XXII BOB. TARBIYA PSIXOLOGIYASI
Reja:
1. Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik jihatlari.
2. Turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari.
3. Shaxs shakllanishiga oilaning ta’siri.
4. Shaxs tarbiyasida madaniyat.
Mavzuning o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
Talabalarga tarbiya tushunchasining mohiyatini,
uning shaxs kamolotidagi o‘rnini, tarbiyaviy texnologiyalarning
psixologik jihatlari, turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari,
shaxs shakllanishiga oilaning, madaniyatning ta’sirini
tushun-
tirish, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi va unga ta’sir
etuvchi omillar to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirishdan iborat.
Tarbiyaviy:
Milliy an’analar, urf-odatlarimizning tiklanishi,
milliy, umumbashariy va umumma’naviy qadriyatlarga asoslan-
gan axloq normalarini yaratish va ularni bolalarimiz, yoshlarimiz
ongiga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilim-
don inson qilib tarbiyalash asos bo‘la olishini uqtirish,
talabalar-
da o'qituvchi va tarbiyachiga xos kasbiy va shaxsiy sifatlarni tar
biyalash.
Rivojlantiruvchi:
Talabalarda tarbiya usullarini egallash va un-
dan oqilona foydalana olish malakalarini shakllantirish.
Tayanch tushunchalar:
shaxs, guruh, axloq, tarbiya, xulq-atvor
motivlari, shaxsning yo‘nalganligi, e’tiqod, shaxsiy namuna, o‘z-
o‘zini tarbiyalash.
22.1. Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik jihatlari
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ham davr talabi-
ga munosib bolgan yosh avlodni tarbiyalash muammosi hamisha
dolzarb ahamiyatga molik bolib kelgan.
Tarbiya tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror ax-
loqiy xislat va xulqiy
fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish
maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yolida tarbi
yaviy ta’sir etish jarayonidir.
496
Tarbiya — bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish
faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga
muntazam ravishda ta’sir ko'rsatish jarayonidir.
Tarbiya — bolaning ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini
topishni
o‘rganishi hamda insonning hayotiy ko‘nikma va malakalarga
ega bo‘lishidir. Ta’lim jarayonining markazida shaxsning bilish
va anglash jarayoni,
uning qobiliyati, ilm o‘rganishi yotsa, un-
dan farqli o‘laroq tarbiya insonni shaxs sifatida shakllanishiga,
uning dunyoqarashi va jamiyatga munosabatiga qaratiladi. Tar
biya — bu alohida jarayon emas, balki o'qitishning bir tomo-
ni bolib, u bilan umumiy va farqli tomonlarga egadir.
Bilim
berish va tarbiyaga, asosan, insonning ijtimoiy ko‘nikma olish
mexanizmining o‘ziga xos jihatlarini kiritish mumkin. Tarbi
ya jarayonida shaxsning sifat va xossasi,
ijtimoiy xulq-atvori va
shakllari nazarda tutilsa, o‘qitishda bilim, ko‘nikma va malaka
lar inobatga olinadi.
Tarbiya jarayonining ilmiy asoslari bilan, psixologiyadan
tashqari falsafa, sotsiologiya va pedagogika fanlari shug‘ullana-
di. Holbuki, psixologiya fanisiz tarbiyaning
asosiy muammolari
hal qilinib bo‘lmagan
Dostları ilə paylaş: