Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Mavzu o‘quv maqsadi: 
Ilk bolalik davrining psixologik xususi­
yatlarini bayon etish.
Vazifa:
Ilk bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, 
harakat malakalari, kognitiv va nutqning rivojlanishi, bola tafak­
kurida egotsentirizmning yuzaga kelishi predmetli harakat faoli- 
yatlarini rivojlanishi, nutqning o‘sishi, aqliy rivojlanish, predmet­
li faoliyat ilk bolalik davrida yetakchi faoliyat sifatida, o‘z-o‘zini 
anglash usullarini bayon etish.
Tayanch tushunchalar: 
Ilk bolalik, egotsentirizm, predmetli 
faoliyat, o‘z-o‘zini anglash.
13.1. Ilk bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, harakat
malakalari, kognitiv rivojlanishi
Ilk bolalik davri: go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning 
yangi bosqichi — ilk bolalik (1—3 yosh) davri boshlanadi. Ilk 
bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning ke- 
lajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim 
davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bola­
ning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoli- 
yatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura 
olish imkoni bolani doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egal- 
lashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti-harakatlari 
bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluv- 
chan bo‘ladilar.
226


Ilk bolalik davridagi psixologik yangilik
Bola
Boshqa
kishilar bi­
lan taqqos-
lashi
tomonidan
o ‘zining atro-
fidagilaridan
ajralishi
O'zini ha­
rakat sub-
yekti sifatida
anglashi
Yurishni o‘rganish bolaning jismoniy o'sishi uchungina emas, 
balki uning psixik taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga 
egadir. Bolaning mustaqil harakat qilishi — yurishi tufayli ko‘plab 
predmetlarga duch keladi, ularning nimalarga ishlatilishini 
«amal»da ko‘rib biladi va o‘zi ham ulardan kerakli o‘rinda foy- 
dalana boshlaydi. Bola yurishni o'rgangach, fazoni ham bila bo­
radi. Kichkintoy bolalar «yaqindagi» fazoni qo'llarining harakati 
yordamida bilib oladilar, bunda ko‘z ham ishtirok eta boshlaydi. 
Bog£chagacha yoshdagi bola «uzoqdagi» fazoni oriyentirovka qi­
la boshlaydi. Bola yura boshlaganda, o'z oyog‘i yordamida maso- 
fa va yo‘na!ish bilan tanishadi, uning ko‘z, qo‘1 va oyoqlarining 
o'zaro kelishib harakat qilishi, boshlang‘ich ko‘z o'lchovi o'sa- 
di hamda masofa va predmetlarning turgan joylarini birmuncha 
aniq aytib berish ko‘nikmasi vujudga keladi.
Bog‘chagacha bo'lgan yosh davrining birinchi yarmida bola­
lar predmetlar bilan harakat qilib, tanishib boradilar. Harakatlar- 
ning barcha koordinatsiyasi bolada barqaror diqqatning rivojla- 
nishiga, idrokning aniq bo'lishiga va iroda kuchining o'sishiga 
olib keladi. Ammo bolalarning harakatlari kattalarning harakat- 
lariga taqlid qilish xarakteriga ega bo'ladi. Biror-bir harakatni 
o‘z vaqtida o'zlashtirishi bilan bola uni asta-sekin mustaqil baja­
ra boradi, bu harakat unda dadillik, ishonch va sabr-matonatlilik 
kabi ijobiy xislatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
Bola hayotining uchinchi yilida, ya’ni organizmning intensiv 
o'sishi va rivojlanishi davrida harakatlarning kam bo'lishi bola­
ning umumiy o'sishiga salbiy ta’sir etadi.
227


Shu sababli asosiy harakatlar (yurish, yugurish, predmet- 
larga tirmashib chiqish) bilan birgalikda, qo‘l harakatlarining 
ham to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qilish 
zarurdir. Bolaning harakatlarini asosan uning kundalik faoliyati 
jarayonida o‘stirib borishga e’tibor berish kerak. Masalan, musta­
qil ravishda yuvinish, kiyinish, ovqatlanish, gigiyenik mashqlar, 
o‘yin va boshqalar.
Har xil harakatlarni bajarish va predmetlar bilan harakat qi­
lish tevarak-atrofdagi olamni bilishga olib keladi. Bola predmet- 
larning fazodagi o‘rni, joylanishi, sifati, hajmi, shakli va holatlari 
bilan tanishadi. Bularning hammasi sezgi organlarining o‘sishi- 
ga ijobiy ta’sir etadi. Bir yoshlik bola nisbatan yaxshi rivojlangan 
sezgirlikka egadir. Bola bog‘cha davrining boshlanishida ba’zi to- 
vushlarni, o'ziga yaqin kishilarning ovoz tempini aniq ajrata ola­
di, ba’zi bir narsalarning ta’mi va hidini farq qiladi, ranglarni 
taniy boshlaydi. Bu yosh davrida ko‘rish va eshitish analizator- 
larining rivojlanishi ayniqsa yuksak darajaga yetadi. Bola aso­
siy ranglarni bir-biridan farq qiladi. Lekin bolaga ranglarning
228


nomini aytishga qaraganda, ularni bir-biridan ajratish osonroq- 
dir. Bolalar ranglarni bilsalar ham, bu sohadagi o‘z bilimlari- 
dan yetarli darajada yaxshi foydalana olmaydilar. Bolalar qizil 
rangni osonlik bilan ajrata oladilar-u, binafsha rangni ajratish- 
da ko‘pincha yanglishadilar. Ko‘pincha bolalar har bir rangning 
tusini, tovlanishini yaxshi ajrata olmaydilar.
Bu yoshdagi bolalar uchun idrok qilinayotgan predmet obraz- 
larining bir-biriga o‘xshashib ketishi xarakterlidir. Masalan, ular 
olmani biladilar, olma bolaga bir butunligicha tanish, lekin bo­
la olmaning rangini ham, shaklini ham alohida holda ajrata ol- 
maydi. Predmetni har tomonlama ko‘ra bilish, ya’ni uni qism- 
larga ajratish, belgi va turlariga qarab farqlash — uni analiz 
qilish demakdir. Bu esa bolaga butunlikni tushunish imkonini 
beradi. Shu sababli, bolalarni yangi predmetlar bilan tanishtir- 
ganda, ularni bir-biridan ajratib turadigan shakli, rangi va qism- 
lariga e’tibor berish 

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin