Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Soliyeva D.A.Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar o ‘quv mustailligini



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Soliyeva D.A.Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar o ‘quv mustailligini
rivojlantirishmng psixologik jihatlari. Ps.f.n.....avtoref. —T. 2012.-24 b.
306


2. 
Mustaqillikning shaxs xislati sifatida shakllanishida indi­
vidual xususiyatlar, shaxs yashaydigan va mehnat qiladigan ja- 
moada vujudga kelgan munosabatlarga hamda shaxsning qobili- 
yatlariga, uning faolligiga bogliq boladi.
Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalar- 
ga bogliq. Agar bola haddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq xu- 
susiyatli bolsa, unda asta-sekinlik bilan bo‘ysunuvchanlik, tobelik 
xususiyati mustahkamlana boradi. Biroq bolani erta mustaqillikka 
undash, unda ba’zi salbiy xislatlarning shakllanishiga ham olib ke­
lishi mumkin, chunki u hayotiy tajribalari kamligi uchun asosan
kimlargadir taqlid qilgan holda harakat qilishi mumkin. Musta- 
qillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni 
ko‘proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. 
Shuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerak- 
ki, unda bolaga biron-bir mas’ul vazifani mustaqil bajarishni top­
shirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o‘zini tengdoshlari, katta­
lar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada 
mustaqil bolishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.
7—11 yoshli bolalar o‘zlarining individual xususiyatlarini anglay 
boshlaydilar. Bolaning o‘z-o‘zini anglashi ham jadal rivojlana bo­
radi va mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o‘zlarining 
ismlariga yanada ko‘proq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning 
ismlari tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy qabul qili- 
nishiga harakat qiladilar. Bolani o‘zining tashqi kolinishi va gav- 
da tuzilishiga beradigan bahosi ham o‘z-o‘zini anglashida ahami- 
yati juda katta. Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar, 
ayniqsa, qizlar o‘zlarining yuz tuzilishlariga alohida e’tibor bera 
boshlaydilar. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining o‘quv faoli­
yati jarayonida o‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o‘zi tomonidan 
muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga 
kela olish qobiliyati rivojlanadi, o‘z faoliyatini o‘zi uyushtirishga 
hamda bilim olish jarayoniga bolgan qiziqishining qaror topishi- 
ga yordam beradi, o‘quvchi xulq-atvorini motivlashtirishi ham 
o‘zgaradi. Bunda do‘stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar
307


bolib qoladi. Axloqiy his-tuyg‘ular va shaxsning irodaviy xusu- 
siyatlari ham shakllanadi. Boshlanglch sinf o‘quvchilarida iroda 
tarbiyasi tashabbuskorlik, dadillik, o'zini tuta bilish, sabotlilik, 
chidamlilik, qat’iylik, kamtarlik va intizomlilik kabi irodaviy si- 
fatlarni o‘stirish va mustahkamlashdan iboratdir.
Iroda tarbiyasi bolalarda yomon sifatlar paydo bolishining 
oldini olish va agar bunday sifatlar paydo bolsa, ularni yo‘qotish- 
dan iboratdir. Bolalar irodasining salbiy tomonlaridan biri o‘ziga 
ishonmaslikdir. 0 ‘ziga ishonmaslik holati o‘qish, mehnat, o‘yin 
va shu kabi faoliyatlarda tez-tez qaytarilib turadigan muvaffaqi- 
yatsizliklar tufayli yuzaga keladi.
F.I.Ivashchenko tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarning 
kolsatishicha, o‘qish sharoitida o‘quvchilarning o‘zlariga ishon­
maslik holatlari asosan quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi: «a) 
o‘qishda izchillik prinsipiga rioya qilmaslik tufayli; b) o‘quvchi- 
larga kuchlari yetmaydigan, ya’ni ortiqcha talab qo‘yib yuborish 
orqali; d) ayrim pedagoglar, ota-onalar va shuning bilan birga sinf- 
doshlarning o‘quvchilar kuchiga, xotira qobiliyatlari va fahm-faro- 
satlariga ishonchsizlik bildirishi tufayli; e) ana shunday o‘quvchi- 
larni yomon baho olganliklari uchun qo‘rqitish va jazolash orqali».
Iroda tarbiyasi tafakkur va hissiyotlar tarbiyasi bilan mahkam 
bogliqdir. Biz bolalarda tafakkurni taraqqiy ettirishimiz bilan bir­
ga, ularda o‘z oldiga to la anglab, muayyan maqsadlar qo‘ya olish 
va juda yaxshi asoslangan qaror va harakatlarni tanlay ola bilish 
qobiliyatini ham tarbiyalaymiz. Bolalarda ijobiy axloqiy hislarni 
tarbiyalar ekanmiz, buning bilan axloqiy qaror qabul qilishga va 
shuning bilan birga, o‘z qaror hamda harakatlariga axloqiy baho 
berishga odatlantirib boramiz. Vatanparvarlik va vijdoniy burch 
hissini tarbiyalash ayni vaqtda boshlanglch sinf o‘quvchisining 
harakat motivlarini tarbiyalash hamdir.
5—6 yoshlarda ko‘zga tashlangan bolalarning xususiyatlari ki­
chik maktab yoshi davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi. 
0
‘smirlik davrining boshlariga kelib, juda ko‘pgina shaxsiy fazi- 
latlar shakllanib boladi. Bolalarning individualliklari ularning
308


bilish jarayonida ham ko‘rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari 
kengayadi va chuqurlashadi, ko‘nikma va malakalari takomilla- 
shadi. 3—4-sinflarga borib, aksariyat bolalarda umumiy va max­
sus layoqatlar ko‘zga tashlanadi. Kichik maktab davrida hayot 
uchun nihoyatda ahamiyatli bolgan muvaffaqiyatga erishish mo- 
tivi mustahkamlanadi, bu esa o‘z-o‘zidan boshqa layoqatlarni 
jadal rivojlanishiga olib keladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning 
atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan bola- 
digan munosabati katta ta’sir ko‘rsatadi. 3—4 sinflarga borib bo­
la uchun uning o‘rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati 
ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida 
foydalanishlari mumkin. I—IV sinf o‘quvchilari o‘z-o‘ziga xizmat 
ko‘rsatish, turli materiallardan har xil buyumlar yasash, o‘sim- 
liklar ekib o‘stirish, uydagi yumushlarga qatnashish kabi bir qan­
cha ishlarda ishtirok etadilar va bu sohada dastlabki ko‘nikma va 
malakalarni hosil qiladilar.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin