davrida nutq shakllarining rivojlanishida sujetli-rolli o‘yinlar ja
rayonida muloqot bilan birgalikda tengdoshlari
bilan mahsuldor
faoliyat turlari ham qulay sharoit hisoblanadi1. Bunday faoliyat
turlari maqsadga yo‘nalganligi, ma’lum
darajada ixtiyoriylikni
talab qiladi. Bajarilayotgan harakatlarning mazmunini va hara
kat predmeti tavsifini nutqda mos aks ettirish uni muvaffaqiyatli
amalga oshirish sharti hisoblanadi.
E.Z.Usmanova rahbarligida B.B.Nurullayeva tomonidan «Mak
tabgacha yoshdagi bolalarni tafakkurini modellashtirish faoliyati
ning tengqurlar bilan muloqotda rivojlanishi»
mavzusida ilmiy
tadqiqot olib borilgan2. B.B.Nurullayevaning tadqiqotida aniqla-
nishicha, maktabgacha yoshdagi
bolalarda tafakkurning mo-
dellashtiruvchi faoliyati bu yosh davri uchun xos bo‘lgan faoliyat
bo‘lib, unda bolalarning intellektual imkoniyatlari to‘liq namoyon
boladi. Bu yosh davrida tengdoshlari bilan
muloqot tafakkurning
modellashtiruvchi faoliyatini o‘zlashtirishning asosiy shartidir.
Modellashtirish vazifalarini birgalikda hal qilish tashqi predmet
li faoliyatning ichki rejaga o‘tishiga imkon tug‘diradi. Bola teng-
doshini modellashtirishga o‘rgatib, ushbu
faoliyatni egallashning
sifat jihatidan yangi darajasiga o‘tadi, diadada o‘zaro ta’sir qilish
sheriklarning o‘zaro rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
14.5. Asosiy psixologik yangilik
Maktabgacha yosh davrida psixik funksiyalardan xotira ju
da yaxshi rivojlanadi. Tafakkur tasavvurlar orqali namoyon bo‘la
boshlaydi. Jamiyat, tabiat va dunyoning tashqi ko‘rinishi haqida
dunyoqarashning kurtaklari shakllana boshlaydi.
Bola tevarak-at-
rofni tartiblashtirishga va tushunishga intiladi.
Bola va kattalar orasidagi yangi munosabatlar,
kattalar obra-
zi bolaning xatti-harakatlarini ma’lum tomonga yo‘llaydi, bu esa
Dostları ilə paylaş: