Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqi-
da shunday deydi: «Shirin so‘z ko'ngillar uchun bamisoli asaldir».
Shuning uchun ham pedagog har on nutq madaniyatiga kuch-
li e’tibor berishi, o‘zining psixologik, estetik, jismoniy, axlo-
qiy jihatlarini namuna holatda namoyon etishi muhim. Yuksak
tuyg'u madaniyatiga ega bo‘lgan pedagog talabalarning kayfiyati,
noxushligini darrov fahmlaydi.
Qo‘pol, odobsiz gaplarga o‘rin qoldirmaslik, talaba shaxsiga te-
gadigan qo‘pol muomala qilish pedagogning faoliyatiga putur yet-
kazadi. Talaba ahvolini tushunish, unga hamdard bo‘lish, madad
berish kerak. Pedagog o‘zining pedagogik faoliyatida awalo to‘g‘ri
so‘z bo'lishi, ishlarini adolat bilan olib borishi kerak. Bu xislat tar-
biyachi bilan talaba o'rtasida yaqinlikni oshiradi, chunki adolat in-
sonlar xulqini baholovchi muhim mezondir. Zamonaviy pedagogga
birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi. Shuningdek,
maxsus bilimlar va malakalar asosida talabalami kuzatish, ularning
o'sishidagi muhim jihatlarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijti
moiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlanti-
rish yollari va usullarini aniqlash, turli vositalar bilan tarbiyaviy
ta’sir ko‘rsatish, tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni il-
miy jihatdan bir tizimga solish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bun-
da pedagog talabchan, yaxshi, mehribon, sabrli, bosiq va o‘z kasbiga
nisbatan e’tiqodli bo‘lishi lozim. Talabani butun qalbi bilan sevadi-
gan pedagog ko‘proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi. Tala-
balaiga bilim berish bilan birgalikda ayni vaqtda ularga o‘z xarak-
terini o'tkaza oladi, ularga odamiylik namunasi bo‘lib ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: