Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Ахунджанова C.A. Особенности форм и функций речи дошкольника в



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Ахунджанова C.A. Особенности форм и функций речи дошкольника в
различных ситуациях общения. Автореф.....к. пс .и. —М.: 1987. -17 с.
2 Нуруллаева Б.Б. Развитие моделирующей мыслительной деятельности
дошкольников в общении со сверстниками. Автореф....кпс.н .—Т. 2009.-25 с.
264


bola shaxsi rivojlanishida barcha yangi psixologik tuzilmalarning 
paydo bo‘lishida asos hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya yoshi
— xulq-atvor shaxsiy mexanizmlarining rivojlanishi, shaxsning 
dastlabki shakllanishi davridir.
Bu yosh davrida motivatsion-ehtiyojlar sohasining rivojlanishi 
ro‘y beradi. Maktabgacha yosh davrida motivlar mavjud vaziyat 
bilan bog‘liq xohishlar tarzida, anglanmagan xarakterga ega b o la­
di. Ilk bolalik va maktabgacha yosh davrida bolaning xulq-at- 
vorini kattalarning «mumkin», «mumkin emas», «yaxshi», «yo- 
mon» kabi fikrlari boshqaradi.
Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalar borgan sari qat’iyla- 
sha boradi. Axloqiy tushunchalar manbayi sifatida, ularning 
ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan kattalar, shuningdek, 
tengdoshlari ham bolishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan 
muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shuningdek, kattalar­
ning ayniqsa, onalarning maqtovi va tanqidlari ta’sirida o‘tadi va 
mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga ha­
rakat qiladi. Bu baho va maqtovlar bolaning muvaffaqiyatga eri- 
shishga bolgan harakatlarining rivojlanishida, shuningdek, uning 
shaxsiy hayoti hamda uning kasb tanlashida ahamiyati juda kat­
tadir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda muloqotning yangi motivlari yu­
zaga keladi. Bu shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy 
muloqot motivlari bu bolani tashvishga solayotgan ichki muam- 
molari bilan bogliq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni 
bajarish bilan bogliq bolgan motivlardir. Bu motivlarga asta-se- 
kinlik bilan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash bilan bogliq 
bolgan o‘qish motivlari qo‘shiladi. Bu motivlar ilk bolalik davri- 
dan boshlanib, yuzaga keladigan bolalarning tabiiy qiziquvchan- 
ligi o‘rnida paydo boladi. 
0
‘zini namoyon qilish motivlari ham 
bu yoshda yaqqol namoyon boladi. Bu motiv, asosan, bolalar­
ning sujetli-rolli o‘yinlarida asosiy rolni egallashga, boshqalar us- 
tidan rahbarlik qilishga intilishda, musobaqaga kirishishga, nima 
bolganida ham yutishga harakat qilishlarida ko‘rinadi.
265


Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan ba- 
ho juda muhim. Bolalar birinchi navbatda ma’naviy axloq me’yor 
va qoidalarini, o‘z majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga ri- 
oya etish, hayvon va narsalar bilan muomala qilish me’yorini egal- 
laydilar. Bunday me’yorlarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun 
qiyin hisoblanib, ularni yaxshi o‘zlashtirishi uchun sujetli-rol- 
li o‘yinlar yordam berishi mumkin. Bog‘cha yoshining oxirlariga 
kelib, ko‘pchilik bolalarda aniq bir axloqiy qarashlar tarkib topadi, 
shuningdek, odamlarga munosabat bilan bogliq bolgan shaxsiy 
sifatlar jumladan: kishilarga nisbatan diqqat-e’tiborli, mehribon 
bolish xususiyati ham shakllanadi. Katta yoshdagi bolalar ko‘p 
hollarda o‘z xatti-harakatlari sabablarini tushuntirib bera oladilar.
3—3,5 yoshlar oralig‘ida bolalar o‘zlarining muvaffaqiyat va 
muvaffaqiyatsizliklariga o‘z munosabatlarini bildiradilar va bu 
munosabat, asosan, ularning o‘zlariga beradigan yuqori baholari 
asosida shakllanadi. 4 yoshli bolalar esa o‘z imkoniyatlarini re­
al baholay oladilar. Lekin, 4—5 yoshli bolalar hali shaxsiy xususi­
yatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek, 
o‘zlari haqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. Ocz-o‘zini 
anglash layoqati katta bog‘cha yoshidan rivojlanib, avval u qanday 
bolganini va kelajakda qanday bolishini fikrlab ko‘rishga harakat 
qiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men kichkina paytimda qanday 
bolgan edim?», «Men katta bolganimda qanday bolaman?» sin­
gari savollarida ko'rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib, bolalar kel- 
gusida kuchli, jasur, aqlli va boshqa qimmatli insoniy fazilatlarga 
ega bolishga harakat qiladilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida bola xarakterining shakllani­
shi davom etadi. U asosan, bolalarning kattalar xarakterini ku- 
zatishlari asosida tarkib topadi. Shu yillardan boshlab, bolada 
ahamiyatli hisoblangan — iroda, mustaqillik va tashabbuskor­
lik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Kat­
ta bog‘cha yoshida bola atrofidagi odamlar bilan turli faoliyat- 
larda muloqot va munosabatlarga kirishishga o‘rgana boshlaydi. 
Bu esa unga kelajakda odamlar bilan muloqotga kirisha olishida,
266


ish bo‘yicha va shaxsiy munosabatlarini samarali o‘rnata olishi- 
da foyda keltiradi. Bolaning atrofidagi kishilar bilan bolgan mu- 
nosabatlari, asosida turli xil motivlar yotadi. Bularning hamma- 
si bolaning individualligini tashkil etib, uning boshqa bolalardan 
nafaqat intellekti, balki axloqiy motivatsion jihatdan farqlanadi- 
gan shaxsga aylantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy 
o‘zgarishlari, ularning o‘z shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvaffa- 
qiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o‘zini-o‘zi anglashi ka­
bi hislarning yuzaga kelishi hisoblanadi.
Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning 
ota-onalari haqidagi fikrlari va ularga beradigan baholari niho- 
yatda ahamiyatlidir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan, ularning tur- 
li-tuman o‘yin faoliyatlarida o‘sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sa- 
zovorki, agar bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliya­
ti bolmaganda edi, ularning xayoli ham xilma-xil bolmas edi. 
Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayollari turli xil mashg‘uJotlar- 
da ham o‘sadi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar loydan tur­
li narsalar yasashni, qumdan turli narsalar qurib o‘ynashni va 
rasm solishni yaxshi ko‘radilar. Ana shunday mashg‘ulotlar bola­
lar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qiladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qi- 
luvchi omillardan yana biri — ertaklardir. Bolalar hayvonlar ha­
qidagi turli ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga 
nisbatan ma’lum munosabatlari yuzaga keladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda yoqimli va yoqimsiz his-tuyg‘ular 
g‘oyat kuchli va juda tez namoyon boladi. Bu yoshdagi bolalar­
ning his-tuyg‘ulari ko‘p jihatdan ularning organik ehtiyojlarining 
qondirilishi va qondirilmasligi bilan bogliqdir. Bu ehtiyojlarning 
qondirilmasligi sababli bolada noxushlik (yoqimsiz), norozilik, 
iztiroblanish tuyg‘ularini qo‘zg‘aydi.
Katta bog‘cha yoshidagi bolalarning burch hissi «nima yax- 
shi-yu?», «nima yomon?»ligini anglashlari bilan ularning axlo-
267


qiy tasavvurlari orasida bogliqlik bor. Katta odamlar tomonidan 
buyurilgan biron topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shodlik 
tuyg‘ulari paydo bo‘lsa, biron tartib qoidani buzib qo‘yganlarida 
xafalik, ta’bi xiralik hissi tug‘iladi.
Shuningdek, bog‘cha yoshidagi bolalarda ma’naviy hissiyot- 
lardan o‘rtoqlik, do‘stlik va jamoachilik hislari ham yuzaga kela 
boshlaydi. Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida estetik hissiyotlari 
ham ancha tez o‘sadi. Bog'cha yoshidagi bolalarda estetik his- 
larning namoyon bolishini, ayniqsa, ularning chiroyli, yangi ki- 
yim-bosh kiyganlarida juda yaqqol ko‘rish mumkin.
Bu yosh davrida o‘yin bilan bogliq bolmagan faoliyatni amal­
ga oshirish tendensiyasi shakllanadi. Bu tendensiya zamonaviy 
tarixiy sharoitda ijtimoiy muhim va baholanadigan faoliyatni ba- 
jarish, o‘quvchi bolish, o‘qish istagida namoyon boladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin