1 G ‘oziyev E .G ‘. Ontogenez psixologiyasi. —Т.: Noshir.2011.
287
ning normal bolishi mumkin emas.
0
‘quvchilardan faqat o‘rga-
nib, bilib olishgina emas, balki o'rganib bilib olganini xotirlay
olish ham talab etiladi.
0
‘quv materialini muayyan sistema bilan
xotirlash faqat ixtiyoriy esga tushirish yo‘li bilan bolishi mumkin.
0
‘quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay qol-
ganlarida yoki ta’riflash mumkin bolmagan paytlarda tasvirlab,
taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan ko‘rsatib beradilar. Dars
jarayonida o‘qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘ray-
di. Bu holat, albatta, biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar,
maketlar, sxemalar bolgan taqdirdagina o‘quvchi tasavvurini
rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu yoshdagi bolalar mustaqil
tasavvur, harakatlar qilishga qiynaladilar. Kichik maktab davri
da tasavvur asosan bolalar rasm chizayotganlarida, shuningdek,
ertak va hikoyalar to‘qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik mak
tab yoshidagi o‘quvchilar o‘z xayollari va tasavvurlariga asoslan-
gan holda qiziqarli ertak va hikoyalarni o‘zlari mustaqil ravish
da to‘qiy oladilar. Kichik maktab yoshidagi bolalar tasawuri juda
keng va xilma-xil boladi. Ayrim o‘quvchilar real borliqni tasav
vur etsalar, boshqalari esa fantastik obraz va vaziyatlarni tasav
vur etadilar. Shu bois kichik maktab yoshidagi bolalarni realist-
lar va fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko‘pincha o‘zlariga
m a ’lum siymolar,
sujetlardan foydalangan holda yangi obrazlarni
tasavvur etadilar, yaratadilar. Juda ko‘p multfilmlar ana shun
day bolalarning tasavvurlari asosida yaratilgan. Turli tasavvurlar
zamirida ularning qo‘rquvni yengishi, do'st topishi, xursandchi-
lik hislari yotadi. Bundan tashqari, tasavvur terapevtik natija-
ga olib keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bolishi mumkin.
Bola real hayotda qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib ke-
ta olmagan holatda ham ko‘pincha xayolga beriladi. Masalan,
mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bola o‘zining hamma ha
vas qiladigan oilasi, uyi bolishini, bu uyga o‘g‘rilar kelib qolsa,
u qahramonlik qilishini tasavvur qiladi.
0
‘z tasavvurida yaxshi
yoki yomon holatlarni boshidan kechirgan bola o‘zining kelgu
si xatti-harakatlari motivatsiyasi uchun zamin tayyorlaydi. Katta-
288
larga nisbatan bolgan tasavvurning bolalar hayotidagi ahamiyati
juda katta. Bola tasavvur qilib atrof-hayotni chuqurroq bila bosh-
laydi, o‘z-o‘zining shaxsiy tajribasidan tasavvur yordamida chetga
chiqa oladi, ijodiy layoqati rivojlanadi, shaxsiy xususiyatlarining
rivojlanishiga xizmat qiladi. Maktabning birinchi sinfiga kelgan
bolada xayol yetarli darajada rivoj topgan bo‘ladi va u xilma-xil
tasavvurlarning kattagina zaxirasiga ega bo‘ladi.
0
‘qish jarayoni
da u faqat idrok va xotira tasavvurlariga tayanib qolmasdan, balki
shu bilan birga, xayolida yaratilgan tasavvurlarga ham tayanib,
o‘rgatilayotgan materialni yaqqol tarzda o‘zlashtira boradi.
Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asar
larini yetarli darajada aks ettirishda vujudga keladi. Siymolar,
shartli belgilar, tabiat manzaralari jamlanib, o‘quvchilarda xayol
paydo bo'ladi. Boshlang‘ich sinf o'quvchilari o‘ynaydigan o‘yin-
larda ham ularning xayolini o‘sishi davom etaveradi.
0
‘quvchilar
o‘z o‘yinlarida turli narsalarni yasaydilar, turli yerlarga sayohat
qiladilar. Bunday o‘yinlardan o‘quvchi mazmundor taassurotlar
oladi va unda turli tasavvurlar hosil bo‘ladi, uning ijodiy, qu-
rish-yasash va badiiy qobiliyatlari o‘sadi. Kichik maktab yoshi
dagi o‘quvchining xayoli o‘zining kengligi va mazmundorligi ji-
hatidangina o‘zgarib qolmasdan, balki yo‘nalishi jihatidan ham
o‘zgaradi. Kichik maktab davridagi o‘quvchining ixtiyorsiz xa
yoli ham, ixtiyoriy xayoli ham maktabgacha yoshdagi bolalarning
xayolidan o‘zining barqarorligi bilan farq qiladi.
Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini
bayon eta oladigan darajada ortadi.
6
yoshdagi normal rivojla-
nayotgan bola o‘z nutqida 3000—7000 so'zni ishlatadi. Bolalar
nutqining o‘sishida ularning maktabdagi o‘qish faoliyati ayniq
sa, katta rol o‘ynaydi. Bola maktabga kelmasidan oldin o‘zi qan
day gapirayotgani ustida o‘ylab o‘tirmasdan, o‘z nutqidan faqat
aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalanadi. Maktabda esa bola
gaplashayotgan til o‘qitiladigan va o‘rganiladigan fan bolib qola-
di. Maktabda o‘qiyotgan: bola o‘z ona tilining grammatikasi bilan
shug‘ullanishi natijasida, o‘z nutqini grammatika qoidalariga mu-
289
vofiq ongli ravishda tuzishni o'rganadi. Grammatikani o‘rganish
jarayonida bola nutqining fonetika jihati aniqlanadi, nutqning
morfologik jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi, sintaksis tuzilishi esa ancha
takomillashadi. Nutqning ayrim jihatlariga xos bo'lgan bu sifatlar
faqat grammatikani o‘qib o‘rganish natijasidagina o‘sib qolmas-
dan, balki, shu bilan birga, maktabda o‘qitilayotgan boshqa fan-
larning ta’siri ostida ham o‘sadi. Maktabda o‘qitilayotgan ham-
ma fanlarni o‘rganish va shu fanlar bilan shug‘ullanish jarayonida
o‘quvchi nutqining lug‘at zaxirasi boyiydi, so‘zlarning mazmu-
ni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so‘zning, har qaysi ata-
maning ma’nosi aniqlanadi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar
nutqi asosan ot, sifat, son, fe’l va bog‘lovchilardan iborat b o la
di. Bu yoshdagi bolalar o'z nutqlarida qaysi so‘zlarni ishlatgani
afzal-u, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar.
6—7 yoshli bola jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza
oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab
borib, uni o'zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7—9
yoshli bolalar nutqining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shunda-
ki, ular o'z fikrlarini bayon etish uchungina emas, balki o'z suh-
batdoshining diqqatini o‘ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar.
Bu davrda bolaning yozma nutqi ham shakllana boshlaydi.
Yozma nutq jumlalarni to‘g‘ri tuzish va so'zlarni to‘g‘ri yozishga
ma’lum talablar qo‘yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so'zlarni
qanday eshitgan boisa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni
to'g'ri talaffuz etishga va yozishga o'rganishi zarur. Yozma nutqni
egallash asosida bolalarda turli matnlar haqida ma’lumotlar yuza
ga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganli-
gi bois, bolada o'zi yozgan fikrlarni, so'z va harflarni nazorat etish
malakasi hali rivojlanmagan bo'ladi. Lekin unga ijod qilish im-
koniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish kichik maktab yoshi
dagi o'quvchilarda berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini
aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma’lumot to'plash, muhim ji-
hatlarini ajratib olish, reja tuzish, uni ma’lum ketma-ketlikda ba
yon etish, malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to'g'ri tuzish,
290
aynan shu mazmunga mos so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish,
tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, o‘z xatolarini topa olish va to‘g‘ri-
lash aqliy rivojlanishning ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.
6—11
yoshli o‘quvchilarning bilish jarayonlaridagi ixtiyoriy-
lik irodaviy zo‘riqish asosidagina, shuningdek, bola o‘zini atrof-
dagilarning talabini bajarishga yoki shaxsiy harakat qilishga intil-
gandagina yuzaga kelishi mumkin.
Kichik maktab yoshidagi bola psixikasining sog‘lomligida,
uning bilish faolligida tafakkurning ham rivojlanishini ko‘rish
mumkin. Bolaning qiziquvchanligi, asosan, atrof-olamni bilish,
o'rganishga qaratilgan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘ynab
turib, olam sir-sinoatlari, sabab-hodisalari va bog‘liqlaridan xa-
bardor bo‘lishga intiladi. Masalan, u o‘zi mustaqil ravishda qan
day predmetlar suvda cho‘kishi, qaysilari esa suzishini tadqiq qi
la oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bolsa, u shunchalik ko‘p
savol beradi va bu savollar, asosan, xilma-xil bo‘ladi. Bolani qor,
yomg‘ir qanday yog‘ishi, quyosh kechasi qayerda bolishi, mashina
qanday qilib yurishi, yerdan osmongacha bolgan masofani bilish
juda qiziqtiradi. Bu ularning «Nima uchun?», «Qanday qilib?»,
«Nima orqali?» kabi savollariga javob olishga qaratilgan boladi.
Bu yoshdagi bolalar asosan o‘zlari ko‘rib turgan narsalar haqi
da chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu yoshdagi bolalar tafakkuri
ning asosiy turi obrazli tafakkurdir. Bolalarga beriladigan va aso
san maktabda amalga oshiriladigan ta’lim bolalar tafakkurining
o'sishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Masalan, psixolog
olim Piaje tadqiqotlarida 6—7 yoshli bolalardan bir-biri bilan teng
bolgan idishlardagi suv miqdori solalgan. Bolalar «Idishlardagi
suv miqdori teng», — deb javob berishgan. Aynan shu miqdordagi
suv bolalar ko‘z o‘ngida turli xil balandlikdagi idishlarga quyilib,
so'ngra qaysi idishdagi suv miqdori ko'pligini so‘ralganida bola
lar ingichka, lekin baland idishdagi suvning miqdori ko‘pligini
aytishgan. Bolalar aynan o‘sha suv miqdorini yana bir-biri bilan
teng bolgan idishlarda ko‘rganlaridan so‘nggina o‘z javoblari no-
to‘g‘riligini bilganlar. Aynan shunday tajriba bir xil kattalikdagi
291
plastilin shakllari o‘zgartirilganida hamda teng miqdordagi tug-
machalar orasi ochiqroq qilib qo‘yilgan qatordagi tugmachalar bi
lan solishtirilganida ham xuddi shunday javoblar bolgan.
Bu tajriba 6-7 yoshli bolalar asosan ko‘rganlari bo‘yicha fikr-
lashlarini isbotlab beradi. Bolalarga beriladigan va asosan mak
tabda amalga oshiriladigan ta’lim bolalar tafakkurining o‘sishi
uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Ta’lim va maktabda beri
ladigan bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida, kuzatuvchanlik, xotira
va xayol o‘sib borishi bilan kichik maktab yoshidagi bolalar tafak-
kuriga material boladigan narsalar doirasi kengaya boradi, bola
larda mantiqiy tafakkur va tanqidiy fikrlash o‘sib boradi. Ta’lim
jarayonida bolaning tafakkuri katta o‘sish yolni — konkret tafak-
kurdan abstrakt — nazariy tafakkurga o‘sish yolini bosib oladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning tafakkuri hali ham
amaliy, konkret tafakkur boladi, lekin ta’lim jarayonida bola
larning bunday konkret tafakkuri, maktabgacha tarbiya yoshi
dagi bolalarning konkret tafakkuriga qaraganda, murakkabroq
va mazmunliroq bolib qoladi, ulardagi fikrlash jarayonlarining
hammasi takomillasha boradi. Maktabda o‘quvchi bola tobora
murakkabroq narsalarni va o‘zi idrok qilayotgan narsalarni ham
da hodisalarnigina emas, balki shu bilan birga, tasavvur qilayot
gan narsalar va hodisalarni ham bir-biriga taqqoslashni, analiz va
sintez qilishni olgan ib oladi.
Bolaning maktabdagi o‘qishi jarayonida unda abstraksiyalash
qobiliyati o‘sa boshlaydi. Matematika darslarida amaliy konkret
sanashdan abstrakt hisoblashga olilgan vaqtda, shuningdek, ona
tili darslari davomida bu qobiliyat ayniqsa, sezilarli sur’atda o‘sa-
di. Boshqa fanlarni o‘qish jarayonida bu qobiliyat yanada o‘sadi.
Bola analiz qilish, abstraksiyalash va taqqoslashni, mashq qilish
yoli bilan narsalarning muhim belgilari bilan ahamiyatsiz bel-
gilarini bir-biridan farq qilishni, predmet, voqea-hodisalarning
muhim belgilariga qarab turib xulosalar chiqarishni o‘rgana-
di. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning tafakkuri mantiqiy
fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash
292
tahlil qilishning turli usullarini qo‘llashda o‘ziga xos xususiyat
lari bilan maktabgacha yoshdagi bolalar va o‘smirlardan farq qila
di. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga, mustaqil flkrlash-
ga o‘rgatish kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarni barkamollikka
erishtirishning garovidir.
6—11
yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi,
lekin bu yosh asosan ko‘rganlariga tayanib, ta’lim olishga senzitiv
bo‘lgan davr hisoblanadi.
Boshlang‘ich maktabning o‘zidayoq bolalar birinchi sinfdan
boshlab ko‘p miqdorda xilma-xil tushunchalarni — grammatikaga,
arifmetikaga, tabiatga doir, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy tushun
chalarni o‘zlashtirib oladilar.
0
‘quvchilar o‘zlashtirib oladigan
tushunchalar doirasi, asosan, har qaysi sinf uchun turli fanlar yu-
zasidan tuzilgan o‘quv dasturi bilan belgilanadi. Muayyan ilmiy
mazmunga ega bolgan tushunchalar o‘quvchilarga mantiqiy ifoda-
langan shaklda bayon qilib beriladi.
0
‘quvchilar o'zlarining ham
tushunchalarini mazmunini ta’riflab, ularning jins va turlariga doir
belgilarini ko‘rsatib, aytib berishni o‘rganadilar.
0
‘quvchilar tu
shuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’rif-
lash mumkin bo‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab,
misollar bilan ko‘rsatib beradilar. N.S.Leytes mulohazalariga kola,
inson yoshi ulg‘aygan sari aqliy rivojlanish darajasi birmuncha
kolariladi, uquvchanlik xususiyati esa birmuncha pasayadi. Ki
chik maktab yoshidagi bolalarning uquvchanligi, albatta, o‘smir va
o‘spirinlarga nisbatan yuqori, lekin o‘smir va o‘spirinlarning aqliy
rivojlanganligi boshlanglch sinf o‘quvchilariga nisbatan yuqoridir.
Bu holat kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yetakchi faoli
yati — o‘qish bolishi bilan, lekin bilish jarayonlari hali hamma to
monlama rivojlanib bolmaganligi bilan bogliq hisoblanadi.
Kichik maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy
omillar bilan belgilanadi. Individ ijtimoiy munosabatlar ta’sirida
o‘zgaradi. Bolaning maktabda muntazam ravishda o‘qishga o l i
shi uning barcha bilish jarayonlarini rivojlanishiga va o‘z-o‘zidan
atrof-hayotdagi narsa-hodisalarga nisbatan fikrini, munosabatla-
rini o‘zgarishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |