Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘quv yilining boshida o‘quvchilar o‘z
qiziqishlarini «yoqadi», «yaxshi ko‘raman» kabi umumiy motivlar
bilan
namoyon qilsalar, 1-sinf o‘quvchilarining o‘qish faoliyatida-
gi muvaffaqiyatlari munosabati bilan ularning bu faoliyati mazmu
ni naqadar o'qishga berilishida aks etar ekan. 0 ‘quv yilining
oxirida
bolalar o‘zlari uchun yangi bo‘lgan faoliyat turlari — konstruktorlik,
mehnat turlari bilan qiziqa boshlaydilar. 1-sinf o'quvchilari bilish
qiziqishlarini samarali rivojlanish shart-sharoitlari ta’limda samara
li metodlarni qo‘llashga bog‘liqdir.
Jumladan, mashq va vazifalar-
ning
mazmunini tanlash, o‘quvchilarning darsdagi diqqatini faol-
lashtirish, ishning o‘yin shakllari, musobaqa turlari va h.k.
Taajjublanish hissi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda bun
day his ularga
qandaydir odatdan tashqari, noma’lum biror nar
sa ta’sir qilganida tug‘iladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kut-
magan voqealar sodir bo‘lganida ulardan taajjublanadilar. Bilish
jarayonida taajjublanish hissi xursandlik tariqasida o‘tadi.
Bu hoi
samarali bilish faoliyatining doimiy yo‘ldoshidir. «Voqealarni ku
zatib borayotganimizda biz o‘zimizda tug‘ilgan hislardan mam-
nun bo‘lamiz, bu mamnuniyat esa
intellektual xursandlikdir
(D. R. Dekart).
Kutilmagan bir narsa sababli tug‘ilgan taajjublanish kichik
maktab yoshidagi o‘quvchilarni dastlabki
qarashda kam uchray-
digan va odatdan tashqari bolib ko‘ringan narsalarni diqqat bilan
ko‘zdan kechirishga majbur etadi. Shunday qilib, taajjublanish
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini hodisalarni bilishga g'oyat dara
jada rag‘batlantiradi.
Dostları ilə paylaş: