Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Rivojlantiruvchi ta’limning psixologik asoslari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

21.3. Rivojlantiruvchi ta’limning psixologik asoslari
Ta’lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqarila- 
digan faoliyat bo‘lib, u o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini tash­
kil etadi va ularni boshqaradi. Ta’lim jarayoni besh elementdan 
iborat:
1. Ta’limning maqsadi — nima uchun o‘qitish kerak?
2. Ta’limning mazmuni - nimaga o‘qitish kerak?
3. Ta’limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yollari.
4. Ta’lim beruvchi.
5. 0 ‘quvchi.
Ta’lim jarayonini tashkil etish ideal va amaliy faoliyatning u 
yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan 
tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborot- 
ning o‘zlashtirilishi;
— faoliyatning barcha turlari tarkib topgan usullar va jarayon- 
larning o'zlashtirilishiga;
- maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni to‘g‘ri 
tanlash va foydalanishga bog‘liq.
479


Ta’lim jarayoni muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘quv faoliyati 
quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1. Motivatsiya, ya’ni o‘qituvchi yaxshiroq o'qitishga, o‘quvchi 
esa yaxshiroq o‘qishga harakat qilishi.
2. Ta’limning rivojlangan va egiluvchan tuzilishga egaligi.
3. Ta’limning turli shakllarda amalga oshirilishi. 0 ‘qituvchi- 
ga o‘z ijodiy pedagogik imkoniyatlarini to‘liq amalga oshiri- 
shi, o‘quvchilarga bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish 
uchun o‘z individual xususiyatlari va imkoniyatlaridan foydala- 
nish uchun faoliyatni turli shakllarda amalga oshirilishi.
Та ’limning zamonaviy texnik vositalar yordamida bajarilishi
Yuqorida keltirilgan ta’lim va o‘qishga qo‘yilgan talablarni 
o‘quv faoliyatining o‘zaro bog‘liq ikki jihati bo‘yicha alohida 
ko‘rib chiqamiz.
Ta’lim motivatsiyasi o‘quvchilarning o‘quv materialini yaxshi­
roq o'zlashtirishiga shaxsiy qiziqishini anglatadi. 0 ‘qituvchining 
faqat moddiy qiziqishlarini qondirish, yoki ishsiz qolmaslik, qis- 
qarishga tushmaslik uchungina ta’lim berishi, muvaffaqiyatsiz- 
likdan qochish motivatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda peda­
gogik faoliyatda yaxshi natijalarga erishish mumkin emas. Ta’lim 
mahsuldorligini oshirishdagi dastlabki vazifa uni chuqur va ko‘p 
motivatsiyali jarayonga aylantirishdir. 0 ‘qituvchi o'quvchilarni 
o‘qitish jarayonida o‘z hayotining asosiy mazmuni va maqsadini 
ko‘ra boshlaganida ta’lim samarali bo‘ladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin