1 Котирло В.К. Развитие волевого поведения у дошкольников. К иев,1971,
С .179-182.
284
ayniqsa tez o‘sadi. 7—10 yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish
45% ortishi, 10—12 yoshgacha bolalarda esa 65% gacha ortishi rus
olimlari tomonidan aniqlangan. Kichik maktab o‘quvchilarini rasm
chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash sezgirligining o‘sishiga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Ohanglarni farq qilish sezgirligi, ayniqsa bolalarga
musiqa va ashula o‘rgatish jarayonida kuchli sur’atda o‘sadi. Sezgi-
larning o‘sishida, shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining
ham ahamiyati katta. Aniq harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar
bolalarning muskul-harakat sezgilarini o‘stiradi.
Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari asosan
ta’lim-tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p
darajada takomillashadi. Mazkur yoshdagi bolalar o‘z idroklari-
ning aniqligi, ravonligi, o‘tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi in-
sonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o‘ta
sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyat
larini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va
kattaligini, ularni makonda joylashishini bilish bilan, birga ular
ni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bola
sensor rivojlanganlik darajasining yuqori bolishi juda muhim hi
soblanadi. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bolalar
rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushu-
nadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks et-
ganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar.
Bola rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvir-
langanligini anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy
didni rivojlantiradi. Chunki, bola shu rasmlar orqali olam go‘zal-
ligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi
va o‘z munosabatini bildira oladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida bola
larda ixtiyoriy idrok va kuzata olish qobiliyati o‘sadi. Kuzata bilish
muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur shartlardan biridir.
0
‘quvchi-
larda kuzata bilish qobiliyati ularning tafakkuri, irodasi, qiziqish,
havaslari bilan birgalikda o‘sib boradi. Bu yoshdagi o‘quvchi-
lar o‘z idroklarini mustaqil idora eta oladilar. Boshlang‘ich
285
sinf o‘quvchilari katta yoshdagi odamlardan deyarli qolishmas-
dan to‘g‘ri chiziqni ko‘z bilan chamalab teng ikki bolakka bola
oladilar, narsa va chiziqlarni katta-kichikligiga qarab taqqoslay
oladilar, narsalarning fazoda turgan o‘rnini, ularning qaysi biri
yaqinroq yoki uzoqroq, qaysi biri balandroq yoki pastroq joylash-
ganini ko‘z bilan chamalab, shu masofani bosib o‘tish uchun ta
lab qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblay oladilar.
Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq
muddatli va shartli barqaror boladi. Boshlanglch sinf o‘quvchi-
larida diqqatni irodaviy zo‘r berish bilan boshqarish va vaziyatga
moslash imkoniyati yaxshi bolmaydi. Buning asosiy sababi, ularda
ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyor-
siz diqqat ko‘proq rivojlangan boladi. Boshlanglch sinf o‘quv ma-
teriallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o‘quvchida beix-
tiyor his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va kuchli irodaviy zoliqishsiz fan
asoslarini egallash imkonini beradi.
1
—
2
-sinf o‘quvchilari diqqa-
tining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — uning yetarlicha barqaror
emasligidir. Shuning uchun ham ular o‘z diqqatlarini uzoq mud-
dat muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat obyektlari us-
tida uzoq tura olmaydilar. Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshi
dagi o‘quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol
ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim
olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar ye-
chish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayoni
da ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi.
0
‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini esda
saqlab qolishni talab etadi, o‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni es
lab qolishi zarurligi haqida ko‘rsatmalar beradi.
0
‘quvchi nimani
eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat
qiladi. Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik
qiladi. Bolaning xotirasida saqlab qolishini asosan uning ishga
bolgan qiziqishi belgilab beradi.
0
‘quv materialini tushunish, es
lab qolishning asosiy sharti hisoblanadi Birinchi signal sistema-
si ikkinchi signal sistemasidan birmuncha ustunligi tufayli kichik
286
maktab yoshidagi o‘quvchilarda mantiqiy xotiradan ko‘ra ko‘rgaz-
mali harakatli xotira ustunlik qiladi. Shuning uchun ham ular
nazariy qonun va qoidalardan, mavhum tushunchalardan ko‘ra
yaqqol ma’lumotlar, axborotlar, voqea va hodisalarni, obrazlar
va narsalarni tezroq hamda mustahkamroq eslab qoladilar va
uzoq muddat esda saqlaydilar. Kichik maktab yoshidagi bolalar
ta’lim olish munosabati bilan mantiqiy, ya’ni ma’nosiga tushunib
esda qoldirish qobiliyati o‘sib boradi. Esda qoladigan material-
ning hajmi kengayib boradi, materialning mazmunini tushunish
ham chuqurlashadi va murakkablashadi. Ba’zan boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari, hatto mazmuni tushunarli bolgan materialni ham
ma’nosiga e’tibor bermasdan, mexanik ravishda o‘rganib oladilar.
Respublikamizning psixolog olimi E.G‘.G‘oziyevning fikriga
kola, buning sabablari quyidagilar1:
1
) ularning mexanik xotira
si boshqa xotira turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun
ham ma’lumotlarni aynan, o‘zgarishsiz eslab qolish imkonini be
radi;
2
) o‘quvchilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab yetmaydilar,
natijada uning «to‘g‘ri tushuntirib ber» degan talabini so‘zma-so‘z
takrorlash deb biladilar; 3) ularning nutq boyligini yetishmasli-
gi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy
toldirish, unga qo‘shimcha qilish imkoniyati yo‘qligi uni so‘zma-
so‘z qaytarishni osonlashtiradi; 4) o‘quvchilar matnni to‘g‘ri usul-
lar bilan eslab qolishni bilmaydilar. Bunday holat shu yoshda
gi bolalarda albatta bolishi kerak emas. Mexanik esda qoldirish
ko‘pincha o‘qituvchilar o‘quvchilarida mantiqiy xotirani o‘stirish-
ga yetarli e’tibor bermagan hollarda bolishi mumkin. Ta’lim ja
rayonida o‘quv materialining ma’nosini, mohiyatini, turli mulo-
hazalarni, dalillarni, ilmiy asoslarini eslab qolish va esga tushirish
orqali o‘quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. Birinchi sinf-
dan boshlab ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati tez rivojlana bosh
laydi. О‘qish jarayoni uchun ixtiyoriy esda qoldirish ham, ixtiyoriy
esga tushirish ham barobar talab etiladi. Busiz o‘qish jarayoni-
Dostları ilə paylaş: |