Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Pedagogik psixologiya fanining metodlari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

20.4. Pedagogik psixologiya fanining metodlari
Pedagogik psixologiyada umumiy va yosh psixologiyada foyda- 
lanilgan metodlar qollaniladi. Ular: kuzatish, yozma va og‘zaki 
savolnomalar, eksperiment va boshqalar. Lekin ular bolalarning 
yoshi, psixologik va pedagogik muammolariga bogliq ravishda 
qollaniladi.
Umumiy metodlardan tashqari, pedagogik psixologiyaning 
maxsus metodlari ham mavjud. Masalan, ularga psixologik-peda- 
gogik eksperiment, maxsus psixologik-pedagogik testlar kiradi. 
Psixologik-pedagogik eksperiment bolaga u yoki bu pedagogik 
ta’sirning mahsuldorlik darajasini aniqlash uchun maxsus rivoj­
lantiruvchi maqsadni ko‘zlab o‘tkaziladi. Psixologik-pedagogik 
eksperiment uch bosqichdan iborat:
463


nimaning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan aytib berish uchun esda 
olib qolish zarurligini tushuntirib o‘tishi lozim. Kuzatishlar shuni 
ko‘rsatadiki, o‘qituvchi tomonidan bunday ko‘rsatmalar berilma- 
ganda, o‘quvchilarda ko‘pincha bilish va o‘rganishga nisbatan no- 
to‘g‘ri tasavvurlar vujudga keladi.
0
‘qitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini 
ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsio­
nal jarayon. Agar o‘quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech 
qanday his-tuyg‘u uyg'otmasa, bunday ma’lumotni o‘quvchi- 
lar yaxshilab esda olib qolmaydilar. 0 ‘quvchilarning ijobiy psi­
xik holatlari, ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida 
ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfi- 
yat o‘quv faoliyatini juda samarali qiladi. 0 ‘quvchilar emotsional 
ruhdagi materialni yaxshiroq o'zlashtirib oladilar.
0
‘tkazilgan tajribalar hech qanday his-tuyg‘u uyg'otmaydigan 
materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni o'quvchilar 
yaxshiroq eslab qolishlarini ko‘rsatadi. O'qituvchi o‘quv jarayoni- 
ning emotsional tomoni haqida ham qayg‘urishi kerak. Bu muam- 
mo juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, ta’limning 
mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g'oyat kattalashib 
ketgan. Uning muvaffaqiyatli o'zlashtirilishiga erishish uchun 
o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini kuchaytirish lozim. Ijobiy tuyg‘u- 
lar o‘quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta’sir etadi. Hafsala 
bilan bajarilgan faoliyat yuzasidan beg‘araz munozara paydo bola- 
di, bahslashiladi, befarq qaralgan yoki salbiy munosabatda bolin- 
gan ishga esa, hech qanday hafsala bolmaydi. Jamiyatimizdagi 
mehnat - haqiqiy ijod, quvonch manbayi. 0 ‘qituvchi o'quvchilar- 
ida o‘quv mehnatiga ijobiy munosabatni uyg‘otib, mehnatning ha­
qiqiy ijodga, quvonch manbayiga aylanishiga ko‘maklashishi kerak.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin