Obrazli xotira so‘z-mantiq xotiraga nisbatan kamroq esda
qoladi. Shunday qilib, keksalik davrida xotira asosida mantiqiy bogla-
nish yotadi, mantiqiy xotira tafakkur bilan chambarchas boglangani
uchun keksalarda tafakkur yaxshi rivojlangan deyish mumkin.
Yoshlar xotira jihatdan keksalardan ustun bolsalar-da donolik
jihatidan ustun emas. Donolik — bu inson bilimlarining ekspert
tizimi bolib, hayotning amaliy jihatlariga yo‘naltirilgan, hayotiy
muhim muammolar bo‘yicha foydali maslahatlar berishdir.
Pol B.Bal hamkasblari bilan birga donolikni o‘rganib, uning
bir necha kognitiv xususiyatlarini aniqlagan. Birinchidan dono
lik, insonlarning hayot mazmuniga aloqador muhim va murak-
kab muammolarni yechish bilan bogliqdir. Ikkinchidan, donolik
bilimlar, fikrlar va maslahatlarning yuksak darajasi bilan ajralib
turadi. Uchinchidan' donolik bilan bogliq bilimlar shunchalik
keng va chuqurki, ularni maxsus vaziyatlarda qollash mumkin.
To‘rtinchidan, donolik shunday aqlni o‘z ichiga oladiki, undan
shaxsiy foydaga hamda insoniyat foydasiga foydalanish mumkin.
Beshinchidan, donolikka erishish qiyin, lekin ko‘pchilik insonlar
uni osongina anglaydi.
Dostları ilə paylaş: |