Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Ilk bolalik davrida o‘z-o‘zini anglash



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

13.5. Ilk bolalik davrida o‘z-o‘zini anglash
Bu davrdagi bolalarning xatti-harakatlari ularning xohish va 
hissiyotlari juda o‘zgaruvchan bo'ladi. Masalan, bolaning yig'lashi 
hamda yig‘idan to‘xtashi juda tez o‘zgaradi. Ilk davrda bolada
242


o‘z yaqinlariga: onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisba- 
tan muhabbat shakllanadi. Bola o‘z yaqinlaridan maqtov olishga 
harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-harakatlari 
va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholari 
ularda o‘zlarining layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchi- 
ni shakllantiradi. U o‘z ota-onasiga nihoyatda qattiq boglan- 
gan bo‘lib, intizomli va itoatkor boladi. Ana shu bogliqlik sa- 
babli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. 
Onasi yonida bolgan bolalar ko‘proq harakat qiladilar va at- 
rof-muhitni o‘rganishga intiladilar. Bu davrda bola o‘z ismini ju­
da yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni 
boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning 
bola bilan qiladigan muomala-munosabati uning o‘zini alohida 
shaxs sifatida anglashini boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu ja- 
rayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan 
qanday muomala qilishlariga qarab uning o‘z «Men»ini anglay 
boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mum­
kin. 3 yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi 
mumkin bolgan manba deb biladi va bu uning «Menga bering», 
«Ko‘taring», «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Uch 
yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, bu- 
ning natijasida bolalarda o‘z-o‘zini baholash vujudga keladi. Shu 
davrdan boshlab bolalarda mustaqil bolish ehtiyoji yuzaga kela­
di va bu ularning «o‘zim qilaman» qabilidagi so‘zlarida namo­
yon boladi.
3 yoshdagi inqiroz: 3 yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan 
taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bolgan (huquqi 
bolgan), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intila- 
di. «Men katta bolsam mashina haydayman», «Men sizga kat­
ta tort olib kelaman», «Mening yuzta qo‘g‘irchog‘im boladi» kabi 
xohishlarini o‘z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapir- 
sa ham o‘zining barcha xohishlarini shu bugun amalga oshirish- 
ga harakat qiladi. Ko‘pincha bunday xislat qat’iylik va qaysarlik 
bilan namoyon boladi. Bu qaysarlik asosan bolaning kattalarga
243


bildirgan salbiy xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Bola o‘zini 
mustaqil harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab, unda 
«o‘zim qilaman» boshlanadi va bu yana qaysarlik va o‘jarlik tarzi­
da ko‘rinadi. 3 yoshdagi inqiroz bola shaxsining ma’lum bir dara­
jada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-harakatlarni qi­
la olmayotganligini anglashi natijasi hisoblanadi. Inqiroz davrida 
yuzaga keladigan iroda, layoqat va boshqa bir qancha xususiyat- 
lar uni shaxs bolib shakllanishiga tayyorlaydi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin