16.2. 0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat
330
0
‘smirlik davrida yetakchi faoliyat shaxsiy intim muloqotdir.
0
‘smirlik davrida yetakchi faoliyat — bu o‘qish, muloqot ham
da mehnat faoliyatidir. 0 ‘smirlik davri muloqotining asosiy va-
zifasi — bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash
va egallashdir. 0 ‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shun-
dan iboratki, u to la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi. 0 ‘smirlarni
o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyat
ga egadir. 0 ‘smirlar do‘stlik, o‘rtoqlik va o‘zaro yordamlashuv-
ni hamma narsadan yuqori qo‘yadilar: ana shunday o‘zaro mu-
nosabatlar, o‘spirinlik yillarida ham davom eta beradi. Bunda
o‘smirlar va ilk yoshdagi o‘spirin o‘quvchilarniig xulq-atvorlari-
ga do‘stlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta
kuchliroq ta’sir etadilar. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki,
o‘smir bolaning yetilmaganligi va tajribasizligi uni tevarak-atrof
dagi kimsalardan madad axtarishga majbur qiladi. 0 ‘smir bolaga
uning istaklarini tushunadigan va ularni amalga oshirishga yor
dam beradigan do‘st kerak. 0 ‘smirning do‘stlari bilan muloqoti
ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tengdosh bolalar bilan prin-
sipial tenglik holatidagi munosabatlar muhitiga nisbatan o‘smirda
alohida qiziqish boladi. Bu hoi o‘smirda yuzaga keladigan shax
siy kattalik hissining etik mazmuniga mos keladi. Kattalar bilan
muloqotda bolish tengdoshlari bilan bolgan muloqotning o‘rnini
bosa olmaydi.
0
‘smir uchun tengdoshlari bilan bolgan muloqot u musta
qil harakat qiladigan o‘zining shaxsiy munosabatlari muhitiga
ajraladi. U bunga haqqim bor, deb o‘ylaydi, o‘z huquqlarini hi-
moya qiladi va aynan shuning uchun ham o‘rtoqlari bilan bolgan
munosabatga kattalarning o‘rinsiz, qo‘pol aralashuvi o‘smirning
xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi.
0
‘smirda tengdoshlar bilan muloqot qilish va hamkorlikda-
gi faoliyatga intilish yaqqol namoyon boladi. Jamoa hayoti bilan
yashash, yaqin o‘rtoqlar, do‘stga ega bolish xohishi — do‘stlar to
monidan qabul qilingan, tan olingan, hurmat qilingan bolishdek
kuchli xohishdir. Bu o‘smirning muhim talabiga aylanib boradi.
331
0
‘smir uchun eng yoqimsiz vaziyat — jamoa va o‘rtoqlarining
noroziligi, muloqot qilishni istamaslik, eng og‘ir jazo esa — ochiq
yoki nooshkor aloqa uzish, gaplashmaslikdir.
0
‘smirlar do‘stlik kodeksining muhim me’yorlari — sha’nini
hurmat qilish, tenglik, sodiqlik, do‘stga yordam, to‘g‘riso‘zlik.
Do‘stlik me’yorlarini egallash bolaning o‘smirlikdagi muhim
yutug‘idir.
Agarda u bunday do‘stni qarindoshlari va pedagoglari orasidan
topa olmasa, unday paytda u o‘z qiziqishlari va intilishlarini
qo‘llab-quvvatlaydigan hamda undagi kamchiliklarni nimalar bi-
landir toldira oladigan odamni begona katta kishilar yoki o‘z
tengqurlari orasidan albatta topadi.
0
‘z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan munosabat aso
sida o‘smir alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o‘taydi.
0
‘zaro qiziqishlar, atrof dunyoni, bir-birlarini o‘zligini anglashlari
va tushunishlari ular uchun juda qimmatlidir. 0 ‘smirlar uchun uy
vazifalari, uy ishlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga qaragan-
da tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimroqdir. 0 ‘z sirlarini
bola endi ota-onasiga emas, balki tengdoshiga ko‘proq ishonadi.
0
‘z tengdoshlari bilan muloqot va munosabat jarayonida o‘z shax-
sini erkinlik bilan to‘la namoyon eta oladi. Shaxsiy erkinlikni u
katta bo‘lish huquqi deb anglaydi. 0 ‘smirning o‘z tengdoshlari bi
lan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini yax
shi bilgan tajribali o‘qituvchilar sinfda ham o‘quvchilarning ayrim
kichik-kichik guruhlari orasida ijobiy ijtimoiy fikrni shakllanti-
rishga katta e’tibor beradilar, o‘smirlarga ularning yaqin do‘stlari
orqali ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladilar. Ayrim o‘quvchilarning
(ayniqsa o‘qishda o‘rqada qoladigan va «tarbiyasi qiyin» bolgan
o‘quvchilarning) sinf jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tizi-
midan «tushib qolishlariga» yo‘l qo‘ymaydilar.
0
‘rtoqlarining ta’siri ostida o'smir o‘zining ehtiyojlari va is-
taklarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish un
ga katta mamnunlik baglshlasa, bunday hollarda uning ba’zi
bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan bolgan tasodifiy qiziqish-
332
lari dastavval ishtiyoqqa, undan keyin ehtiros yoki odatga ayla-
nishi mumkin. Ana shunday yo‘l bilan o‘quvchilarda, masalan,
matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki
qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi,
ammo o‘quvchilar xuddi shunday yo‘l bilan yolg‘onchilikka, be-
zorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o‘rganib qo-
lishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |