Hayron qolish hissi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda
hayron qolish hissi kuchli bo‘lib, tushuntirilayotgan yangi mate
rialni, tadqiq qilinayotgan faktlarning sabablarini topishda qiy-
nalib qolganida, bu faktlarni shu damgacha ma’lum bo‘lib tur-
gan hodisalar guruhiga kiritolmay qolganida va shu kabi hollarda
bolada hayron qolish hissi tug'iladi. Bu his ham kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarning bilish faoliyatini yanada kuchaytirish-
ga yo‘llovchi kuchli vositadir.
311
Ishonch hissi.
Narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar va
munosabatlarning to‘g‘riligi kichik maktab yoshidagi bolalarning
tafakkuri jarayonida aniqlanib, mantiqiy ravishda chiqarilgan xu
losalar bilan amaliyotning o‘zida yaqqol isbot bolganida ularda
ishonch hissi tug‘iladi.
Shubhalanish hissi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda to‘liq
rivojlanmagan bo‘lib, bu his asta-sekinlik bilan o‘quv jarayonida
bolaning o‘zi chiqargan qoidalari yoki nazariyalariga zid bo‘lib, ular
bilan to‘qnashib qolganida tug‘ iladigan hissiyotdir. Bu juda muhim
hissiyot bolib, u to‘plangan dalillarni va aytilgan qoidalarni har to-
monlama tekshirib ko‘rishga rag‘batlantiradi. «Samarali ilmiy faoli
yat uchun doimo shubha bilan qaramoq va o‘z-o‘zingni tekshirib
turmoq zarur» (I.P. Pavlov). Bu hislar bola qiyinchiliklarni yengib,
o‘z ishida malum muvaffaqiyatlarga erishganida ahamiyatli ravish
da rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bola o‘qish va yozishni
bilib olganida, o‘zi misol yoki masalani yechishni o‘rganib olganida
juda katta xursandchilik hissini boshidan kechiradi. 0 ‘quvchilarda
o‘z mehnatidan xursand bolish hissini iloji boricha ko‘proq yuza
ga keltirish va uni bola xarakterining emotsional jihatiga aylantirish
boshlanglch sinf o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Ki
chik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari uning bi
lish qiziqishlari bilan bogliqdir. Boshlanglch sinf o‘quvchisi nima
bolganiga, qayerda, qachon va qanday qilib bolganiga juda qiziqa-
di, shuningdek, uni «Nima uchun boldi?» savoliga javobga nisbatan
shu voqea bilan bogliq bolgan faktlarning o‘zi qiziqtiradi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi doskaga chaqirilganda u
o‘qib berishga yoki yozib berishga qolqib, uyalib xijolat tort-
sa, bunday o‘quvchilarni tez-tez doskaga chiqara berish kerak,
ana shunda u tortinmaydigan bolib qoladi. Qayta-qayta doskaga
chiqaverish natijasida qo‘rquv hissi susaya beradi va u nihoyat bu-
tunlay «so‘nib qolishi» va yo‘q bolib ketishi mumkin.
Albatta, bunda shu hislarni tug‘diruvchi manbaning takrorla-
na berishi emas, balki odamning salbiy kechinmalardan qutulish
istagi muhim rol o‘ynaydi.
312
«Lekin bu qonuniyat faqat oddiy va tez olib ketadigan his-
larga ya’ni, bolaga bir xilda ta’sir qiluvchi va mazmuni chuqur
bo‘lmagan obyektlar sababli tug‘iladigan hislargagina taalluqlidir.
Murakkab, chuqur hislar bolada shu hislarni tug‘dirgan obyekt
lar bizga qayta-qayta ta’sir o‘tkaza berganida yo‘q bolib ketmay-
di, balki, aksincha, yana ham kuchli va barqaror bolib qoladi.
Masalan, musiqa asarlarini qayta-qayta eshitish natijasida bizning
estetik hislarimiz chuqur va kuchli bo‘lib qoladi. 0 ‘zimiz yaxshi
ko‘rgan, o‘zimiz uchun qadrli bolgan joylarga har safar borgani-
mizda bizning shu joylarga bo‘lgan hislarimiz, mehrimiz, odatda,
kuchaya boradi. Ayrim emotsional kechinmalarning «so‘nib qoli-
shi»da boshqa qonuniyatlar ham bor. Masalan, qarama-qarshi his
lar ba’zi nisbatlarda bir-birini yo‘qotib yuborishi mumkin. Salbiy
his paydo bolib turganida kuchliroq ijobiy his yuzaga keltiradigan
sabab paydo bolib qolsa, u holda salbiy his so‘nib qolishi, yo‘qo-
lishi mumkin. Masalan, bola yiqilib tushib, yiglab turibdi. Onasi
shu paytda kelib qolib, uni erkalatdi. Bu erkalash ijobiy hislarning
paydo bolishiga kuchli sababchi boladi, shuning uchun ham bola
da ko‘z yoshi o‘rniga kulish, xursandlik paydo boladi. 0 ‘quvchi-
dagi cho‘chib turish hissini qayta-qayta doskaga chiqarish yoli bi-
langina yo‘q qilib qolmasdan, balki bolada qarama-qarshi hislarni
tug‘dirish yoli bilan ham bu cho‘chishlikni oldini olish mumkin.
Masalan, birinchi sinf o‘quvchisining xavotirligining sababi uning
o‘z kuchiga ishonmaganligida bolsa, unga oson bajara oladigan va-
zifalarni berish kerak. Shu vazifalarni bajara olgani uchun kattalar
tomonidan rag‘batlantirilishi, maqtalishi bolada ijobiy hislarning
tugllishiga yordam beradi, xavotirlik hissi esa yo‘qoladi. Shuning
uchun ham doska oldida u o‘zini dadilroq his etadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda intellektual va axloqiy his
lar, o‘rtoqlik, do‘stlik hislari katta o‘rin ola boshlaydi. Vatanpar-
varlik, vijdoniy burch hissi va shu kabi hislar paydo boladi va
o'sadi. Axloqiy hislarning rivojlanishiga jamoaviy ishlar, o‘qish
mazmuni, turli jamoat tashkilotlari va shubhasiz o'qituvchining
shaxsiy namunasi ta’sir ko'rsatadi. 0 ‘qishning boshida aynan shu
313
o‘qituvchi shaxsi kichik maktab yoshidagi o‘quvchining juda ko‘p
axloqiy hislarining rivojlanishini belgilab beradi. Birinchi vaqtlar-
da o‘quvchi sinf jamoasi bilan o‘qituvchisi orqaligina bog‘langan
bo‘ladi. 0 ‘qituvchi bola uchun barcha diqqat-e’tibori va hislari
qaratilgan markaziy figura bolib hisoblanadi. Bilimli, mahorat-
li, bolalarni sevuvchi pedagog o'qishning keyingi bosqichlari-
da ham o‘quvchilarining o‘ziga bolgan shunday munosabatini
saqlab qoladi. Lekin keyinchalik bu muhabbat, bogliqlik usto-
zi va sinf jamoasi, o‘rtoqlari, do‘stlari o‘rtasida bolinadi. Shunga
qaramasdan boshlanglch sinf o‘quvchisi uchun o‘qituvchi asosiy
avtoritet hisoblanadi. U o‘qituvchisi haqida uyida jo‘shib va hur-
mat bilan gapiradi. 0 ‘qituvchining ta’siri ostida asta-sekinlik bi
lan o‘quv, mehnat va o‘yin faoliyatlarida har bir sinfdoshi uchun
tashvishlanish, jamoa (kollektivizm) hissi paydo boladi. Bu esa
bolalardagi oltoqlik hissining rivojlanishiga zamin boladi. Bola
lar o‘qishda past o‘zlashtirayotgan oltoqlariga yordam berish
ga harakat qiladilar. Bu motivlar shunchalik chuqur va kuchli
boladiki, ular maqsadlariga erishish uchun juda ko‘p qiyinchi-
liklarni: o‘zlashtirmayotgan o‘rtog‘ining dangasaligi, o‘zining
darslarini tayyorlashga tezroq ulgurishi, ba’zan esa hatto ota-ona-
larning qarshiliklarini ham yengishi kerak. Bunday vaziyatlarda
bolada shakllanayotgan mas’uliyat hissi qiyinchiliklarni yengish-
ga va o‘z ishini muvaffaqiyatli bajarishiga yordam beradi. Birinchi
sinfda o‘quvchi o‘qituvchisining tanbehlari o‘rtoqlarining oldida
yoki o‘ziga yolglz berilganiga e’tibor bermasa, ikkinchi sinfda
o'rtoqlari oldida berilgan tanbehlardan uyaladigan bolib qolishi
bolaning o‘zini jamoa a’zosi sifatida toliq his etayotganidan va
oltoqlari uni hurmat qilishlarini istayotganidan dalolat beradi.
Estetik hislar birinchi navbatda bolalarning badiiy asarlarni
idrok qilish jarayonida namoyon boladi. Uchinchi sinfga borib
bolalar ustozi o‘qiyotgan she’rlarning nafaqat mazmuniga, balki
o‘qilishidagi go‘zalligiga ham e’tibor beradilar. Badiiy asarlarni
o‘qiyotganlarida va kinofilmlarni ko‘rayotganlarida bolalar aso
san asar qahramonlarining axloqiy sifatlarini baholaydilar. Ba-
314
diiy asarning estetik tomoni pedagog tomonidan bolalarga ko‘rsa-
tilishi kerak. Ana shunday o‘rgatish bolgan taqdirdagina kichik
maktab yoshidagi bolalar ularga mos bo‘lgan musiqiy asarlarga
emotsional baho bera oladilar.
Dostları ilə paylaş: |