5. V.T. Kudryatsev bolalikning keyingi
tarixiy rivojlanishini
bolalikning nechta tipini ajratadi?
6
. Kvazibolalik qanday xarakterlanadi?
7. Bolalikni ajratishda asos qilib nimalar olinadi?
8
. L.S.Vigotskiy tomonidan tuzilgan davrlashtirish qanday
davrlarni o‘z ichiga oladi?
9. A.V.Zaparojets psixik jarayonlarni qanday jarayon deb atagan?
10. Inqiroz davrlarining yangi tuzilishi L.I.Bershedova tomo
nidan qanday tahlil qilingan?
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:
1. Bolalik nima?
a) *tarixiy kelib chiqish va ko‘rinishiga ega bo'lgan, murakkab
ijtimoiy-madaniy hodisadir;
b) inson yoshi va ruhiyatining muayyan bir davri;
c) inson hayotiy rivojlanishining bir bo'g‘mi;
d) murakkab ijtimoiy-madaniy hodisadir.
2. F. Arles san’at asarlari, badiiy asarlar, o‘tgan davrdagi in-
sonlar maktublarini tahlil qilish bilan qanday xulosaga kelgan?
a) u ijtimoiy hayotning rivojlanishi davriy ravishda kechishi-
ni ta’kidlagan;
b)* u ijtimoiy hayotning rivojlanishi,
yangi ijtimoiy institut-
larning paydo bo‘lishi insoniyat hayotining yosh davrlarini ajrati-
lishiga olib keladi, - degan xulosaga keldi;
c) u ijtimoiy hayotning rivojlanishi murakkab hodisa ekanlig-
ini e’tirof etgan, yangi ijtimoiy institutlarning paydo bo‘lishini ay-
tib o‘tgan;
d) u ijtimoiy hayotning o‘zaro uzviy bogliqligini va vaqt o‘tishi
bilan sayqallanib rivojlanib borishini aytib o‘tgan.
3. Jamiyat hayotining murakkablashib
borishi bola ruhiyatiga
va shaxsiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
a) jamiyatning rivojlanib borishi bola hayotida tub o‘zgarish-
larni vujudga keltiradi;
b) jamiyat rivojlanishi bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
204
c) * bolaning holati (ya’ni ijtimoiy maqomi, huquq va majburi-
yatlar doirasi, unga doir bo‘lgan faoliyat turlari va shakllari) mu
him o‘zgarishlarga duch keladi;
d) jamiyatning rivojlanib borishi bola hayotida ta’sir ko‘rsat-
maydi.
4. Bola rivojlanishida jamiyatni anglash borliqni o‘zlashtirish-
da asosiy faoliyat turini ko‘rsating.
a) suhbatlashish;
b)
atrofni kuzatish;
c) *turli o‘yinlar o‘ynash;
d) borliqni idrok qilish.
5. L.S.Vigotskiy tomonidan tuzilgan davrlashtirish qanday
davrlarni o‘z ichiga oladi?
a) *yangi tug'ilgan chaqaloq inqirozi; go‘daklik (2 oylikdan 1
yoshgacha); 1
yosh inqirozi; ilk bolalik (1—3 yosh); 3 yosh inqiro
zi; maktabgacha tarbiya yoshi (3—7 yosh); 7
yosh inqirozi; mak
tab yoshi (8—12 yosh); 13 yosh inqirozi; Pubertat yosh (14—17
yosh); 17 yosh inqirozi;
b) go‘daklik (1 oylikdan 1 yoshgacha); 1 yosh inqirozi; ilk
bolalik (2-3 yosh); 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbiya yoshi
(3—7 yosh); 7 yosh inqirozi; maktab yoshi (8—12 yosh); 13 yosh
inqirozi; Pubertat yosh (14—17 yosh); 17 yosh inqirozi;
c) ilk bolalik (1—3 yosh); 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbi
ya yoshi (3—7 yosh); 7 yosh inqirozi; maktab yoshi (8—12 yosh);
13 yosh inqirozi; Pubertat yosh (14—17 yosh); 17 yosh inqirozi;
d) 2 oylikdan 2
yoshgacha; 2 yosh inqirozi; ilk bolalik (1—3
yosh); 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbiya yoshi (3—7 yosh); 7
yosh inqirozi; maktab yoshi (8—12 yosh); 13 yosh inqirozi; Puber
tat yosh (14—17 yosh); 17 yosh inqirozi.
Dostları ilə paylaş: