«nimaga?», «qanday maqsad bilan?» kabi savollar asosida yuzaga
keladi. Motivlar birinchidan, o‘quv
faoliyatiga undasa, ikkinchi-
dan, maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va usullar tanlashga
yordam beradi. 0 ‘quv faoliyatida o‘quv motivlari o‘quvchilar to
monidan tanlanib, ular o‘quvchining maqsadi,
qiziqishi, kelajak
rejalari bilan bevosita bog‘liq bo'ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda o‘quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha boladi.
0
‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalari mavjud bolib,
ularga quyidagilar kiradi:
1. Ichki manbalar. Ular insonning tug‘ma yoki orttirilgan eh-
tiyojlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tug‘ma
axborot
olishga bolgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ij
timoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi.
2. Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart-sha-
roitlari bilan belgilanadi.
Talablar ularning birinchisi bolib, jamiyatning shaxsdan talab
qiladigan doimiy xulq-atvorini bildiradi. Bog‘cha, maktab, oila
boladan juda ko‘p ishlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Ijtimoiy kutish jamiyatning har birimizdan m alum bilimlar,
ko‘nikmalar darajasining bolishi zarurligini bildiradi. Masalan,
bir yoshli bola yurishi kerak, 7 yoshdan u o‘qishi kerak, 15 yosh-
dan u kasb tanlashi kerak, deb hisoblaymiz. Imkoniyatlar — shaxs
faoliyatini belgilovchi obyektiv shart-sharoitlardir. Masalan, boy
kutubxona bolani ko‘p kitob o‘qishga undaydi.
3. Shaxsiy manbalar: bu shaxsning qadriyatlari tizimi ustanov-
kalari, g'oyalaridir. Bu manbalar har bir
shaxs faoliyatida u yoki
bu darajada mavjud. Ularning barchasi faoliyatning kechishi-
ga ta’sir etib ta’lim jarayonining motivatsiyasini tashkil etadi.
V.A.Krutetskiy o'spirinlarda uchraydigan motivlarning quyi-
dagilarini alohida ifodalaydi:
a) biror o‘quv faniga qiziqish;
b) Yatanga foyda keltirish istagi;
d) shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilish;
e) oilaviy an’analarga rioya qilish;
478
f) do‘st-birodarlarga ergashish;
g) moddiy ta’minlash va hokazolar.
Respublikamizda
professor
M.G.Davletshin
rahbarligi-
da o‘tkazilgan F.I.Haydarovning tadqiqotlarida
qishloq makta-
bi o‘quvchilarining o‘qish motivlari, N.S.Jo‘rayevning tadqiqot
larida kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda o‘qish motivlarini
shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganildi. Ushbu tad-
qiqotlarda kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning o‘quv mo
tivlarini psixologik o‘yinlar yordamida
shakllantirishga mahalliy
sharoitda ilk bor kompleks yondashildi. 0 ‘quv jarayonida foyda-
lanilgan psixologik o‘yinlar o‘quvchilarning o‘qishga ijodiy yon-
dashuviga, psixik taraqqiyotiga va psixik jarayonlariga ta’sir etishi
mumkinligi ko'rsatib berildi. Shu bilan birga baho olishga yo‘nal-
ganlik motivlari tashqi motivlar sirasiga kirsa-da, ichki motivlarni
muayyan darajada rivoj topishiga ko‘mak berishi ko‘rsatib berildi.
Dostları ilə paylaş: