Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


1.2. О‘yin maktabgacha tarbiya yoshida yetakchi faoliyat sifatida



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

249


1.2. О‘yin maktabgacha tarbiya yoshida yetakchi faoliyat sifatida
Ma’lumki, bolaning yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish 
imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yi- 
cha dunyoqarashi kengayib boradi. Maktabgacha yoshdagi bola­
larning yetakchi faoliyati o‘yindir. Bu yoshdagi bolalarning o‘yin- 
larini uchga bo'lish mumkin:
1) predmetli o‘yinlar (15—20 minut o‘ynaladi);
2) sujetli-rolli o‘yinlar (30—60 minut o‘ynaladi);
3) qoidali o‘yinlar (1 soatdan 2 kungacha davom etishi mumkin).
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asr-
lar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kel­
moqda. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida 
ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun ha- 
yotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan 
bevosita amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu 
narsa xarakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining 
xaddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun 
mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi ham yetmaydigan, xaddi sig‘may- 
digan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. 
Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o‘zi haydagisi, haqi­
qiy otga minib yurgisi, uchuvchi bo‘lib, samolyotda uchgisi va ros-
250


takam militsioner bo‘lgisi keladi. Tabiiyki, bola o‘zidagi bunday eh- 
tiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo‘l bilan qondira olmaydi. Bu 
o‘rinda savol tuglladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli 
ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qar- 
shilik qanday yo‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgi­
na birgina faoliyat orqali, ya’ni, bolaning o‘yin faoliyati orqaligina 
hal qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab berish mumkin: 
birinchidan, bolalarning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy 
mashg‘ulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning 
uchun bolalarni o‘yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan 
natija bilan emas, balki shu o‘yin jarayonidagi turli harakatlar- 
ning mazmuniga bogliqdir;
ikkinchidan, bolalar o‘yin jarayonida o‘z ixtiyorlaridagi narsa­
larni, o‘zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo‘lgan 
narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda boladilar. 
Bolalarning o'yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan 
garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir.
0
‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda kat- 
talarga mansub bolgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur 
qilish, xomxayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlari­
ning barchasi o‘yin faoliyatida aniq boladi. Shuni ham ta’kidlab 
olish kerakki, o‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa hodisalarni bi­
lish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy 
va sujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan bir- 
galikda ularning individual xususiyatlari ham shakllanadi. Demak, 
bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan 
bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bi­
lishga bogliqdir. Shunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan 
yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o‘zi, o‘yin da­
vomida yuzaga kelib, rivojlanadigan psixik jarayondir. Shuni ham 
ta’kidlash joizki, fan-texnika mislsiz rivojlanayotgan hozirgi davr­
da hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go‘yo, bir mo‘jizadek 
ko'rinadi. Natijada ular ham o'zlarining turli o‘yinlari jarayonida 
o'xshatma qilib (ya’ni, analogik tarzda), har xil xayoliy narsalarni
251


o'ylab topadilar (uchar ot, odam mashina, gapiradigan daraxt ka- 
bilar). Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o'ylab 
chiqarishlari yana shuni anglatadi-ki, ular o‘zlarining har turli 
o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki 
ayni chog‘da ehtiyojlarini ham aks ettiradilar.
Bolalarning o‘yin faoliyatlarida turli xayoliy va afsonaviy obraz- 
lami yaratishlari odamning (shu jumladan, bolalarning ham) tash­
qi muhitdagi narsa va hodisalarni aks ettirish passiv jarayoni emas, 
balki faol, ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi.
Bolalar o‘yin faoliyatining yana bir xususiyati bu o‘yin jara­
yonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rolla- 
rining ko‘pincha umumiylik xarakteriga ega bolishidir. Buni shun­
day tushunish kerakki, bola o‘zining turli-tuman o‘yinlarida faqat 
o‘ziga tanish bo‘lgan yolglz bir havdovchining, vrachning, mi- 
litsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarinigina 
emas, balki umuman shaydovchilarning, vrachlarning, tarbiyachi- 
larning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi.
Bu yoshdagi bolalar o‘z vaqtining ko‘p qismini o‘yin bilan 
o‘tkazadi, ayniqsa 3 yoshdan 6—7 yoshgacha o‘yinlar ahamiyat­
li taraqqiyot yolini bosib oladi: predmetli-boshqaruv va ramziy 

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin