Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

kerakligini ta’kidlaydi.
Iste’dodli shoir va tarjimon, tarixchi Muhammad Rizo Oga- 
hiy asarlarida inson bekamu ko‘st kamolga yetishishi uchun yosh- 
likdan ilm va kasb-hunar egallashi shart ekanligini aytib oladi. 
Uning fikricha, ilm-ma’rifat insonning ma’naviy kamolotida va 
jamiyat taraqqiyotida kuchli vositadir. Ilm inson aqlini boyitadi. 
Ogahiy ilmni ko‘proq xalq 
o ' y m l a r i
orqali yetkazib berish uchun 
harakat qiladi, chunki bu narsa ijobiy o‘quv motivini shakllan- 
tirishga xizmat qiladi. Xalq o‘yinlari, aslida psixologik o‘yinlar 
hisoblanadi. Bu vaqtda bola ham ta’lim oladi, ham shakllanadi.
XX 
asr boshlarida 0 ‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida 
pedagogik fikrlar rivojida yetakchi rol o‘ynagan olimlardan bi­
ri Abdulla Avloniydir. Abdulla Avloniyning flkriga ko‘ra, ilm in­
sonlarning madori, hayoti, rahbari, ne’matidir. Ilm o‘rganmoq, 
olim bolm oq uchun maktabga kirmoq, muallimdan ta’lim ol- 
moq lozimligini u qayta-qayta ta’kidlaydi.
459


Ma’rifatparvar alloma Avloniy inson ma’naviy kamolotining 
yollari ustida to‘xtalib o‘tadi. Ilm dunyoning izzati, oxiratning 
sharofatidir. Ilm inson uchun g‘oyat muqaddas bir fazilatdir. Ze- 
roki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsa- 
tur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, ilmsiz odam 
mevasiz daraxt kabidir, deb ta’kidlab o‘tadi.
U ilmning nazariy ahamiyatini ko‘rsatibgina qolmasdan, 
balki uning amaliy faoliyat uchun hayotiy zaruriyat ekanligini 
ham ta’kidlab o‘tadi. Ilm bizni jaholat qorong‘usidan qutqari- 
shi, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarishi, yomon fe’llardan, 
buzuq ishlardan qaytarishi, yaxshi xulq, odob sohibi qilishini 
ta’kidlaydi. Shu bilan birga, u bugun hayotimiz, salomatligimiz, 
saodatimiz, rohatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga 
bog‘liqligini qayta-qayta takrorlaydi.
Ilm kishi zehnini, fikrini qilich kabi o‘tkir qiladi. Ilmsiz inson 
mevasiz daraxtga o‘xshaydi. Ilm daraxt mevalaridek har shaxs­
ga ozuqa berib, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat dunyosiga olib 
kiradi. Yomon odamlardan, buzuq ishlardan qaytaradi. Yaxshi 
xulqli va odobli bo‘lishga xizmat qiladi. Natijada, ilm kishilari 
har yerda aziz va hurmatli bo‘ladilar. Kishi hayotini haqiqiy va 
to‘g‘ri yo‘lga soladigan vosita — bu ilmdir. Shuning uchun ham 
ilm orqali oliy fazilatlarga ega bo‘lgan, ulug'likka va orzu-istak- 
lariga erishgan buyuk kishilar xalq orasida yuksak qadrlanadilar.
Ilm kasb va fazilatlarning eng afzalidir. Ilm orqali inson yax- 
shi-yomonni tanishi, halol-haromning farqiga borishi, do‘stlik va 
qarindosh-urug‘ning fazilatlarini anglashi, o‘z haq-huquqlarini 
bilishi mumkin.
Kishilarning bilimi, ilmi, amaliy malakalari rivojisiz jami­
yat taraqqiyotini tasavvur etib bo‘lmaydi. Muayyan ma’naviy eh- 
tiyojlarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lmagan kishilarda 
ilm-fanni o‘rganishga, halol mehnat qilib, kasb-hunar egallash- 
ga, malaka oshirishga ishtiyoq ham bolmaydi. Shu sababli jami­
yat taraqqiyotining barcha bosqichlarida avval yoshlarni tarbiya- 
lab, keyin ularga ta’lim berganlar.
460


Haqiqatdan ham, bilimga, ilmga ehtiyoj anglangan motiv­
lar tizimidir. Biror muammoni hal etish imkoniyatlarini inson o‘z 
aql-zakovati, bilimi, kuchi va irodasi bilan aniqlaydi. Bilim maz- 
mun jihatidan kengroq bo‘lib, insonning hayot tajribasi orqali ort- 
tirgan barcha tushunchalar, fikrlar, amaliy malakalarni o‘z ichiga 
oladi. Ilm bilimning cho‘qqisidir. Bilimlar tabiat, jamiyat, inson ru- 
hiyati qonunlarini chuqur o‘rganish natijasidagina ilmga aylanadi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Sharq mutafakkir- 
lari o‘quv motivlarini ehtiyojlar nuqtayi nazaridan tahlil qilishga 
harakat qilganlar. Mazkur ehtiyojlarni hosil qilishga, oshirishga, 
asosan o'qituvchilar tomonidan ta’lim jarayonining psixologik 
xususiyatlarini e’tiborga olish, ya’ni o'qish jarayonida bolalar­
ning fiziologik va psixologik xususiyatlarini inobatga olish, ular- 
ga imkon qadar individual yondashish orqali erishish mumkin- 
ligini e’tirof etishgan. Shu bilan birga, Sharq mutafakkirlarining 
buyuk xazinasi, bolalarga ta’lim, tarbiya berishdagi ilg‘or fikrlari 
hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini yo'qotgani yo‘q.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin