10.6. Psixik rivojlanish taraqqiyotini o‘rganishdagi
ikkita paradigmalar
Zamonaviy psixolog L.F.Obuxova, L.S.Vigotskiyning
rivojla-
nishga biologizatorlik, naturalistik va madaniy-tarixiy yondashuv-
larning prinsipial asosiy farqlari haqidagi talqiniga tayanib,
bolalar rivojlanishi tadqiqotida ikkita asosiy paradigmaning mav-
judligi va ajratilishini uqtirgan: tabiiy-ilmiy hamda madaniy-ta
rixiy. T.Kundan so‘ng u paradigma tushunchasini ma’lum bir
vaqt davomida to‘plangan yutuqlarni ilmiy birlashmaga muam-
molarni va ularning yechimini ko‘rsatish modeli barcha tomo
nidan
tan olingan, ilmiy yutuq sifatida talqin qilgan. L.F.Obu
xova ta’kidlashicha, paradigma tushunchasi psixologlar diqqatini
psixologik maktab va yo‘nalishIar asos qilib olgan ustanovkalarni
anglashga
qaratadi, bu ilm-fanning bugungi rivojlanishida, psi-
xologlarni bir-biridan farqlanuvchi ko‘pgina yondashuvlar va ta’li-
motlar bilan tanishtirishda juda muhim. Tabiiy-ilmiy paradigma
ham, yosh davrlar psixologiyasi tarixida ham uning taraqqiyoti
ni zamonaviy bosqichida ko‘pgina variantlar asosida ifodalangan.
Asosiy naturalistik ustanovkalar biogenetik nazariya me’yoriy
yondashuv
klassik bixeviorizm, ikkita omil konvergensiyasi na
zariyasi bolani psixoanalitik o'rganish J.Piajening intellektual
rivojlanish ta’limoti singari tashqi sirtdan o‘xshamaydigan nazari-
yalar asosida yotadi. 0 ‘sha naturalistik metodologik yondashuvlar
etiologik,
ekologik, invayronmental, ijtimoiy kognitiv va asoslan-
gan rivojlanishni o‘rganishning yangi ta’limoti hamda yo'nalishi
yuzaga keladi. Bu paradigmalar doirasida psixik rivojlanish tuzi-
lishi va sharoitlari haqida ko‘pgina empirik dalillar to‘plangan sa-
marali tadqiqotlar o‘tkazilgan insoniyat
hayoti va psixikasining
asosiy jihatlari, sohalari, xulq-atvor intellekt va emotsional iro-
daviy sohalar tahlil qilingan. L.S.Vigotskiy
ishlarida asos solin-
gan madaniy-tarixiy paradigmalar A.N.Leontev, A.V.Zaporojets,
P.I.Zinchenko, P.Ya.Galperin, D.B.Elkonin, M.I.Lisina, W .D a-
vidov, L.A.Venger, N.N.Poddyakova, N.F.Talizina, N.G.Salime-
185
na va ko‘pgina boshqalar tadqiqotlarida davom ettirilgan. L.S.Vi
gotskiy nazariyasining xorijiy izdoshlari D.J.Brunner, M.Kov,
S.Skribner, R.Van der Veer, D.J.Verch va boshqalar.
Har ikkala paradigma ham mavjudlikka hamda kelgusida
rivojlanish huquqiga ega, ammo ularning asosida bir-birini inkor
qiluvchi
ilmiy ustanovkalar yotadi, shuning uchun ular oddiy
jamlanib bo‘lmaydi. Soddalashtirilgan elektrik yondashuvlarni va
g‘oya tushuncha yoki hatto dalillarni tanqid qilmay o‘zlashtirib
olishdan qochish kerak.
Dostları ilə paylaş: