Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


holda to‘g‘ri  qo ‘yilishi ham m um kin emas



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

holda
to‘g‘ri 
qo ‘yilishi ham m um kin emas,
chunki ularni anglash negizida shaxs psixologiyasi, insoniy mu- 
nosabatlar, har xil ijtimoiy jamoalar psixologiyasini bilish yotadi. 
Barcha uchun umumiy bolgan yoki o‘quvchilarga individual tav-
497


siyalar berishda umumiy psixologiya va yosh davrlar psixologiya- 
siga tayaniladi.
Tarbiya uning maqsadlarini aniqlashdan boshlanadi.
Tarbiyaning bosh vazifasi 
- jamiyat hayotida zarur bolgan kerakli 
sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan shaxsni shakllantirish va rivojlan- 
tirishdan iborat.
Tarbiya jarayonida doimiy va o‘zgarmas maqsad qo'yilmay- 
di, chunki o‘zgarmas maqsad har qanday jamiyatga ham mos 
bolavermaydi. Jamiyat tuzilishi va ijtimoiy munosabatlar o‘zga- 
rishi bilan tarbiya maqsadi o‘zgaradi.
Tarbiya turli xil davrlarda va turli xil jamiyatlarda o‘zgar- 
mas jarayon bolib qolmaydi. Tarbiyaning maqsadlari, mazmu- 
ni, shakl va metodlari har bir tarixiy davrda o‘ziga xos xususi- 
yatlarga ega boladi. Inson shaxsini shakllantirish bo‘yicha har 
bir ijtimoiy tuzum yo£nalishiga mos ravishda talablar qo'yiladi. 
Tarbiyaning barcha tarixiy davrlar uchun xos bolgan ba’zi bir 
umumiy belgilari ham mavjud. Pedagogik g‘oyalar va tarbiyaviy 
ishni rivojlantirishda muayyan darajadagi aloqa va ma’lum bir 
davomiylik mavjud. Jumladan, asrlar davomida dars maktabda 
o‘quv mashg'ulotlarini tashkil etishning asosiy shakli bolib kel- 
di va shunday bolib qolmoqda. Qator o‘quv predmetlari mazmu- 
ni ma’lum darajada saqlanib qolayapti. Ayni chog‘da tarbiyada 
va ta’lim berishda g‘oyaviy tomondan betaraf qoladigan jihatlar 
borligini ham unutmaslik lozim. Tarbiya va ta’limning tashkiliy 
shakllarini aniq toldirish, maktab ishining u yoki bu masala- 
larini izohlashda turli davrlarda turlicha yondashuvlar mavjud 
bolgan.
Tarbiya jarayonining texnologiyasini quyidagicha sharhlash 
mumkin:
Agar jamiyat o‘z taraqqiyot davrida ma’lum bir rivojlanishga, 
madaniyatga va ma’naviyatga erishgan bolsa va uni saqlab qo- 
lishni hamda yuksaltirishni istasa, uning tarixida turli xil o‘zga-
498


rishlar ro‘y berishidan qat’i nazar, u o‘tmishdan beri saqlanib 
kelayotgan eng yaxshi an’ana va qadriyatlarini qabul qilishi, da- 
vom ettirishi lozim boladi. Umuminsoniy qadriyatlar va madaniy 
boyliklar tarixiy va hududiy chegara bilmaydigan boyliklar qatori- 
ga kiradi. Birinchi navbatda xuddi o‘shalar ijtimoiy tarixning bar­
cha bosqichlarida tarbiya maqsadlarini ifodalaydi. Bu maqsadlar 
yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va tartiblilik, insoniylik va ta- 
biatga bo‘lgan muhabbat tushunchalari bilan bog‘liqdir. Bu yana 
ruhiyat, erkinlik, shaxsning o‘zi va atrofida ro‘y berayotgan vo- 
qealarga javobgarlikni his qilishi, kamtarlik, insoniylik ko‘rinish- 
larida namoyon boladi.
1. Tarbiyalanuvchini alohida takrorlanmas, individual- 
lik sifatida tushunmoq lozim. Uning ehtiyojlari tuzi- 
lishini aniqlash kerak.
2. Ijobiy emotsiyalar vositasida ijobiy xulq-atvor odat- 
larini shakllantirmoq kerak. Ong ham, iroda ham 
motivlar ierarxiyasini shakllantira olmaydi. Zotan, bir 
ehtiyojning o‘rnini faqat boshqa ehtiyojgina egallashi 
mumkin.
3. Shu ehtiyojlarni qondirish vositalari bilan bolani 
qurollantirish tarbiya va tarbiyachidan muloqotni ham, 
hamdardlikni ham emas, aynan shu vositalar bilan 
qurollantirishni kutadi.
Ruhiyat yuqori axloqiy tafakkurning bir daqiqalik mayl va eh- 
tiyojlardan yuqori qo‘yilishini bildiradi. 0 ‘sib kelayotgan va rivoj- 
lanayotgan shaxsda bu doimiy ravishda axloqiy barkamollikka in- 
tilishda namoyon boladi. Erkinlik bu insonning ichki va tashqi 
ozodlikka intilishidir, bunda boshqa shaxsning ijtimoiy kelib chi- 
qishi, millati, diniy va siyosiy qarashlari, sinfiy munosabatlari va
499


boshqa xususiyatlaridan qat’i nazar, uning huquqlari albatta to‘la- 
to‘kis tan olinishi lozimdir.
Majburiyat yoki javobgarlikni his qilish — erkinlikning qara- 
ma-qarshi jihati bo'lib, bu shaxsning manfaatlariga xizmat qila­
di. Majburiyatsiz erkinlik — bu o‘zboshimchalik, pala-partishlik 
hisoblanadi. Erkinliksiz majburiyat esa — bu qullikdir. Unisi yoki 
bunisi o‘zaro bir-birini to‘ldirganda yoki bog‘langanda mustaqil- 
lik mavjud bolishi mumkin. Majburiyatni yana boshqacha tal- 
qin qilinsa, insonning o‘z ixtiyori bilan jamiyat hayoti va boshqa 
insonlar taqdiri uchun javobgarlikni o‘z ustiga olishi tushunila- 
di. Hozirgi zamon tarbiyasining umumiy maqsadi bolani yuk­
sak axloqli, ruhiy jihatdan boy, qalban ozod, erkin, burch va 
majburiyatni his qila oladigan shaxs sifatida shakllantira olish- 
dir. Tarbiyaning umumiy maqsadi bilan bir qatorda maxsus ij­
timoiy maqsadlari ham kelib chiqishi mumkin. Ular tarixning 
ma’lum davrida o‘zgaruvchan talablar bilan jamiyat taraqqiyo- 
tining dolzarb muammolarini bayon etishi va rivojlanishiga hissa 
qo'shishi lozim. Ma’lum vaqtdan so‘ng jamiyat taraqqiyoti o‘zi- 
ning ma’lum bir bosqichidan o‘tgandan keyin rivojlanish yana da- 
vom etadi va talablar ham o‘zgaradi. Tarbiyaning maqsad va va- 
zifalaridan biri bu jamiyat taraqqiyotining zamonaviy rivojlanish 
bosqichlariga javob bera oladigan maxsus tashabbuskor o‘quvchi- 
larni yetishtirish, shaxsni o‘z-o‘zini hurmat qiladigan va intiluv- 
chan qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Yuksak tafakkur namoyandalarining, xususan faylasuflar- 
ning risolalarida hamda badiiy adabiyotning yirik vakillari asar- 
larida ijtimoiy-siyosiy va axloqiy ta’limotlarga, ayniqsa, keng 
o‘rin berilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘tmishda ax- 
loqshunoslik 

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin