Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


15.3. Kichik maktab yoshida yetakchi faoliyat



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

293


15.3. Kichik maktab yoshida yetakchi faoliyat
K ichik m aktab yoshidagi b o lalarning asosiy faoliyati o'qish 
hisoblanadi. B olaning m aktabga borishi, uning psixologik rivoj­
lanishi va xulq-atvoridagi o 'rn i nihoyatda katta. Bu davrda ax­
loqiy x atti-h ara k at qoidalari o'zlash tirilad i, shaxsning ijtimoiy 
yo'nalishi tarkib topa boshlaydi.
O 'qish faoliyati kichik m aktab davridagi bolalar psixikasi rivo- 
jidagi o'zgarishlarni belgilab beradi. M aktabga birinchi bor kelgan 
bola o'z faoliyatining tub m ohiyati va vazifasini to 'la tu shunib yet- 
maydi, balki h am m a m aktabga borishi kerak, deb biladi. K atta­
larn in g ko'rsatm alariga am al qilib, tirishqoqlik bilan m ashg'ulot- 
larga kirishib ketadi. O radan m a ’lum vaqt o'tgach, shodiyona 
lahzalarn in g taassuroti kam ayishi bilan m aktabning tashqi bel- 
gilari o'z aham iyatini yo'qota boradi va bola o'qishni kunda- 
lik aqliy m ehnat ekanligini anglaydi. Shunda bola aqliy m ehnat 
ko‘nikm asiga ega b o 'lm asa uning o 'qishdan ko'ngli soviydi, u n ­
da um idsizlik hissi vujudga keladi, o'qituvchi esa bunday holning 
oldini olish uchun bolaga ta ’lim n ing o 'y in d an farqi, qiziqarliligi 
h aqida m a ’lum otlar berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi ker­
ak. O 'qish faoliyati davom ida tarkib topgan xususiyatlar bolaning 
kelgusi rivoji uchun zam in bo'lib xizm at qiladi. M aktabdagi o'qish 
b o lalarning bilish ehtiyojlarini tez rivojlanishi va sifatli tarkib topi- 
shi, u larning atrof-hayotga faol qiziqishlarini yuzaga keltirib, yan­
gi bilim va k o 'n ik m alarn i egallashlari uchun sharoit yaratadi. Bo­
la asta-sekinlik bilan o'z psixik jarayonlariga egalik qilib, idrok, 
diqqat va xotirasini boshqara olishga o 'rgana boshlaydi.
294


Kichik maktab yoshidagi bola o‘qituvchisi bilan yaxshi emot­
sional munosabatda bo‘ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rah- 
barligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi 
o‘z xohish-irodasi bilan zarur ma’lumotlar to‘plashga, o‘z oldiga 
aniq maqsad va vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu 
faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. 
Oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni mazkur yoshdagi bola­
larning tafakkurini jadal rivojlantiradi. Bu yoshdagi bola boshqa 
davrlarga nisbatan ko'proq narsani o‘zlashtiradi. Maktab ta’limi 
o‘quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeyini, sinf jamoasi va 
oila muhitidagi o'rnini o‘zgartiradi. Uning vazifasi o‘qishdan, bi­
lim olish, ko‘nikma va malakalarni egallash, o‘zlashtirishdan ibo­
rat bo‘lib qoladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv 
faoliyatlari murakkab bo‘lgan ko‘p darajali motivlar tizimi bilan 
boshqariladi. 0 ‘quv faoliyati motivlari o‘quvchilar nima uchun 
o‘qiyotgan larini ko‘rsatib beradi. Maktabning birinchi sinfiga kel­
gan bolalarda ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu motivlar atrof- 
dagilar orasida yangi mavqeni egallash, ijtimoiy ahamiyatga ega 
boMgan va baholanadigan faoliyat bilan bog‘liq bolgan motivlardir. 
Lekin birinchi sinfning oxirlariga borib, ko‘pchilik o‘quvchilar o‘z 
maktab majburiyatlariga mas’uliyatsizlik bilan qaray boshlaydilar. 
Bu bir qancha sabablar bilan bogliq: 1) bola endi o‘quvchi boldi, 
o‘quvchi bolish istagi qondirildi. Bu maqomni ushlab turish 
uchun hech narsa qilmasa ham boladi; 2) o‘quvchining ijtimoiy 
mavqeyi maktabda ularga beriladigan o‘quv faoliyati mazmuni bi­
lan belgilanmaydi. Yangi dasturlar ta’lim mazmuni va uni tashkil 
etishga mutlaqo yangicha yondashuv asosida tuzilgan bolib, ki­
chik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yosh imkoniyatlarini yu­
zaga chiqarib, bolalarda qat’iy o‘quv motivlarini rivojlantirishga 
xizmat qiladi. Ta’limning mazmuni o‘quvchining bilimlarni egal- 
lashga qiziqishi, o‘z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi 
bilan uzviy bogliqdir. Bu his o‘qituvchining rag‘batlantirishi bi­
lan yuzaga keladi va o'quvchida samaraliroq ishlash mayli, istak 
va ishtiyoqini shakllantiradi. Bolada paydo bolgan faxrlanish, o‘z
295


kuchiga ishonch hislari bilimlarni o‘zlashtirish va malakalarning 
rivojlanishiga xizmat qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni 
o‘qitish jarayoni, o‘quv faoliyatining asosiy komponentlari: o‘quv 
masalalari, o‘quv vaziyatlari, o‘quv harakatlari, nazorat etish va 
baholash bilan (W.Davidov bo‘yicha) tanishtirishdan boshlanadi. 
Bu borada barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay 
bo'lgan sharoitda amalga oshirilishi juda muhim. O'quvchining 
o'quv faoliyatini o'zlashtirishi o‘quv masalalari tizimini yechish 
jarayonida amalga oshiriladi. 0 ‘qishning boshida kichik maktab 
yoshidagi o'quvchilar mustaqil ravishda o‘quv masalalarini qo'yish 
va yechishni bilmaydilar. Bu vazifani boshida o'qituvchi bajaradi. 
Asta-sekinlik bilan o'quvchilarning o'zlari ham o'quv masalalarini 
qo'yish va yechish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va malakalarni 
egallay boshlaydilar. Bu mustaqil o'quv faoliyati shakllanishining 
muhim bosqichidir. O'quv masalalarini ajratib olish boshlang'ich 
sinf o'quvchilari uchun ma’lum bir qiyinchiliklarni yuzaga kel- 
tiradi. Shuning uchun ham har bir darsning so'nggida o'qituvchi 
o'quvchilari aniq bir topshiriqlarni bajarishning ma’nosini qanday 
tushunganliklarini aniqlash uchun vaqt ajratishi kerak. «Biz bugun 
darsda nimalarni o'rgandik?» tarzidagi savol bolalarga shuncha- 
ki daftarda chiziqchalarni chizib, doirachalarni bo'yashni emas, 
balki sanashni, qo'shishni yoki ayirishni o'rganganlarini tushu- 
nishlarida yordam beradi. Agar bola o'quv harakatlarini noto'g'ri 
bajarsa, bu uning o'quv harakatlarini yo nazorat va baholash bilan 
bog'liq harakatlarni bilmasligi, yoki ularni yaxshi egallamagan- 
ligidan dalolat beradi. Bolaning mustaqil ravishda bajargan ha­
rakatlari natijalarini o'z xatti-harakatlarining xususiyatlari bilan 
taqqoslay olishlari unda o'z-o'zini nazorat etish layoqati ma’lum 
darajada shakllanganidan dalolat beradi. Kichik maktab davrida 
yetakchi faoliyat doirasida refleksiya awalo o'quv harakatlari, na­
zorat va baholash bilan bog'liq bo'ladi. Bu harakatlarning interio- 
zatsiyasi o'quvchiga mustaqil ravishda o'zlashtirilayotgan ko'nikma 
va layoqatlarga mustaqil ravishda yondashish imkoniyatini bera­
di. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilaming o'quv faoliyatini ja-
296


moa faoliyati sifatida tashkil etilishiga ko‘p vaqt unchalik e’tibor 
berilmadi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni individual jarayon deb 
hisoblangan. Buning natijasida pedagogik psixologiyada o‘quvchi- 
larning mustaqil fikrlashi va mustaqil faoliyati ishning individual 
shakllaridagina ro‘yobga chiqishi mumkin deb hisoblangan. Le­
kin so‘nggi yillarda sobiq ittifoq davlatlarida, shuningdek, Polsha, 
Germaniya kabi mamlakatlardagi ilg‘or o‘qituvchilarning ishlarida 
guruhiy bilish faoliyati har bir 
0
‘quvchiga darsda maksimal faol­
lik va mustaqillikni ta’minlanishi zarurligi tasdiqlangan. So'nggi 
yillardagi olib borilgan tadqiqotlar tafakkur mustaqilligini faoliyat 
sifatida an’anaviy tushunishga jiddiy tuzatishlar kiritdi. 0 ‘quvchi- 
larning o‘zaro nazorati va javobgarligiga asoslangan guruhiy o‘quv 
faoliyati tafakkur mustaqilligining rivojlanishi uchun qulay sha- 
roitlar yaratishi aniqlangan.
Taniqli psixolog va pedagoglarning ilmiy asarlarida kichik mak­
tab yoshidagi o‘quvchining o‘quv faoliyatidagi mustaqilligi uchun 
shart-sharoitlarni yaratish nihoyatda ahamiyatli ekanligi haqida 
fikrlar mavjud. Shunday shart-sharoitlardan biri boshlang‘ich davr­
da o‘quv faoliyatini jamoaviy faoliyat sifatida tashkil etilishidir.
Quyidagi belgilar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ishni jamoaviy 
deb hisoblash mumkin.
1
. 0 ‘qituvchi tomonidan berilgan o‘quv vazifasi yoki alohida 
bir mikroguruh tomonidan baravar bajarish qabul qilinsa.
2. Vazifalarni o‘zaro taqsimlagan holda birgalikda biron-bir 
ish bajarilsa.
3. 0 ‘zaro nazorat va mas’uliyat mavjudligi.
4. Ishlarni taqsimlashni tashkil etish va uning kechishini 
o‘quvchi laming o‘zlari nazorat qilishlari.
Frontal ishda (ma’ruza, hikoya qilib berish, frontal so‘rovno- 
ma va h.k.) o‘qituvchi butun sinfga teng ravishda ta’sir ko‘rsa- 
tishga harakat qiladi. Bunday holatda o‘quvchi bilan muloqot 
o‘qituvchining tashabbusi bilan lekin, juda kam miqdorda amal­
ga oshiriladi. Individual ishda (darslik bilan mustaqil ishlash, mi- 
sol, masala yechish, mashqlarni bajarish va h.k.) o‘qituvchi bilan
297


to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot yo‘q. Bunday holda ko‘pincha o‘quvchi- 
o‘quvchi, ya’ni sinfdoshi bilan muloqotga yo‘l qo‘yilmaydi yoki 
cheklanadi. Darsdagi jamoaviy faoliyat o‘quvchining to‘liq musta- 
qilligi va faolligini rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Bunda 
o‘quvchilar asta-sekinlik bilan o‘quv faoliyatining subyekti sifatida 
yangi imkoniyatlarini o‘zlari uchun ochib boradilar. Bu jarayon- 
da o‘quvchi faoliyati samaraliroq bolishi uchun o‘zini o‘zi nazorat 
etishga harakat qiladi. 0 ‘quv vaziyatlarida bolalar ayrim turdagi 
masalalarni yechish yo‘llari bilan tanishadilar va ularni egallagan 
zahoti aniq bir masalalarni yechishda amaliy foydalanadilar.
0
‘quv faoliyatida nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish kichik mak­
tab yoshidagi o‘quvchilarda o‘quv harakatlarini mustaqil rejalash- 
tirishi va bajarishni shakllanishida juda muhimdir. Tadqiqotlar- 
ning ko‘rsatishicha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining masalalarni 
yechishdagi ayrim yo‘l va tushunchalarni yetarlicha egallamaganli- 
gi bu tushuncha va yollarni shakllantirishda bolalar barcha kerak- 
li o‘quv harakatlarini bajarishga o‘rgatilmaganligining natijasidir.
Bolalar tafakkuri va nutqining rivojlanishida ovoz chiqarib 
mulohaza yuritishning va bu uslubdan o‘quv jarayonida foydala- 
nishning ahamiyati katta. Ovoz chiqarib mulohaza yuritish va o‘z 
yechimini asoslab berish aqliy sifatlarning o‘sishiga xizmat qilib
kishi o‘z mulohazalari va xatti-harakatini tahlil etishi va angla- 
shini rivojlantiradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda aqliy 
va o‘quv materialini o‘zlashtirish imkoniyatlari ancha yuqori hi­
soblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’limda bu yoshdagi bolalar 
o‘rta maktab dasturida ko‘rsatilgan bilimlarga nisbatan ko‘proq 
bilimlarni tushunishlari va o‘zlashtirishlari mumkin. Kichik mak­
tab yoshidagi bolalar o‘quv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatla- 
ridan yana biri shundaki, shu davrdan boshlab, o‘quv materialini 
o‘zlashtirmaslikning dastlabki belgilari ko‘zga tashlanadi. Kichik 
maktab yoshida past o‘zlashtirish sabablari va o‘qishdagi qiyinchi- 
liklar quyidagilar bilan bog‘liqdir: 1) neyrofiziologik sabablar; 2) 
bilish jarayonlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi; 3) erkin 
va mustaqil harakat qilish darajasining pastligi; 4) motivatsion so-
298


hdarining yetarli rivojlanmaganligi; 5) oila tarbiyasidagi, oilaviy 
munosabatlardagi kamchiliklar; 6) maktab ta’limi va tarbiyasidagi 
kamchiliklar; 7) o‘zaro muloqot va munosabatdagi kamchiliklar; 
8
) shaxs xususiyatlardagi oglshishlar1. Kichik maktab yoshidagi 
bolalar o‘qishidagi qiyinchiliklar bola shaxsining barcha shaxsiy, 
bilish, motivatsion va hissiy va irodaviy sohalarda aks etadi. Bu qi­
yinchiliklar o‘zaro bir-biri bilan bogliq. Bir qiyinchilikni bartaraf 
etilishi ikkinchi qiyinchilikni ham kamayishiga olib keladi.
0
‘qishga nisbatan ijobiy munosabat kichik maktab davrining 
oxirlariga kelib, birmuncha pasayish ko‘zga tashlanadi. 0 ‘quv faoli­
yatiga qiziqish — 1—2-sinflarda ko‘tarilib, 3—4-sinflarda pasaya- 
di. 0 ‘quv faoliyatiga qiziqishning pasayishida o‘qituvchining tayyor 
materialni bayon etishi va o‘quvchilarning yodlab olishlari usta- 
novkasi ustunlik qiladi va o‘quvchilarning faolliklari taqlid qilish 
xarakterida boladi. 3—4-sinf o‘quvchilari odatda o‘qilganlarni qay­
ta hikoya qilib berishni, doskada yozilgan mashqni ko‘chirib yo- 
zishni, qoidalar va she’rlarni yodlashni yoqtirmaydilar va aksincha, 
misol va masalalarni mustaqil ravishda yechishni, tabiat hodisa- 
larini kuzatishni, rasm chizish va plastilin va loydan narsalar ya­
sash ishlarini yaxshi ko‘radilar. Boshqacha aytganda, kichik mak­
tab yoshidagi o‘quvchilar tashabbus va mustaqillik imkoniyati bor 
bolgan ishlarga ko‘proq qiziqish bildiradilar. Kichik maktab yoshi­
da o‘qishga qiziqishning pasayish sabablaridan biri sifatida V.A.Su- 
xomlinskiy o‘qituvchi tomonidan past bahoning ko‘p qo‘yilishi, bu 
esa bolada o‘qishga nisbatan qiziqishning pasayishi va o‘z imkoni- 
yatlariga nisbatan bolgan ishonchning pasayishida deb biladi.
Boshlanglch sinf o‘quvchilarida o‘quv faoliyatining hamma 
elementlari shakllantirilganligi va mustaqil bajara olinishi yetak­
chi faoliyat sifatidagi o‘qish o‘z vazifasini bajarganligini angla- 
tadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning o‘quv faoliyati o‘z 
tarkibiga quyidagilarni kiritadi:

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin