Demensiya — keksalik boshlanishi bilan bog‘liq shaxs o‘zga-
rishlari, amneziya, bilish nuqsonlarini o‘z
ichiga olgan buzilish-
larning bir butun kompleksidir. Senil demensiya — inson tafak-
kurining adekvatligida namoyon boladigan miyaning organik
kasalligidir. Amerikalik olimlar
tadqiqotlarida aniqlanishicha,
qariyalar uyida yashovchi 75—84 yoshli keksalarning 20% demen
siya kasalligining bir turi hisoblangan Alsgeymer kasalligiga cha-
linishgan. 85 yoshdan keyin qariyalar uyida yashovchi keksalar
ning 47% ida senil demensiya kuzatilgan (Evans et al., 1989). 0 ‘z
oilalarida va faol hayot tarzini olib borayotgan keksalarda demen
siya kamroq kuzatilgan.
Alsgeymer kasalligi.
Ushbu kasallikda keksalarda bosh mi
ya po‘stlog‘i hujayralarining buzilishi kuzatiladi. Kasallikning
dastlabki belgilari mayda-chuydalarni esdan chiqarib qo‘yishda
namoyon boladi. Keyinchalik qayerda bolganligini,
kundalik
ishlarni ham esdan chiqarib qo‘yadi, o‘ziga ovqat ham tayyorlay
olmaydi, yaqin kishilarini ham tanimaydi. Demensiyaning bosh
qa bevosita sababi mikroinsultdir. Mikroinsult — miya qon bilan
ta’minlanishining o‘tkir buzilishidir.
Keksalarda intellektual funksiyalarning buzilishi barchada bir
xil emas. Ayrim olimlar 70 yoshdan keyin ham ishchanlik qobili-
yatlarini saqlab qolgan: P.La-mark, M.Eyler, K.Laplas, Im.Kant,
I.P.Pavlov «Yigirma yillik tajriba» asarini 73 yoshda yaratgan.
E.G‘oziyevning shogirdi A.B.Sabirova
ontogenezning kech-
ki bosqichlarida insondagi subyektlilik va emotsional sohaning
o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan bolib, bu davrda o‘z-o‘zi-
ning emotsional holatini quyi baholash shaxsiy xavotirlanishning
oshishiga
sabab bolishini, shuningdek, o‘z-o‘zining emotsiyalari
quyi baholanganda esa vaziyat bilan
bogliq xavotirlanish dara-
jasi ortishini ta’kidlab
0
‘tadi1. Bu qonuniyat emotsional nazorat
Dostları ilə paylaş: