yoshidagi o‘quvchilar o‘zlarining har bir faoliyat natijalariga baho
bera oladilar. Baho kishida qoniqish va qoniqmaslik hislarini yu
zaga keltirishi mumkin bolib, bu hislar bolani yaxshi o‘qishga ruh-
lantiradi. Ba’zan past baho olish orqali yuzaga kelgan salbiy his
lar chuqurlashib, o‘qituvchining noto‘g‘ri reaksiyasi va kattalarning
doimiy tanbeh va tanqidlari oqibatida bolaning xarakter xislati-
ga aylanib qolishi mumkin. Boshlanglch sinf o‘quvchilarining
faoliyatlari uchun ijobiy baho olishlariga yordam beruvchi asosiy
hislardan biri intellektual hislardir. Odamning aqliy faoliyati bi
lan bogliq bolgan hislar intellektual hislar deb ataladi. Bilishga
qiziqish, taajjublanish va hayron qolish hislari, ishonch, ishonchsiz-
lik va shubhalanish hislari intellektual hislar qatoriga kiradi.
Bunday hissiyotlar har xil nazariy va amaliy savollar tugll-
ganida, vazifa va masalalarni hal qilish choglda, biror yangilik-
ni o'zlashtirish va bilish choglda paydo boladi va his qilinadi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari bi
lish jarayonida rivojlanadi. 0 ‘quv faoliyatida bolalar katta hajm-
dagi bilimlar va faktlarga duch kelib, ular bolalarda taajjublanish,
ishonchsizlik, quvonch hislarini yuzaga keltirib, qiziquvchanlik,
urinchoqlik va shu kabi boshqa hislarning shakllanishiga asos
boladi.
0
‘qish jarayonida yoshi kattalashib, tajribasi orta borgan sa
ri, oqilona urinchoqlik rivoj topa boradi. Bu his odamning il
miy tadqiqot ishlari bilan samarali shug'ullanishini rag‘batlanti-
radi. Bilishga qiziqish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga
xos bolgan xususiyatlardandir. Bilishga qiziqish kichik maktab
davrida o'ziga xos yo‘nalishni oladi. Ular har bir o‘rgangan nar-
salariga taajjublanish bilan qaraydilar.
Respublikamizda M.G.Davletshin rahbarligida M.A.Maqsudova
tomonidan «Birinchi sinf o‘quvchilarida ta’lim jarayonida bilishga
oid qiziqishlarning o‘sishi» mavzuida ilmiy tadqiqot olib borilgan1.
Dostları ilə paylaş: