Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

o ‘y i n l a r d a n
tortib, to qoidali sujetli-rolli o‘yinlargacha. Bu yosh 
davrida barcha o‘yin turlarini ko‘rish mumkin.
Bu yosh davri davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat 
turlari izchillikda takomillashib boradi: predmetlar bilan boshqa- 
rish o‘yini, konstruktiv tipdagi individual predmetli o‘yin, ja- 
moaviy sujetli-rolli o‘yinlar, individual va guruhiy ijod, o‘yin-mu- 
sobaqa, o'yin-muloqot, uy mehnati. Kichik maktabgacha yoshdagi 
bolalar asosan predmetlar, turli xil o‘yinchoqlar bilan yolglz 
o‘zlari o‘ynaydilar. 
0
‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yin- 
larida idrok, xotira, tasavvur, tafakkur jarayonlarini, shuningdek, 
o‘z harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar. Albatta, tur- 
mush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik yoshda­
gi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o'zlarining o'yin- 
larida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar,
252


xolos. Masalan, (oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu 
kabilarni). 
0
‘rta yoki katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin- 
larida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo‘la bosh­
laydi. Sekin-asta o‘rta maktabgacha davrga borib o‘yin jamoaviy 
bolib boradi va unga ko‘proq bolalar qo‘shila boshlaydi. Bolalar­
ning individual xususiyatlarini, ularning jamoa o‘yinlari davomi­
da kuzatish qulaydir. 
0
‘z o‘yinlarida bolalar kattalarning pred- 
metlarga munosabatinigina emas, balki ko‘proq ularning o‘zaro 
munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga taqlid qiladilar. 
Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning 
murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poyezd» 
o‘yinini olaylik. Bunda mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, 
provodniklar, kontrolyor, kassir, stansiya xodimlari va yolovchilar 
boladi. Bolalarning mana shu kabi jamoa o‘yinlari artistlarning 
faoliyatiga o‘xshaydi. Chunki, jamoa o‘yinidagi har bir bola o‘z 
rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o‘yinning umumiy 
mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har 
bir boladan o‘zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. 
Ma’lum rollarga bolingan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy qoida- 
larga bo‘ysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni 
taqozo etadi. Shuning uchun bolalarning bunday jamoa o‘yinlari 
psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki, bunday o‘yin- 
lar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tar- 
tib-intizomga bo‘ysungan va shu kabi boshqa ijobiy xislatlarni tar- 
biyalaydi va rivojlantiradi.
Eng asosiysi bu o‘yinlarda kattalarning predmetli dunyoga nisba- 
tan xulq-atvori takrorlanmaydi, odamlar orasidagi munosabatlarga, 
xususan — rollariga imitatsiya (taqlid) qilinadi. Bolalar ushbu muno- 
sabatlar asosida quriladigan rollami va qoidalami ajratadilar, o‘yin- 
da unga amal qilinishini qattiq nazorat qiladilar va o'zlari ham ular­
ga rioya qilishga harakat qiladilar. Bolalarning sujetli-rolli o‘yinlari 
turli mavzularda bolib, bolalar ular bilan hayotiy tajribasiga mu- 
vofiq yaxshi tanishdir. Bolalar tarafidan o‘yinda qayta ijro etiladigan 
rollar — oilaviy (ona, ota, buvi, buva, o‘g‘il, qiz va h.k.) yoki tarbi-
253


yaviy (enaga, bog‘chadagi tarbiyachi) yoki ertak qahramonlari (bo‘ri, 
ayiq, tulki, quyon, echki) yoki kasbiy (shifokor, komandir, uchuv- 
chi). Rollami ijro etuvchilar kattalar yoki bolalar yoki ularni o‘rnini 
bosuvchi o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar bo‘lishi mumkin.
Ushbu yosh davri taraqqiyot uchun zarur bo‘lgan ikkita faoli­
yat turining boshlanishi bilan bog'langan: mehnat va o‘qish. Bu 
yoshdagi bolalarning o‘yin, mehnat va o‘qishni o‘zlashtirishlarini 
ketma-ketligi bosqichini aniqlash mumkin, bunda maktabgacha 
yosh davri tahlil maqsadida shartli ravishda 3 ta davrga bo'lina- 
di: kichik maktabgacha yosh davri (3-4 yosh), o‘rta maktabga­
cha yosh davri (4-5 yosh) va katta maktabgacha yosh davri (5—

yosh). Ushbu bolish yosh davrlari psixologiyasida bolalarning 
psixologiyasi va xulq-atvoridagi jadal va sifatiy o‘zgarishlarni qayd 
etish uchun o‘tkaziladi.
Kichik maktabgacha yoshdagilar hali, qoidaga muvofiq, 
yolg‘iz o'ynaydilar. 
0
‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yin- 
larida idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va harakat qobiliyatlari- 
ni takomillashtirib boradilar. Ushbu yoshdagi bolalar sujetli-rolli 
o‘yinlarida odatda kundalik hayotlarida kuzatadigan kattalarning 
harakatlarini qayta namoyon etadilar.
0
‘rta va katta maktabgacha yosh davrida sujetli-rolli o‘yin- 
lar rivojlanadi, biroq kichik maktabgacha yosh davridan o‘yinlar- 
ga kiritiladigan va amalga oshiriladigan mavzulari, rollari, o‘yin 
harakatlarining qoidalari bilan katta turli-tumanligi bilan farqla­
nadi. Tabiiy xarakterdagi ko‘pgina predmetlar shartlilariga almash- 
tiriladi va ramzli o‘yin boshlanadi. Masalan, oddiy kubik o‘yindan 
va unga ajratilgan roldan qat’i nazar ramziy ma’noda mebellar va 
mashinalarni, odamlar va hayvonlarni namoyish etadi.
0
‘yinlarda asosiy rol qoidalarga rioya qilishga va munosabat- 
larga, masalan, subordinatsiyaga ajratiladi. Bunda birinchi maro- 
taba liderlik paydo bo'ladi, bolalarda tashkilotchilik ko‘nikma va 
malakalari rivojlanadi.
Shu bilan bir qatorda o‘yinli individual faoliyatning ramziy 
shakllaridan yana biri rasm chizishdir. Unga sekin-asta ko‘proq
254


tasavvur, xayol va tafakkur qo‘shilib boradi. Bola ko‘rganlarini 
tasvirlashdan vaqti bilan bilganlarini, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab 
topganlarini chiza boshlaydi. 
0
‘yin-musobaqalar alohida sinfga 
ajratiladi, unda yutuq va g‘oliblik bolalarni juda jalb qiladi. Tax- 
min qilinishicha, aynan shunday o‘yinlarda muvaffaqiyatga eri- 
shish motivatsiyasi shakllanadi va mustahkamlanadi.
Katta maktabgacha yosh davrida konstruktorlik o‘yini mehnat 
faoliyatiga aylana boshlaydi, o‘yin jarayonida bola turmushda 
zarur bolgan nimanidir yasaydi, yaratadi, quradi. Bolalar bunday 
o‘yinlarda oddiy mehnat ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, 
ularda amaliy tafakkur faol rivojlanadi. Bola o‘yinda ko‘plab uy- 
ro‘zg‘or asboblari va predmetlaridan foydalanishni o‘rganadi. Un­
da o‘z xatti-harakatlarini rejalashtirish qobiliyati paydo boladi va 
rivojlanadi, ko‘p harakatlari va aqliy operatsiyalari, tasavvur va 
xayoli takomillashadi.
Bu yosh davridagi bolalar ijodiy faoliyatdan tasviriy san’at 
ayniqsa, rasm chizishni yaxshi ko‘radilar. Bolaning nimani va 
qanday ifodalashiga qarab, uning atrof olamdagi voqelikni qan­
day idrok qilishi, xotirasi, xayoli va tafakkurining o‘ziga xosligi 
haqida mushohaza qilish mumkin. Rasmlar orqali bolalar tash­
qi olamdan olayotgan taassurotlari va bilimlarini yetkazishga ha­
rakat qiladilar. Rasmlar bolaning jismoniy va psixologik holati- 
ga k o la o‘zgarishi mumkin (kasallik, kayfiyat). Aniqlanishicha, 
kasal bolalar chizgan rasmlar soglomlarnikidan ko‘pgina jihat- 
lari bilan farq qiladi.
Maktabgacha yosh davri badiiy-ijodiy faoliyatida musiqa mu­
him ahamiyatga ega. Bolalarga musiqiy asarlarni tinglash, musi- 
qiy qatorlarni va tovushlarni turli asboblarda takrorlash quvonch 
baglshlaydi. Bu yosh davrida birinchi marotaba musiqa bilan jid- 
diy shug‘ullanishga qiziqish paydo boladi, u keyinchalik haqiqiy 
qiziqishga aylanishi va musiqiy qobiliyatning rivojlanishiga yor­
dam beradi. Bolalar qo‘shiq aytishga, musiqa ostida turli ritmik, 
raqs harakatlarini bajarishga o‘rganadilar. Qo‘shiq aytish musiqa- 
ni anglash va vokal qobiliyatlarni rivojlantiradi.
255


Hech bir yosh davri ushbu yosh davridagidek shaxslararo ham- 
korlikning turli shakllarini talab qilmaydi, chunki u bola shaxsining 
turli jihatlarini rivojlanishi zarurati bilan bog‘liq. Bu tengdoshlari, 
kattalar bilan hamkorlik, o‘yinlar, muloqot va birgalikdagi mehnat- 
dir. Bu yosh davri davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat 
turlari izchillikda takomillashib boradi: predmetlar bilan boshqa- 
rish o‘yini, konstruktiv tipdagi individual predmetli o‘yin, jamoaviy 
sujetli-rolli o‘yinlar, individual va guruhiy ijod, o‘yin-musobaqa, 
o‘yin-muloqot, uy mehnati. Maktabga chiqishdan bir yoki ikki yil 
avval ularga o‘quv faoliyati qo‘shiladi va 5—6 yoshli bola eng ka- 
mida faoliyatning 7—8 turiga tortiladi, ularning har biri bolani o‘zi- 
ga xos ravishda intellektual va axloqan rivojlantiradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlari atrofdagi narsa va hodi­
salarni bilish quroli bo‘lishi bilan birga, yuksak ijtimoiy ahamiyat­
ga ham ega, o‘zgacha qilib aytganda, o‘yin qudratli tarbiya quro­
li hamdir. Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni 
yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Agarda biz bola­
larning o‘yin faoliyatlarini tashqaridan kuzatsak, o‘yin jarayonida 
ularning barcha shaxsiy xususiyatlari (xarakteri, kimning nimaga 
ko‘proq qiziqishi, qobiliyati, irodasi, temperamenti) yaqqol namo­
yon bo‘lishini ko‘ramiz. Shuning uchun bolalarning o‘yin faoliyat­
lari, ularni individual ravishda o‘rganish uchun juda qulay vosita- 
dir. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zlari yolg‘iz 
o‘ynaydilar. Predmetli va konstruktorli o‘yinlar orqali bu yoshda­
gi bolalar o‘zlarining idrok, xotira, tasavvur, tafakkur hamda ha­
rakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Sujetli-rolli o‘yinlarda bolalar, 
asosan, o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va kuzatayotgan kattalarning 
xatti-harakatlarini aks ettiradilar. 4—5 yoshli bolalarning o‘yini as- 
ta-sekinlik bilan jamoa shakliga ega bo‘lib boradi. Bolalarning indi­
vidual xususiyatlarini, ularning jamoa o‘yinlari davomida kuzatish 
qulaydir. 
0
‘z o‘yinlarida bolalar kattalarning predmetlarga muno- 
sabatinigina emas, balki ko‘proq ularning o‘zaro munosabatlarini 
ham aks ettiradilar va ularga taqlid qiladilar. Shuningdek, jamoa 
o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoli-
256


yatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poyezd» o‘yinini olaylik. Bun- 
da mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, kontrol- 
yor, kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchilar boladi. Bolalarning 
mana shu kabi jamoa o'yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. 
Chunki, jamoa o‘yinidagi har bir bola o‘z rolini yaxshi ado etishga 
intilishi bilan birga, o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga 
chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o‘zining bu- 
tun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma’lum rollarga bolin- 
gan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy qoidalarga bo'ysunishini va ay- 
rim vazifalami talab doirasida bajarishni taqozo etadi. Shuning 
uchun bolalarning bunday jamoa o‘yinlari psixologik jihatdan kat­
ta ahamiyatga ega. Chunki, bunday o‘yinlar bolalarda irodaviylik, 
xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib-intizomga bo‘ysungan va 
shu kabi boshqa ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi.
Katta bog‘cha yoshida sujetli-rolli o‘yinlar esa o‘z mavzusi- 
ning boyligi va xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bu o‘yinlar jara­
yonida bolalarda sardorlik xususiyati yuzaga kela boshlaydi, ular- 
da tashkilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlana boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shug‘ullanadigan ijodiy faoli- 
yatlar orasida tasviriy san’atning ham ahamiyati juda kattadir. 
Bolaning tasavvur etish xarakteriga ko‘ra, uning atrof hayotni 
qanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur xususiyatlari- 
ga baho berish mumkin. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar chizgan 
rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruhiy holatlari, orzu, umid 
va ehtiyojlarini ham aks ettiradi.
Bu yoshdagi bolalar rasm chizishga nihoyatda qiziqadilar. 
Rasm chizish bolalar uchun o‘yin faoliyatining o‘ziga xos bir 
shakli bolib hisoblanadi. Bola avvalo ko‘rayotgan narsalarini, 
keyinchalik esa o‘zi biladigan, xotirasidagi va o‘zi o'ylab topgan 
narsalarni chizadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqa ju­
da katta ahamiyatga ega bolib, aynan shunday o‘yinlarda mu- 
vaffaqiyatga erishishga harakat qilish xususiyati shakllanadi va 
mustahkamlanadi. Bu yoshdagi bolalarning eng yaxshi daqiqalari
257


musobaqa o‘yinlaridagi yutish va muvaffaqiyatlaridir. Katta mak­
tabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqalar juda katta ahami­
yatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvaffaqiyatga eri­
shish motivlari shakllanadi va mustahkamlanadi.
Katta bog‘cha yoshida konstruktorlik o‘yinlari asta-sekinlik bi­
lan mehnat faoliyatiga aylanib boradi, o‘yinda bola sodda mehnat 
ko‘nikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossala- 
rini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur namunalari rivojlana boradi.
3—7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoli­
yat turi bo‘lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa 
orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik ha­
rakatlar qilishga o‘rganadilar.
О‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasi- 
ni egallashning faol shakli bo‘lgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. 
Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmay- 
di. Ijtimoiy tajribalarni faol egallashi uchun odam, avvalo, yetar­
li darajada nutqni egallagan bo‘lishi, ma’lum malakalar, uquvlar 
va sodda tushunchalarga ega bo‘lishi kerak boladi. Bularga bola 
yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, o‘yin faoliyati orqali erishadi.
Bola bu davrda o‘yin faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar bi­
lan, ya’ni mahsuldor faoliyat, mehnat faoliyati va o‘qish faoliya­
ti bilan ham shug‘ullanadi. Mahsuldor faoliyat turlari (rasm chi- 
zish, plastilindan narsa yasash, qurish, yasash va b.) predmetlarning 
muhim xususiyatlarini mavhumlashtirishga olib keladigan, borliqni 
o‘ziga xos shaklda modellashtirish sifatida qaraladi. Mahsuldor 
faoliyat turlarida ijodiy amalga oshadigan ma’lum mazmun mav­
jud. I.Shapovalenkoning ta’kidlashicha, predmetli faoliyat doirasida 
vujudga keladigan tasviriy faoliyat maktabgacha yosh davrida o‘yin 
shaklida rivojlanadi. Natija, mahsulot, rasm uzoq vaqt ikkinchi da­
rajasi hisoblanadi, borliqni qog‘oz ustida modellashtiradigan o‘yin 
sifatida rasm chizish jarayonining o‘zi muhim hisoblanadi.
Qurish-yasash ishlari faoliyatni maxsus tashkil etishni talab 
qiladi, chunki unda qism munosabatlarini tushunish va idrok 
aniqligi zarur. Unda tayanch detallarni ajratish, namunani, qu-
258


rish usullarini o‘zlashtirish kabi vazifalar paydo boladi. Qurish- 
yasash jarayonida muhim qobiliyatlardan biri faoliyatni rejalash­
tirish qobiliyati shakllanadi.
0
‘qish va mehnat faoliyati elementlarining rivojlanishi. 
0
‘qish 
faoliyatining yangi bilimlarni o‘zlashtirish kabi maxsus maqsa- 
di mavjud. 
0
‘qish ko‘nikmasi o‘quv vazifalarini amaliy hayotiy 
vaziyatlardan ajratish va uni qabul qilishni nazarda tutadi. Mak­
tabgacha yosh davrida o‘qishning motivatsion asoslarini — bilish­
ga qiziqish (qiziquvchanlikni) rivojlantirish muhim hisoblanadi. 
Didaktik o‘yinlar bilish, o‘quv faoliyatini shakllantiradigan o‘yin- 
ning maxsus shaklidir.
Mehnat va o‘quv topshiriqlari tufayli bajarilgan mahsuldor 
faoliyat turlarida maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlani­
shi uchun katta imkoniyatlar yaratadi: natijaga erishish, xulq-at- 
vorni boshqarish va rejalashtirish, o‘z-o‘zini baholash, yangi mo- 
tivlar, mehnatsevarlik kabilarni shakllantiradi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin