Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Pedagogik psixologiya fanining tamoyillari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

20.3. Pedagogik psixologiya fanining tamoyillari
30-yillarning o‘rtalariga kelib psixologiya fanining asosiy tamo­
yillari: determinizm tamoyili, ong va faoliyatning birligi tamoyi- 
li, psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyili aniq ifodalab berildi.
Determinizm tamoyili psixikaning turmush tarzi bilan belgi- 
lanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini angla- 
tadi. Agar hayvonlar psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u hol­
da bu psixikaning rivojlanishi biologik qonun tarzidagi tabiiy 
tanlash bilan belgilanadi. Agar odamning psixikasi haqida ga­
piriladigan bo‘lsa, u holda kishida ong shakllarining paydo b o li­
shi va rivojlanishi pirovard natijada tirikchilikning moddiy vo­
sitalarini ishlab chiqarish usullarini rivojlanish qonunlari bilan 
belgilanadi. Kishi ongining ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega ekan- 
ligini tushunish kishi ongining ijtimoiy borliqqa bog'liqligi ha- 
qidagi umumiy materialistik tamoyilidan kelib chiqadigan eng 
muhim xulosadir.
461


1. Aniqlovchi eksperiment.
2. Shakllantiruvchi eksperiment.
3. Nazorat eksperimentlari.
(2.1, 2.2-bo‘limlarga qarang).
20.5. Pedagogik jarayon konsepsiyalari va uning psixologik
asoslari
Ta’lim va ta’lim jarayonida bolaning rivojlanishi muammosi 
yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalari- 
dan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazari- 
yalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri:
1. 
Aqliy xatti-harakatlar, bilim, ko‘nikma va malakalarni bos- 
qichma-bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya.Galperin).
P.Ya.Galperin nazariyasi bo'yicha bilimlarni o‘zlashtirish ja­
rayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga:
1. Motivatsiya.
2. Tushuntirish.
3. Moddiy formadagi xatti-harakatlarni bajarish.
4. Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish.
5. Bajariladigan xatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqar- 
may bajarish.
6
. Faoliyatni fikran bajarish kiradi.
Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turi ajratiladi:
— birinchi turda — xatti-harakatlarni o‘zlashtirish xatolar bi­
lan kechadi, berilayotgan material yetarli darajada anglanilmay- 
di, ta’lim oluvchi ta’limning asl mohiyatini tushunib yetmaydi;
— ikkinchi turda — materialni nisbatan dadil va to la tushuni- 
lishi va material bilan bogliq tushunchalarni ajratilishi bilan xa- 
rakterlanadi;
— uchinchi tur — tez, samarador va bexato xatti-harakatlarni 
o‘zlashtirilishini ta’minlab beradi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin