Bog‘cha yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal
ravishda ortib boradi. 3—7 yoshli davrida bolalarning asosiy faoli
yati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:
— predmetlarni o‘rganishi;
— individual predmetli o‘yinlar, jamoa sujetli-rolli o'yinlar;
— individual va guruhiy ijod;
— musobaqa o‘yinlari;
— muloqot o‘yinlari;
— uy mehnati.
Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqni birmuncha to‘la o‘zlashtir-
ganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda
o‘zlariga yaqin bolgan katta odamlar va tengdoshlari bilan muno
sabatda bolish ehtiyoji tuglladi. Ular tor doiradan kengroq doi-
radagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi bog‘chadagi
o‘rtoqlari va qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bolib
o‘ynashga harakat qiladilar.
Hamma narsani bilib olishga bolgan ehtiyoj kuchayadi.
Bog‘cha yoshidagi bola tabiatiga xos bolgan kuchli ehtiyojlardan
yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har to-
monlama bilib olishga intilishidir.
Bog‘cha yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik ji-
hatidan o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj
kabi, bolani biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning
uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bogliq bo‘lgan murak
kab psixik hodisa desa boladi.
Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki,
bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga in-
tiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug‘ulla-
nishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda
irodasi kabi muhim xislatlarni o‘stirishga va mustahkamlashiga
yordam beradi. 3—7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida ba-
diiy-ijodiy faoliyat turi bolgan musiqaning ahamiyati ham juda
kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga
mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar.
Dostları ilə paylaş: