Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

sohasida ijod
qilib, shu fan taraqqiyotiga salmoqli 
hissa qo‘shgan mutafakkirlarimiz talaygina.
Abu Nasr Forobiy bolalarni axloqli, nazokatli qilib tarbiyalash- 
da musiqa bilimining ahamiyati haqida bunday deydi: «Bu fan 
shu ma’noda foydaliki, kimning fe’l-atvori muvozanatni yo‘qot- 
gan bolsa, u tartibga keltiradi, kamol topmaganlarni kamolga
500


yetkazadi va muvozanatli bolganlarni muvozanatini uzoq mud- 
datga saqlaydi. Musiqa ruhni davolaydi, uning so‘zlarining ta’siri 
bilan ruhiy quvvatlar o‘z substansiyasiga uyg‘unlashadi va tartib- 
ga, muvozanatga keladi».
Forobiy o‘zining «Iso-al-ulum» kitobining oxirgi bolimida: 
«Inson aqli faqat bilim bilan cheklanmaydi, balki odat va qa- 
rashlarni o'zining maqsadlariga bo‘ysundira olishi va yo‘naltiri- 
shi, o‘zgartirishi ham mumkin», - deb yozadi. Uning fikricha, 
har bir kishi bilimlarni yaxshi egallamog‘i, yaxshi va barkamol 
tarbiya olmog‘i, eng yaxshi fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak. Foro­
biy fikricha, kishidagi tub g‘oya - saodatdir. Tarbiya vositasi bi­
lan bolalarda hosil qilinadigan barcha insoniy, axloqiy fazilatlar 
shunga qaratilmog‘i kerak.
Insonning tabiatini o‘zgartiradigan, uning shaxsini tarkib to- 
pishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacha qilib 
aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqa- 
rish munosabatlarining o‘sishi va o‘zgarishidir. Bundan tashqa­
ri inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi yana bir kuch- 
li omil — inson orttirgan tajribalarining tarbiya vositasi orqali 
bolalarga berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab 
psixologik kategoriya bolib, u kishining individual hayoti davo­
mida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib

topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta omil­
lar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi, odam tugllib o‘sa- 

digan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bolsa, ikkinchisi, odam- 

ga uzoq muddat davomida tizimli ravishda beriladigan ijtimoiy 

ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy 
yo‘1 bilan beriladigan irsiy omillarning ta’siridir.
Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib 
topishida tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal etuvchi 
ahamiyatga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqo- 
rida aytib o‘tganimizdek, faqat shu ikkita omilga emas, balki 

uchinchi bir omilga ham bogliqdir. Bu omil nasliy yo‘1 bilan 
ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Masalan:
501


tanasining tuzilishi, sochi va ko‘zlarining rangi, ovozi, gapirish 
uslublari, ayrim harakatlari tug‘ma ravishda berilishi mumkin. 
Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga 
hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari 
bilan bogliq bolgan sifatlari nasliy yo‘1 bilan berilmaydi. Niho- 
yat, ayrim hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matema- 
tika qobiliyatlari nasliy yo‘1 bilan berilishi mumkin. Bunday im- 
koniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni ro‘yobga chiqishi uchun 
albatta, ma’lum sharoit bolishi kerak.
Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan iste’dodli 
olimlar, muhandis-ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va ja- 
moat arboblari, iste’dodli artistlar, rassomlar va boshqa kishilari- 
mizga nasliy yo‘1 bilan berilgan barcha imkoniyatlarning ro‘yobga 
chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga kelganligining da- 
lili bola oladi.
Shaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va xatti-hara- 
katlari shaxsning hayoti faoliyatida ma’lum rolni bajaruvchi va har
502


biri murakkab qurilmadan iborat bolgan hamda shartli ravishda 
to‘rtta o‘zaro mustahkam boglangan funksional bosqichlarga bir- 
lashtiriladi:
Shaxsning ana shu ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan barcha si- 
fatlari ijtimoiy taraqqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi 
shaxsning xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilaydi.
Birinchi tizimning hosil bolishida analizatorlar o‘rtasidagi 
doimiy tabiiy aloqani aks ettiruvchi fllogenetik mexanizmlar kat­
ta rol o‘ynaydi. Biroq, bu ilgari yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, 
ontogenez jarayonida filogenetik analizatorlar o‘rtasidagi aloqa 
vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan qo'shilib keladilar. Bunda 
mazkur tizimning ichida perseptiv tizimga o lib ketadigan yuksak 
darajada integratsiyalangan ma’lum ichki sensor komplekslarni 
hosil qiladi. Bunday komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko‘rish 
hamda sensomotor komplekslarni kiritish mumkin. Mana shu 
komplekslarning hammasi odamning hayot-faoliyati jarayoni­
da o‘zaro bir-biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sensor-perseptiv 
uyushishning yagona funksional dinamik tizimini yaratadi. In­
sonning sensor-perseptiv jihatlari doimo takomillashib boradi.
Ikkinchi tizim barqaror psixik holatlarni o‘z ichiga oladi. Bu 
holatlar bolaning aniq maqsadni ko‘zlovchi va foydali faoliyati­
ning ongli subyekti sifatida boshlagan harakatlarining dastlabki 
yillaridayoq shakllana boshlaydi. Temperament, intellekt, bilim 
va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.
Uchinchi tizim — shaxsni arbob sifatida stabilizatsiya tizimidir. 
Yo‘naltirilganlik, qobiliyat, mustaqillik va xarakter uning tarkibiy 
qismini tashkil etadi.
Yo‘naltirilganlik — shaxsning integral va generalizatsiya qilin- 
gan xususiyatidir.
Yo‘naltirilganlik bilim, munosabatlarning hamda shaxsning 
xulq-atvori va xatti-harakatlarida ijtimoiy ahamiyat yetakchilik 
qilgan motivlarning bir butun ekanligida o‘z ifodasini topadi. Bu 
xususiyat odamning dunyoqarashi, qiziqishlari va ma’naviy ehti- 
yojlarida namoyon boladi.
503


Yo‘naltirilganlik strukturasida g‘oyaviy e’tiqod katta rol o‘ynay- 
di. G ‘oyaviy e’tiqod — bu bilimning, o‘sha shaxsga xos bo‘lgan 
intellektual, emotsional va iroda sifatlarining sintezi, g‘oyalar va 
xatti-harakatlar bir butunligining negizidir.
To‘rtinchi tizim o‘z ichiga shunday xususiyatlar, munosabat­
lar va xatti-harakatlarni oladi-ki, ularda real shaxslarning ijtimoiy 
«o‘y fikrlari va his-tuyg‘ulari» aks ettiriladi. Ular bu shaxslarning 
siyosiy jihatdan ongli, ijtimoiy taraqqiyotning mas’ul arboblari si­
fatida xulq-atvorini belgilab beradi. Bunga gumanizm, optimizm 
va mehnatsevarlik fazilatlari kiradi.
Shaxs shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyat­
ning roli juda kattadir. Masalan, biron mahallada inson shaxsi- 
ning tarkib topishiga faol ta’sir ko‘rsatuvchi yuzta o‘ziga xos ij­
timoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Bu yerda shunday bir 
savol tug'iladi: «Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga 
qanday ta’sir qiladi?»
Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning on­
giga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va 
mustahkamroq bolishiga odamning o‘zi yordam beradi. Ma’lum- 
ki, bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra, ilk bolalik chog‘laridan boshlab, 
nihoyat darajada taqlidchan bo‘ladilar. Bolalar katta odamlarning 
barcha xatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xat­
ti-harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o‘zlariga singdirib bo- 
radilar. Bolalar oilada, ko‘cha-ko‘yda, katta odamlarning har bir 
harakatlarini, o‘zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.
Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning 
roli haqida gap borar ekan, shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, ay­
rim g‘ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi 
muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to‘la tas- 
diqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi 
hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. 
Hayotda bunday hodisalar juda siyrak bo‘lsa ham har holda uch- 
rab turadi. Masalan, hindistonlik doktor Sing Kalkutta yaqinida-
504


gi o'rmonzorda bo‘ri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining 
ham to‘rt oyoqlab yugurib yurganini ko‘rib qoladi. Keyin ularni 
poylab, qarorgohlarini topib, bolalarni olib ketadi. Ulardan bi- 
riga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom qo‘yadi. Shu narsa 
xarakterliki, bolalar yoshlikdan bo'rilar muhitiga tushib qolgan- 
liklari tufayli, fe’l-atvorlari, xatti-harakatlari jihatidan bo‘rilardan 
farq qilmas edilar. Nutq yo‘q, demak tafakkur ham nihoyat dara- 
jada cheklangan edi. Juda katta qiyinchiliklar bilan qayta tarbi- 
yalanayotgan bo‘ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida o‘lib 
qoladilar. Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun 
eng avval insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo‘lishi kerakligini 
to‘la tasdiqlaydi. Shaxs va uning psixologiyasiga ta’sir etuvchi ik­
kinchi omil ta’lim-tarbiyaning ta’siridir. Ma’lumki, ta’lim-tar- 
biya inson ongini shakllantiradi, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, 
hayotga bolgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning 
ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi 
faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan, ta’lim-tarbiyaning o‘zigagina 
bog‘liq bo‘lganda edi, unday paytda biz bir xilda sun’iy va ay- 
nan bir xil ta’lim-tarbiya sistemasini tashkil qilib, har tomondan 
bab-baravar taraqqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyat- 
larga ega shaxslarni yetishtirib chiqarar edik. Vaholanki, bunday 
bo‘lishi mumkin emas. Shuni aytib o‘tish kerakki, bola shaxsi­
ning tarkib topishiga ta’lim-tarbiyaning ta’siri deganda, albatta, 
birinchi navbatda tarbiya muassasalarida, ya’ni bog‘cha, maktab, 
internat, litsey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya tushuni- 
ladi. Biroq, bundan oilada bolaga beriladigan ta’lim-tarbiya mut- 
laqo mustasno emas. Oiladagi umumiy ijtimoiy muhitdan tash­
qari, oilada beriladigan ta’lim-tarbiyaning ham roli kattadir. Bola 
tarbiyasi bilan sistemali shug‘ullanadigan va umuman shug‘ullan- 
maydigan oilalarga misollar keltirish mumkin.
Odamning ruhiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining 
tarkib topishi haqida gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa 
ustida to‘xtab o‘tish kerak. Hozirgi kunda tez-tez akseleratsiya 
terminini ishlatayapmiz. Xo‘sh akseleratsiya bu nima? Akselerat-
505


siya «tezlatish» degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bolalarni 
ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan juda jadallik bilan rivojlana- 
yotganliklarining guvohi bo‘lib turibmiz. Xo‘sh, buning sababi 
nima bolishi mumkin? Albatta, bunga turli fikrlar bor. Ayrim 
olimlar akseleratsiyaning sababini ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan 
boglab tushuntirishga intilmoqdalar. Ularning fikricha, ilmiy- 
texnikaning juda jadal temp bilan rivojlanishi insoniyatning ol- 
diga mislsiz ko‘p axborotlarni idrok qilish va fikrda qayta ishlash 
talablarini qo‘yadi. Bu talab o‘z navbatida insonni har tomonla- 
ma, ya’ni ham jismoniy, ham psixik jihatdan tez rivojlanishiga 
olib keldi. Yuqorida aytib o‘tilgan olimlarning fikricha, aksele- 
ratsiya - bu XX asrning ikkinchi yarmiga xos bolgan hodisadir.
Tarbiyali bolish - bu xulq-atvorini nazorat qilishdan iborat- 
dir. Bunday nazorat insonga yomon xatti-harakatlarni bajarmas- 
lik imkoniyatini beradi. Agar shaxs xulq-atvorini axloqiyligi ha­
qida qayg‘ursa, u ijtimoiylashuvga erishgan boladi.
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvni o‘rganish jarayoni sifati­
da qaraladigan yosh psixologiyasida olingan natijalarga asosla­
nadi, Bola o‘zini egotsentrik emas, balki tarbiyali tutishi uchun 
tarbiyalanganlik qanday rag‘batlantirilishi kerak? Tarbiya o‘z 
mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qi- 
lishidir. Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bolsa, tarbi­
ya uning ongsizlik sohasiga ta’sir etishdir. Bolalarga ularni tarbi- 
yalaydiganlarga hissiy yaqinlik xos. Odatda 
6
oylik bolalar unga 
g‘amxo‘rlik qiladigan ota-onasiga boglanib qoladilar. Ota-ona- 
ning oldida, ular bilan muloqotda bolish bolalarga juda yoqa- 
di, ularning yo‘qligi bolaga yoqmaydi. Ota-onaning g‘amxo‘rli- 
gini bildiradigan so‘zlar, xatti-harakatlar bola uchun juda katta 
ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga 
ega boladi. Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu 
o‘rganish jarayoni orqali sodir bolishi mumkin: xulq-atvorning 
istalgan shakllari g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan taqdirlanadi, ku- 
tilmagan shakllari esa qollab-quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi 
xulq-atvorni rag‘batlantirish va yomon xulq-atvor uchun jazolash
506


axloqiy ijtimoiylashuvning kichik bir qismidir. Biz ko'rib chiqqan 
xulq-atvor hamma bolalarga ham taalluqli emas.
Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an’ana va 
urf-odatlarning roli katta. Xalq urf-odatlari, an’analari va maro- 
simlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir-bi- 
riga yaqinlashtiradi, do‘stlik-birodarlik his-tuyg‘ularini rivojlanti- 
radi. Bular o‘z navbatida yoshlar uchun ibrat namunasini o‘taydi.
Tarbiya jarayonida g‘amxo‘rlikning funksiyasi kattadir. Bolalar 
befarq ota-onalarga nisbatan g‘amxo‘r ota-onaga ko‘proq taqlid 
qiladilar. G ‘amxo‘r ota-onalar bolaning salbiy xulq-atvorini 
qo‘llab-quvvatlamaganda, bola o‘z xatti-harakatlarining oqibati- 
ni ertaroq anglaydi.
Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g‘amxo‘rlik bilan bir qa- 
torda yaxshi ko'rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. 
Bu bola bilan doimiy muloqotni, tushuntirishni, muhokama qi- 
lishni, agar bolaning xulq-atvori shuni talab qilsa, og‘zaki tanbeh 
berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi.
Bola shaxsi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini uning 
ilk davrlardagi rivojlanishini aniqlamasdan turib tushunish qiyin. 
Axloqiy rivojlanish ilk bor shaxsning umumiy xususiyatlari va 
xislatlari shaklida shakllanishi haqidagi g'oyalar ilk bor X.Xart- 
shorn va M.Meylar tomonidan ilgari surilgan bolib, ularning 
fikricha, axloqiy xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi va faoliyat- 
ga undovchi fenomenlar aniqlanmaguncha axloqiy rivojlanishni 
o‘rganib bolmaydi. X.Xartshorn va M.Meylar olib borgan tad- 
qiqotlarning asosiy maqsadi axloq normalariga rioya qilishda bo­
la shaxsining umumlashgan xislatlarini shakllantirish muhim rol 
o‘ynaydimi yoki xususiy axloqiy odatlar ahamiyatliroqmi, degan 
savolga javob topish bolib, tadqiqotlardan shu narsa aniqlanadi- 
ki, axloqiy normalarni bola ongiga singdirilishida xususiy odat- 
larni yuzaga keltirish va o‘ziga xos ta’lim nazariyasiga asoslanish 
ustunligi yaqqol namoyon boladi.
0
‘quvchilar tomonidan ba’zi bir axloqiy tushunchalar va tasav- 
vurlarning o‘zlashtirilishi va ularning bola shaxsiga bolgan ta’si-
507


rini psixologik nuqtayi nazardan o‘rgangan V.A.Krutetskiy o‘z 
tadqiqotida 10 ta asosiy tushunchani tanlab oladi. Bular: qat’iylik, 
sezgirlik, faxrlanish, haqgo‘ylik, mardlik, bir so‘zlilik, kam- 
suqumlik, qo‘rqmaslik, faxrlanish, burch kabilardir. Olim o‘tkaz- 
gan tadqiqotidan shunday xulosaga keladiki, o‘quvchilar ushbu 
tushunchalarni mukammal tushunishlari va hayotga tatbiq etish- 
lari uchun:
o‘quvchilar faolligini oshirish;

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin