Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


G.Craig. Human development. Prentice Hall. 1996. P.367



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

G.Craig. Human development. Prentice Hall. 1996. P.367.
232


ki katta odam bolgan adasining ishga bormasligi, uning tushun- 
chasiga to‘g‘ri kelmaydi. Uning tushunchasida hamma katta 
odamlar barvaqt ishga ketishi kerak. Shuning uchun hech bir 
o‘ylab olirmay, «adam kattalar-ku?» deb javob beradi. Bolalar 
tushunchalardan foydalanib, sodda xulosalar chiqarishga o‘rga- 
na boshlaydilar. Ular bir necha hukmlardan foydalanib, katta, ki- 
chik, baland, past, ko‘p, oz kabi sodda xulosalar chiqara oladilar, 
bu esa tafakkurning yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan 
biri bolmish xayol anchagina rivojlana boshlaydi. Lekin bu aso- 
san ixtiyorsiz xayol bo‘ladi. Ular hali ma’lum maqsad asosida ix- 
tiyoriy tarzda xayol yurgiza olmaydilar.
Bola ikki yoshga tolgach, uning o‘yinlarida jiddiy o‘zgarish 
ro‘y beradi. Bolaning o‘yiniga endi taqlidiy harakatlar qo‘shila- 
di. Bola kattalardan ko‘rgan-bilganlarini o‘yinda taqlidan takror- 
lay boshlaydilar. Bu davrda bola mashinasini у yoqdan bu yoqqa 
siljitish yoki tepalikdan sirg‘antirib tushirish bilan cheklanmay, 
haydovchilarning harakatlarini bajaradilar. Mashinaning motori 
ovoziga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk tashiydi va 
hokazo.
Nutqning o‘sishi bola xayolining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsata- 
di. Bolalar kattalarning gaplariga tushunadigan bolgach, har xil 
ertak va hikoyalarni qiziqib tinglaydigan boladi. Bolalar o‘zlari 
biladigan, o‘zlariga yaxshi tanish bolgan narsalar haqidagi hiko­
yalarni joni dili bilan eshitadilar. Har bir hikoyani eshitganda 
bolada xilma-xil tasavvurlar yuzaga keladi. Bola bu tasavvurlari 
yordamida xayol qilish qobiliyatiga ega boladi. Bola hikoyalarni 
eshitish orqali olgan tasavvurlarini so‘zlar bilan ifodalaydi. So‘z 
esa bolaning narsalarni boshqacha idrok qilishga, ularning bosh­
qa narsalarga o‘xshashligini aniqlashiga va ana shunday o‘xshash- 
liklarni aniqlash asosida yangi obrazlar, yangi tasavvurlar yara- 
tishga yordam beradi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda barcha psixik jarayonlar ma’lum 
darajada rivojlanar ekan, bu umuman ular ongining rivojlanishiga
233


zamin yaratadi. Tili chiqib, idrok va tafakkuri anchagina o‘sgan 
bola tevarak-atrofdagi har xil narsalarga ongli munosabatda bola 
boshlaydi. Bola o‘zining turli ehtiyojlarini anglab, o‘zining shax- 
sini shakllantira boshlaydi. Mashhur fiziolog I.M.Sechenovning 
tili bilan aytganda, bola ana shu davrdan boshlab, o‘z sezgilarini 
tevarak-atrofdagi narsalardan ajratib, o‘z-o‘zini anglay boshlaydi. 
Bu yoshdagi bolalarning so‘z boyligida o‘z shaxsini bildiruvchi 
«men» degan olmosh tez-tez uchrab turadigan boladi. Ana shu 
tariqa bola juda elementlar rarzda bolsa ham o‘zini shaxs sifatida 
anglay boshlaydi. Binobarin, ana shu davrdan boshlab ilk bola­
lik davridagi bolalarning shaxsiy (individual) xususiyatlari kamol 
topa boshlaydi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin